1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari



Yüklə 109,6 Kb.
səhifə22/29
tarix22.06.2022
ölçüsü109,6 Kb.
#89914
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og’zaki uslub va uning xususiya

7 - mashq. Nuqtalar o'rniga tegishli qo'shimchalami qo'ying. So‘ngra bu gaplami tilxatning zaruriy qismlari tartibida joylashtirib, matn yarating.
Alisher Navoiy tavalludi... 552 yilligi munosabati bilan o'tkazil... anjuman oldi... kollej kutubxonasi ... R. Yunusov. Navoiyning hayoti va ijodiy merosini yorituvchi burchak tashkil et... maqsadida 50 (ellik) ta kitob ol... (ro'yxat ilova qil...). Tilxat. Men, o‘zbek tili o‘qituvchisi Rustam Yunusov. 2019.04.02. Kitoblami 2019- yil 10- fevralda qaytarib topshirish majburiyat... zimmamga... olaman.

8 - mashq. Matnda tushirib qoldirilgan qo'shimchalarni to'g'ri topib qo'ying^va shaxsiy ishonchnoma namunasini dallaringizga ko‘chiring.
1 SH О N CH N О M A
Men, Kamol Yo‘ldoshev, guruhdosh... Abdulla Ahmedovga Yakkasaroy tumanidagi 64- aloqa bo‘lim... men... nom... kelgan 50000 (ellik ming) so‘m miqdoridagi pul jo‘natma... ol... uchun ishonch bildir
(imzo) K. Yo‘ldoshev.
2019- yil 5- may
K. Yo'ldoshev imzo... tasdiq... .
Litsey kadr... bo‘lim... boshlig‘i
(imzo) (muhr) A. Shukurov.
2 - topshiriq. Berilgan so‘z birikmalari va gaplami tartib bilan joylashtirib, xizmat ishonchnomasi namunasini tuzing va zaruriy qismlari o‘mini chizmada ko'rsating.
Yunusobod tumanidagi 42- son madaniy mollar do‘ko- nidan shartnoma bo‘yicha, Chilonzor tumanidagi M.Ulug‘bek nomidagi litseyning xo'jalik ishlari mudiri Hasan Boboyevga, litseyimizga ajratilgan 78550 (etmish sakkiz ming besh yuz ellik) so‘mlik o‘quv qurollarini olishga ishonch bildiradi. Litseyning to'rtburchak muhri. Litsey direktori B. Qodirov.
Ishonchnoma, Ishonchnoma 2019- yil 10- iyungacha amal qiladi. 2019.10.05. Tartib raqami: 18-104. Dumaloq muhr. Imzo.
12 - mashq. Tavsifnoma matnini o‘qing. Fe’l shakllarini topib, ma’no va vazifasini izohlang.
Akbar Rasulov o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugat- gach, 2019 - yilda 0‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetiga hujjat topshirdi va test savollaridan yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi.
0‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi. Universitet «Zukkolar klubi» a’zosi sifatida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami o‘tkazdi. U ingliz tilini yaxshi biladi, erkin gaplasha oladi. Bu tildagi ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda o‘tkazilgan ikkita anjumanda qatnashdi. «0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining huquqiy asoslari» mavzusidagi ma’ruzasi Buyuk Britaniyaning Manchestr universiteti rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
U — yaxshi sportchi. Milliy kurash bo‘yicha bir qancha musobaqalar sovrindori.
Akbar Rasulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega.
U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va huquqiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi.
A. Rasulov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon.
Tavsifnoma «Umid» jamg'armasi tashkil etgan Buyuk Britaniya Manchestr universitetiga talabalikka yuborish uchun o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga taqdim etildi.

Yüklə 109,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə