1-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Bolalarni maktabga shaxsiy (ruhiy) tayyorlash



Yüklə 249,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.04.2023
ölçüsü249,13 Kb.
#104938
1   2   3
11 MAVZU AMALIY

Bolalarni maktabga shaxsiy (ruhiy) tayyorlash.
Psixologik tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai-nazaridan 1 
sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko‘rsatkichlarini 
muvoffaqiyatli jamlaydi. 
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi 
o‘quvchi bo‘lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining 
yetarlicha yuqori darajasi bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi iroda 
va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘lishda asoslangan 
tayyorlikni o‘z ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining 
barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o‘quv 
materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni 
bajarishni qamrab oladi. 
Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o‘qishga umumiy 
psixologik tayyorligiga qo‘shimchadir u bolada matematika va ona tili kabi 
o‘quv fanlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va 
malakalarning mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 
bolalarda eng oddiy matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o‘stirish 
hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish 
bolalarni maktabda o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi. 
Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o‘zaro 
munosabatning yangi sistemasiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi 
darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda 
muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak. 
Bolani maktabda o‘qishiga axloqiy-irodaviy tayyorligi. 
Bolaning maktabda (o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy 
tayyorligi mazmunida bir necha o‘zaro bog’langan jihatlar mavjud bo‘lib, 
ulardan muhimlari ma’naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir. 
Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha 
bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong 


rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o‘zining 
o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda ko‘rishga 
imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. 
Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha yoshidagi bola shaxsiy 
xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon buladi. Maktabga axloqiy-
irodaviy tayyorlikning, shuningdek katta maktabgacha yoshdagi bola shaxsiy 
xulq atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar 
ahamiyatlidir.
Mustaqillik bilan uzviy boglangan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi 
sharoitlarda harakatning to‘g‘ri odatiy usularidan foydalanish, yordam berishga 
tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulq-atvordagi uyushganli va intizomlilik 
bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikka, o‘z faoliyatini maktabgacha 
ta’lim tashkilotida qabul kilingan qoidalarga muvofiq ongli tashkil eta bilishda, 
faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat kilish, o‘z xulq-atvorini boshqa 
bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsiy 
ma’suliyatni his qilishda o‘z ifodasini topadi. 
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi 
bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o‘zaro munosabatlarini qoidalarga 
muvofiq tashkil eta bilishdir. Tajribaning ko‘rsatishicha maktabdagi o‘qish 
sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda «jamoatchilik» sifatlari: 
do‘stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, tashkilotchilik 
ko‘nikmalari, xushmuomalalik, g‘amxo‘rlik bildirish, o‘zaro yordamga 
xozirlikning 
kanchalik 
muvoffaqiyatli 
shakllantirilganligiga 
bevosita 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola xulq-atvorida jamoachilik hislarida bunday 
majmuining mavjudligi uni maktabga axloqiy tayyorgarligining kursatkichi bula 
oladi va yangi jamoada tengqurlari bilan muomalada ko‘tarinki ijobiy ruhni 
yuzaga keltiradi. 
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissiyot va 
bola ongi rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Bu o‘rinda eng 
ibratlisi bolalarning axloqiy xulq atvorining ijtimoiy ahamiyatini tushunarli 
ularda o‘z xatti harakatlarini mustaqil baholash qobilyatini rivojlantirish, 
ma’suliyat, insoniylik va fuqarolik hissiyotlari elementlarini shakllantiridir. 
Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga maktabgacha yoshidagi bolaning mehnatga 
munosabatini ifodalovchi sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat kilish 
ishtiyoqi, atrofdagilar mehnatiga hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir. 



Yüklə 249,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə