1-mavzu: "Akademik yozuv" fanining mazmuni va vazifalari. Yozuv jarayoni


(1857-1913) Ferdinand de Sossyur



Yüklə 322 Kb.
səhifə3/5
tarix13.01.2023
ölçüsü322 Kb.
#98552
1   2   3   4   5
1-mavzu Akademik yozuv fanining mazmuni va vazifalari. Yozuv

(1857-1913)
Ferdinand de Sossyur
nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlydi hamda tilshunoslikda til
va nutq tushunchalarini farqlaydi.
ta ’kidlaydi hamda
O‘zbek tili aloqa-munosabat vositalaridan biridir. 1989-yilning 21- oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim- tarbiya ishlari, majlislar, ish qog‘ozlari, asosan, o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. 1995-yil 21- dekabrda Oliy Kengash mazkur «Davlat tili» haqidagi Qonunni yangi tahrirda qabul qildi.
Qonunning 2-moddasida ko‘rsatilishicha, “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat Konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”.
/■ N
Davlat tili haqidagi Qonunni ikki qismga boiish mumkin:


I Boshqa millat va xalqlarnitig tiliga hurmat.
II Davlat tili ijtimoiy hayotning hamma sohalarida, о zaro muomalada bostiqa lilla rbilan barobar qadrlanadi.
/
I . Boshqa millat va xalqlarning tiliga hurmat. Fuqarolar o‘zaro muomalani va ta’lim olishning qaysi tilda bo‘lishini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlab olishlari, boshqa millat va xalqlar zich yashaydigan joylarda maktabgacha bo‘lgan tarbiya, bolalar muassasalarini tashkil etishlari (5-modda), mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga o‘z tillarida murojaat qilishlari mumkin.
Ular sudlov ishlari bilan o‘z tillarida ham tanishib chiqishlari va so‘zlashlari mumkin. Korxona, muassasa va birlashmalarda, agar ko‘pchilik davlat tilini bilmasa, ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari boshqa tillarda ham olib borilishi mumkin. Xalqaro anjumanlarning tili va hujjatlari davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham o‘tkazilishiga ruxsat etiladi. Agar talab etilsa, notarial harakatlar davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham olib boriladi. Fuqarolar ariza, taklif, shikoyatlarini o‘z tillarida berishlari, radio, teleko‘rsatuvda o‘z tillarida gapirishlari, kitob, maqola yozishlari mumkin.
Shu bilan birga, muassasa va tashkilot muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari hamda hududlar, maydon, ko‘chalar, geografik obyekt nomlari davlat tilida bo‘ladi. Shuningdek, Qonunning 4-moddasida ko‘rsatilishicha, «Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi».


O‘zbek yozuvlari tarixi.

Tarixan tarkib topgan, qat ’iy me ’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat ’i nazar barchasi uchun umumiy bo ‘lgan til adabiy til sanaladi.
Yozuv juda qadimiydir va vaqt jihatidan chegaralanmagan. Zero, Xorazmiy, Ibn Sino va Navoiyning asarlari yozuvda aks etgani uchun ham shu kungacha saqlangan.
O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yozuvlardan foydalanib keldi.
Miloddan oldingi asrlardanoq ajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli yozuvlarda bitib qoldirganlar.
Markaziy Osiyo eng qadimgi madaniyat va ma’rifat o‘choqlaridan biridir. Bu hududda yashagan xalqlar juda qadimdan yozuv madaniyatiga ega bo‘lganlar.

Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi.
Arxeologik tekshirishlar Xorazmda yashagan xalqlar eramizning boshlaridayoq (III asr) ancha rivojlangan yozuv sistemasiga ega ekanliklarini isbotlab berdi. Tojikiston territoriyasidagi Mug‘ tog‘ida (Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida) qazish ishlari (1933-yil) VIII asrda so'g'd yozuvida bitilgan qimmatli hujjatlarni qo‘lga kiritdi.


Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə