3 I bob. Korxona qoidasini shakllantirish va global inqiroz sharoitida undan samarali foydalanish yo'llari



Yüklə 131,36 Kb.
səhifə4/10
tarix22.03.2024
ölçüsü131,36 Kb.
#181145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO\'LLARI

Moliyaviy inqirozlar – bu muomaladagi pul massasini ortib ketishi, davlat byudjetini taqchilligi, qimmatli qog‘ozlar kursini tushib ketishi, investitsiyalarni susayishi, valyuta qadrini pasayishi kabilardir

  • Narxlarni ko‘tarilashi oqibati yuzaga keladigan inqirozlar – bu aholini to‘lov qobiliyatini va real daromadlarini pasayishi hisoblanib, yashash farovonligini tushib ketishiga olib keladi. Shu bilan birgalikda hom-ashyoni ham narxini oshib ketishi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ham tannarxini ortish evaziga bozor narxlarini ko‘tarilishidir. Bunday inqirozlar davlat miqyosida nisbatan boshqalariga qaraganda bozor iqtisodiyoti sharoitida og‘ir kechadi. Sababi erkin bozor narxlarining mavjudligi narxlarni jilovlash imkoniyatini davlat qo‘lidan olib qo‘yadi; 

  • Disproporsiya – bu iqtisodiyotdagi muvozanatlarni buzilishi hisoblanadi. Masalan, tovar va pul o‘rtasidagi bog‘liqlikni yo‘qolishi va tovarni pulga nisbatan yoki pulni tovarga nisbatan bir necha barobar o‘sib ketishi. Bunda agar pul tovarga nisbatan o‘sib ketsa, narxlar ko‘tarildai va inflyasiya darajasi oshib ketadi. Agar tovar pulga nisbatan ko‘tarilib ketsa, jamiyatda defdeflyasion jarayonlar yuz beradi. Aylanuvchanlik pasayyadi va u oxir oqibat ishsizlikni ortib aholi daromadlarini pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli iqtisodiyotdagi barcha ko‘rsatkichlar proporsional tartibda ushlab turishga harakat qilinadi

  • Retsessiya – bu ikki kvartal yoki 180 kun davomida davlatni YAIMni yoki boshqa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini pasayshidir. Retsessiya ishsizlikni ortishi va ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalanilmagan holatlarda vujudga keladi

  • Moddiy resurslarning taqchilligi natijasida vujudga keladigan inqirozlar. Bu kabi inqirozlar jahon iqtisodiyotida tez-tez kuzatilib turiladi. Natijada taqchil resursni narxi oshadi yoki undan o‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanayotgan korxonalar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi; 


  • Yüklə 131,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə