1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari



Yüklə 109,6 Kb.
səhifə25/29
tarix22.06.2022
ölçüsü109,6 Kb.
#89914
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og’zaki uslub va uning xususiya

21- mashq. Berilgan bayonnoma namunasini o‘qing, turini aniqlang va kun tartibini o‘zgartirib, asosiy qismlarini yangilang.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi xorijiy tillar akademik litseyining 2- bosqich «А» guruhi talabalari yig‘ilishining 3- bayonnomasi
2003- yil 10.02 Toshkent shahri

RAIS - I. HASANOV


KOTIBA - M. MUSLIMOVA
QATNASHDILAR: 24 TALABA
KUN TARTIBI
1. Qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan asosiy vazifalar. Guruh yetakchisi N.Yusupov axboroti.
2. Navro‘z bayramiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida S.Hakimov axboroti.
1. ESHITILDI: N.Yusupov qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan galdagi vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: A.Safarov, M.Ravshanov, T.Umarova.
QAROR QILINDI:
1) qishki imtihon sessiyasi haqidagi N.Yusupov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2) talabalaming galdagi vazifalari belgilab berilsin.
2. ESHITILDI: S.Hakimov Navro‘z bayramiga tayyor¬garlikning borishi to‘g‘risida axborot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: U.Usmonov, O.Rasulova, K.Azizova
QAROR QILINDI:
1) S.Hakimov Navro'z bayramiga tayyorgarlikning borishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2) Navro'z bayramiga tayyorgarlik kuchaytirilsin.
Rais (imzo) I. Hasanov
Kotib (imzo) M. Muslimova

22- mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq, ovoz bermoq, muhokama qilmoq, tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq, muhokamada chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq, topshirmoq, ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikr-mulohaza bildirmoq.
23-mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling.
Характеристика
Характеристика – это официальный документ, который выдаёт админстрация учреждения, организации,предприятия своему сотруднику при решении целого ряда вопросов.
В характерисике производится отзыв о служебной общественной деятельности сотрудника, оценка его деловых и моральных качеств. Характеристика может быть оформлена на общем бланке формата А4.
Реквизиты характеристики.
1.Наименование вида документа (Характеристика).
2.Вводная часть, включающая основные анкетные данные работника (фамилия, имя, отчество, год рождения, образование, должность, структурное подразделение, в котором работает сотрудник, стаж его работы на предприятии).
3.Основной текст, где указываются деловые качества работника, проявляющиеся по отношению к трудовым обязанностям, общее отношение к труду, этапы профессионального роста, наличие поошрений, наград, комплексные навыки, т.е.умение взаимодействовать, сотрудничать, руководить.
Текст характеритики завершается фразой «Характеристика дана для предъявления в …».
4.Ссылка на дату и номер протокола заседания общественной организации, если характеристика утверждается этой общественной организацией.
5. Подписи руководителя предприятия и председателя общественной организации (обычно председателя профкома).
6. Печать, заверяющая подписи.
5-topshiriq. Xizmat safari haqida hisobot yozing.

Yüklə 109,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə