1-mavzu: Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan fakultativ mashg’ulotlar reja


O’quvchilar ishlarini natijalari va ularni tekshirish



Yüklə 22 Kb.
səhifə4/4
tarix15.05.2023
ölçüsü22 Kb.
#110465
1   2   3   4
1-amaliy mashg`ulot STI mo

O’quvchilar ishlarini natijalari va ularni tekshirish. Har qanday amaliy jihatdan haqiqiy muhim ishni ishlash natijalarini hisobga olmasdan va ular haqidagi ma’lumotlarsiz xayolga ham keltirib bo’lmaydi. Biz qanday metodlardan foydalanmaylik va o’qitish qanday sharoitda amalga oshirilmasin o’quvchilar olgan bilim va malakalarni tekshirmay turib, o’tkazilgan ishni tekshirmay turib o’rganilayotgan materialni o’zlashtirishning borishi va sifati haqida ma;lumot olib bo’lmaydi.
Sinfdan tashqari ishda ham o’quvchilar ishlarining sifatini tekshirish zarur. O’qituvchi ish jarayonida (hatto mashg’ulotni bir o’zi emas, masalan, yuqori sinf o’quvchilari yoki studentlar yordamida o’tkazayotgan bo’lsa ham) bolalarning javoblari va chiqishlarini tinglaydi, u yoki bu o’quvchining ba’zi yutuqlari haqida albatta ma’lumot oladi. Biroq ko’pincha turli o’qituvchilarda, to’garak rahbarlarida tahsil olayotgan o’quvchilarda bu ma’lumot har xil to’garaklarning ishlarini taqqoslash va o’qituvchida ularning samaradorligini baholashning biror konkret to’garak ishi saviyasini hisobga olmay, o’quvchilarning qanday natijalarini yaxshi baholash haqida umuman qabul qilingan kriteriysi to’g’risida tasavvur hosil bo’lishiga imkon bermaydi.
Ilgari matematikadan sinfdan tashqari ishlar qatnashchilarining yutuqlarini o’rganishga hamma maktablar uchun bir xil yondashish, tekshirish ishining yagona mezon va metodlarini aniqlashga harakat qilinmas edi.
Bitiruv malakaviy ishida o’quv-metodik material quyidagicha bayon qilinadi: oldin to’garakning har bir mashg’ulotiga mo’ljallangan masalalar beriladi, so’ngra metodik ko’rsatmalar va hamma masalalarning yechilishlari bayon qilinadi.
4-sinfda fakultativ mashg’ulotlarini tashkil etish
Biz 4 – sinf uchun fakultativ mashg’ulot na’munalarini keltiramiz.
1-mashg’ulot
1. Quyidagi ketma-ketlikni sonlarning natural qatoridan qanday qoida bo’yicha hosil qilish mumkin:
2; 1; 4; 3; 6; 5; 8; 7; 10; 9; 12; 11; . . . ?
Bu ketma-ketlikdan quyidagi ketma-ketliklarni qanday hosil qilish mumkin:
a) 9; 8; 11; 10; 13; 12; 15; 14; 17; 16; 19; 18; ... ;
b) 4; 2; 8; 6; 12; 10; 16; 14; 20; 18; 24; 22; ... ?
2. Sonlarning qo’yidagi ketma-ketligi qanday qoida bo’yicha tuzilgan:
1; 1; 2; 3; 5; 8; 13; 21; 34; 55; 89; . . . ?
3. Sonlarning jadval kataklariga joylanish qoidasini toping:
a) b)

34

37

40

43

35

38

41

44

36

39

42

45

37

40

43

46




61

63

66

70

62

65

69

73

64

68

72

75

67

71

74

76

4. Yilda 365 kun va 53 seshanba bor. Bu yilning 1 yanvari haftaning qaysi kuni bo’lgan?


Uy vazifasi
5. Sonlarning natural qatoridan quyidagi ketma-ketlikni qanday hosil qilish mumkin:
a) 1; 4; 9; 16; 25; 36; 49; . . ;
b) 4, 7; 10; 13; 16; 19; 22; . . . ?
6. Sonlarning jadval kataklariga joylanish qoidasini toping, bo’sh kataklarni to’ldiring:
a) b)

17

20

25




18

19

24




21

22

23






















41

35

33




43

37

39




45

47

49














7. 2008 yilning 1 yanvari seshnaba edi. 2009 yilning 1 yanvari haftaning qaysi kuni bo’lgan? 2010 yil 1 yanvari-chi?
Yüklə 22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə