Oxirgi natija nimadan iborat bo‘lishi kerak, degan savolga javob olinishi
lozim.
2-vazifa: majburiyatlarni taqsimlash. Rahbar doimo hamma muammolarni
o‘zi hal eta olmaydi, shuning uchun ham bu bosqichda u ba‘zi-bir majburiyatlarni
malakali mutaxassis ixtiyoriga topshirgani ma‘qul.
Mutaxassis, bu bosqichda,
mazkur muammo yuzasidan barcha ma‘lumotlarni yig‘ish va masalani har
tomonlama o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
3-vazifa: ma‘lumotlar yig‘ish, muammoli vaziyatning informasion
modelini
yaratish. Bunda nafaqat «o‘zining» ma‘lumotlari, balki, muxoliflar, raqobatdosh
tomonlarning ham ma‘lumotini hisobga olish lozim. Ba‘zi
bir paytda muxoliflar,
ular bergan ma‘lumot kamsitiladi, inkor etiladi va unga e‘tibor berilmaydi. Bu esa
mutlaqo xatodir. Ma‘lumot yig‘ishda unga mas‘ul shaxs, ushbu muammo
yuzasidan chuqur bilimga ega ekspertlar fikrini o‘rganishi o‘ta muhimdir.
4-vazifa: muammoli vaziyatning konseptual modelini yaratish,
mazkur
muammoni bir butun, yaxlit tarzda tushunish. Muammo bu tarzda aks ettirilganda,
uning avvalgi muammolardan farqi, uning yangi jihatlari va yechimga yangicha
yondoshish zarurati anglanadi.
Dostları ilə paylaş: