3 I bob. Korxona qoidasini shakllantirish va global inqiroz sharoitida undan samarali foydalanish yo'llari



Yüklə 131,36 Kb.
səhifə2/10
tarix22.03.2024
ölçüsü131,36 Kb.
#181145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO\'LLARI

Kurs ishini maqsadi. Korxona qoidasini shakllantirish va global inqiroz sharoitida undan samarali foydalanish yo'llari.
Kurs ishini vazifasi:
-Korxona qoidasini shakllantirish yo’llari
-O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi.
-Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxona investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish.
-Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari.
Kurs ishini hajmi: Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotdan iborat.


I BOB. KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO'LLARI
1.1. Korxona qoidasini shakllantirish yo’llari
Korxonalar xo’jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo’nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to’g’risida”gi qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Investitsiyalarni takomillashtirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo’yilmalarning ustuvor yo’nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunining 3-moddasida investitsiyaning asosiy tushunchalari sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
Investitsiyalar - qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
investor - investitsiya faoliyati ob‘ektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub‘ekti; investitsiya majburiyati — investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning o‘zi qabul qiladigan majburiyati;

Yüklə 131,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə