3 I bob. Korxona qoidasini shakllantirish va global inqiroz sharoitida undan samarali foydalanish yo'llari



Yüklə 131,36 Kb.
səhifə3/10
tarix22.03.2024
ölçüsü131,36 Kb.
#181145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KORXONA QOIDASINI SHAKLLANTIRISH VA GLOBAL INQIROZ SHAROITIDA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO\'LLARI

investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;
investitsiya faoliyati ishtirokchisi - investorning buyurtmalari bajarilishini ta‘minlovchi investitsiya faoliyati sub‘ekti;
reinvestitsiyalar - investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar4. Moliyaviy inqiroz – bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‘lib, bunda inflyasiya ko‘rsatkichining sezilarli darajada o‘sishi, qimmatli qog‘ozlar bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligining almashuv kursining beqarorligi va pasayishi, iqtisodiy subyektlar o‘rtasida to‘lovsizlik muammosining kuchayishi, kapitalning mamlakatdan tez sur’atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi.
Moliyaviy inqiroz – fond bozori hajmining 20% dan ortiq kamayishi, banklararo kredit bozorida foiz stavkalarining ikki marta oshishi, milliy valyuta kursining 10% dan ortiq pasayishi holatidir1.
Shunday qilib, iqtisodiy inqirozlar – o‘z ichiga davlatning pul-kredit, moliya, byudjet va iqtisodiy sohalarini, shu bilan birgalikda korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi, pirovard natijalari va to‘lovga qobillik darajalaridagi tushkunliklarni olib davlat va korxona iqtisodiyotini orqaga ketishi uni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni paydo bo‘lishi tushuniladi. Iqtisodiy inqirozlar foiz stavkasining ko‘tarilishi, iste’mol tovarlarini kamayishi va narxlarining ko‘tarilishi, moddiy resurslarni taqchilligi, ishlab chiqarish darajasining pasayishi, retsessiya, disproporsiya, va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlarni pasayishi oqibatlarini paydo bo‘lishi bilan tushuntiriladi. U iqtisodiyotning bosh muammosi “Resurslarning taqchilligi va ehtiyojlarning cheksizligi” sharoitida yuzaga keladi. Sababi resurslarning taqchilligi sharoitida faoliyat olib borayotgan davlat va uning subyektlari doimiy ravishda turli umumjamiyat muammolariga va to‘siqlariga duch keladi. Mazkur muammolarga duch kelishning o‘zi inqiroz. Undan chiqib keta bilmaslik esa, inqiroz muddatini uzaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə