3 I bob. Korxona qoidasini shakllantirish va global inqiroz sharoitida undan samarali foydalanish yo'llari


To‘rtinchidan, ishlab chiqarishda braklarni va chiqindilarni ko‘payib ketishi



Yüklə 131,36 Kb.
səhifə7/10
tarix22.03.2024
ölçüsü131,36 Kb.
#181145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO\'LLARI

To‘rtinchidan, ishlab chiqarishda braklarni va chiqindilarni ko‘payib ketishi. Ishlab chiqarishda brak va chiqindilar ko‘proq ishlab chiqarish texnologiyasi noto‘g‘ri tanlanganda va ishchilarning malakasi past bo‘lganda vujudga keladi. Bu holat ishlab chiqarish xarajatlarini ortishiga, korxonaning pirovard natijasi bo‘lgan sof foydani kamayishiga rentabellikni tushib ketishiga sabab bo‘ladi;


    1. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi

Mamlakatimizda investitsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va isloh qilish, uni amalga oshirish yuzasidan zamonaviy, samarali yondashuv va mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va umuman ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilishni, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Faol investitsiya siyosatini davom ettirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha strategik va muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali oʻzlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda saʼy-harakatlarni jamlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, buning asosida aholi bandligini, ularning turmush darajasi va sifati oshirilishini taʼminlanmoqda5.
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.
Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor - 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda to’gridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog’lom raqobat muhitini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga investorlar bilan ishlashda, ayniqsa, joylarda investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo’llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog’liq byurokratik to’siq va g’ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo’yicha davlat siyosatining izchilligiga bo’lgan ishonchning mustahkamligiga to’sqinlik qilmoqda6.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qulay investitsion faoliyatni shakllantirish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. U kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sish sur‘atlari va ko’lamiga faol ta‘sir ko’rsatadi, aholi salmoqli qismining bandligini ta‘minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishi va rivojlanishi ko’p hollarda investitsiya faoliyatining darajasiga bog’liq bo’ladi.
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy kapitallarni yaratish hamda amalda faoliyat yurituvchilarini qo’llash uchun yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarining ancha qismi investitsiya sohasi orqali o’tishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlab o’tganidek: «Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlarimiz strategiyasining juda muhim shartidir. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi7».
Ivestitsiya siyosati – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasiin ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo’naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o’zaro bog’liq tadbirlar majmuidir8.
Investitsiya siyosati har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki shu siyosat orqali mamlakat ishlab chiqarish quvvatining yuqori darajada o’sishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va sifatining ortishi, moddiy va ma‘naviy ehtiyoj qondirilishi, butun davlat infratuzilmasining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Hozirgi zamon investitsiya siyosati iqtisodiy tuzilmani o’zgartirishni amalga oshiruvchi asosiy dastak bo’lib, qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish, tabiiy resurs va hududlarni o’zlashtirish, aholini ish bilan ta‘minlash, fan-texnikani rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabilarni hal etishga qaratilishi kerak.
Investitsiya sohasi hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotining milliy va jahon darajasisiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Horijiy investitsiyalardan foydalanish mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va tadbirkorlikning erkin tarmoqlariga kapitalning oqib o’tishi tizimi bilan shartlashgan ob‘ektiv zarurat hisoblanadi9. Yana shuni alohida qayd etish muhimki, investitsiya siyosiy, iqtisodiy huquqiy kafolatlangan sharoitdagina samarali natija berishi mumkin. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda davlat investitsiya jarayonining bosh tashkilotchisi bo’lish va uning asosiy vazifasi bo’lgan ijtimoiy siyosat nuqtainazaridan bosh investor bo’lishi zarur.
B.Tursunov tomonidan «Investitsiyalar (nem. Investition, lot. investio) – bu sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va xo’jalikning boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli qo’yilma shaklida amalga oshiriluvchi sarf-xarajatlarning yig’indisidir10»deb, investitsiya mablag’lari kiritiluvchi sohalar tarmoq nuqtai nazaridan alohida ta‘kidlab o’tiladi.
D.Tojiboeva investitsiyalarni quyidagicha ta‘riflaydi: «Investitsiya deganda kelajakdagi natija uchun: ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlarni sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga mo’ljallangan moliyaviy resurslar tushuniladi11». Bundan ko’rinadiki, muallif mazkur ta‘rifda investitsion faoliyat yo’nalishlariga urg’u berib o’tadi.
Shuningdek, ba‘zi manbalarda «Investitsiyalar – xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichida va uning chegarasidan tashqrida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va qimmatli qog’ozlarga kapitalning uzoq muddatli qo’yilmasi12» sifatida qaralib, oldingi ta‘riflardan farqli o’laroq, portfelli (ya‘ni, qimmatli qog’ozlarga joylashtirilgan) investitsiyalar ham ko’rsatib o’tiladi.
Ba‘zi manbalarda investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy maqsadini ochib berishga harakat qilingan ta‘riflar ham uchraydi. Jumladan, «Investitsiyalar (lot.Investire kiyintirmoq; ingl.investment) – qo’shimcha foyda olish yoki obro’- e‘tiborga ega bo’lish maqsadida, yoki mablag’larni bunday tarzda qo’yish bu sohada o’z operatsiyalarini olib borishga qaraganda ancha foydaliligi sababli kapitalni qandaydir huquqiy jihatdan mustaqil bo’lgan korxonalarga uzoq (bir yildan kam bo’lmagan) muddatga joylashtirish13» deb qaralishi bunga yaqqol misoldir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyatining maqsadi bo’lib tadbirkorlik daromadi yoki foizni olish hisoblanadi. Investitsiyalar ularning qaysi soha yoki ob‘ektga qo’yilishi hamda kapitalning ishlab chiqarishdagi ishtirokidan kelib chiqqan holda moliyaviy va real investitsiyalarga bo’linadi.
Moliyaviy investitsiyalar davlat va xususiy kompaniyalar tomonidan chiqarilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, shuningdek, tezevratsiya ob‘ektlari, bank depozitlariga uzoq muddatli qo’yilmalarni ifodalaydi. Shuningdek, ba‘zi manbalarda moliyaviy investitsiyani qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro moliya-kredit faoliyati sifatida ko‗rsatiladi. Fikrimizcha, bu jarayonga faqat xalqaro darajadagi faoliyat sifatida qaralishi noto’g’ri hisoblanadi.
Moliyaviy investitsiyadan farqli o’laroq, real investitsiyalar asosiy kapital hamda material ishlab chiqarish zahiralarining o’sishiga qo’yilmani aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning aksariyat qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi. Iqtisodiyotning davlat sektorida kapital real investitsiyalar orqali, shuningdek, kredit, subsidiyalar berish yo’li bilan iqtisodiy tartibga solish siyosati asosida qo’yiladi. Davlat investitsiyalari eng avval infratuzilma tarmoqlariga yo’naltiriladi. Investitsiyalarning samaradorligi, odatda, faol elementlarning ulushi o’sishi bilan oshib boradi.
Keng ma‘nodagi tushuncha sifatida tadbirkorlik ob‘ektlariga va faoliyatning boshqa ko’rinishlariga qo’yiluvchi mol-mulk va intellektual qiymatliklarning barcha turlari investitsiya bo’lib hisoblanib, ularning natijasida foyda olinadi yoki ijtimoiy samara qo’lga kiritiladi. «Investitsiya» so’zining bunday talqin etilishida, samara keltiruvchi qiymatliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- pul mablag’lari, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;
- harakatlanuvchi va ko’chmas mulklar (bino, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qiymatliklar);
- mualliflik huquqidan kelib chiquvchi mulkiy huquq, «nou-xou» va boshqa intellektual boyliklar;

Yüklə 131,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə