3 I bob. Korxona qoidasini shakllantirish va global inqiroz sharoitida undan samarali foydalanish yo'llari



Yüklə 131,36 Kb.
səhifə1/10
tarix22.03.2024
ölçüsü131,36 Kb.
#181145
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO\'LLARI


KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO'LLARI
MUNDARIJA
KIRISH.................................................................................................................... 3
I BOB. KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO'LLARI
1.1. Korxona qoidasini shakllantirish yo’llari…………........................................ 5
1.2. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi……..…………...12
II BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA INVESTITSION FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNI ASOSIY YO’NALISHLARI
2.1. Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxona investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish……………………………………………………..…………….. 18
2.2. Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari…………………………………………………….……………………... 23
XULOSA …………………...………...……………………………………..….. 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………..………….……. 31


KIRISH
Kurs ishini dolzarbligi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan katta iqtisodiy islohatlar olib borilmoqda. Bu islohatlarni amalga oshirish, o’z navbatida, katta miqdorda moddiy, moliyaviy, intellektual investitsiyalar manbalarini izlash, shakllantirish va umuman, O’zbekiston uchun yangi va qulay bo’lgan investitsiyaviy faoliyatni yo’lga qo’yishni taqozo etadi. Davlatimiz hozirgi sharoitda ushbu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda, xususan, investitsiya faoliyatini huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Xorijdan jalb qilinadigan investorlar uchun turli kafolatlar beruvchi qonun va me‘yoriy hujjatlar yaratildi va ular bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan takomillashtirilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi mustaqil O’zbekiston tarixiga jamiyatni tanada demokratlashtirish, Vatanimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, qadimiy va dono xalqimizga xos bo’lgan ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yo’naltirilgan chuqur o’ylangan islohotlar dasturi sifatida kirishi shubhasiz.
Davlatimiz rahbari “Faol investitsiya siyosati yuritayotgan mamlakatdagina milliy iqtisodiyot barqarorligi va raqobatbardoshligiga erishadi1”, degan odil fikrni ilgari surdi.
Shu bois, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha belgilangan strategik ustuvor yo’nalishlar mamlakatni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini yaratish, “Raqamli O’zbekiston – 2030” dasturi, bank-moliya tizimini rivojlantirishga oid uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, BMT va XVF metodologiyasi bo’yicha Milliy hisoblar tizimini joriy etish, ilg’or davlat menejmenti va “aqlli boshqaruv” tamoyillariga o’tishga qaratilgan qator dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi2.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqidagi xabar keng islohotlar dasturi doirasida qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish mamlakatimizning investitsiya yo’nalishida ishonchli mamlakat ekanining asosiy kafolati hisoblangan xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qabul qilindi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi iqtisodiy o’sishining bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu sohada ro`y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan izohlanadi. Mamlakatning iqtisodiy o’sishini qo’llab-quvvatlash va jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o’ynashi kerak.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya‘ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo’q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi3» deb ta‘kidlaganlar.

Yüklə 131,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə