uslublaridan, boshqa mutaxassislarning ijodiy g‘oyalaridan
foylana olishi talab
etiladi.
Rahbar muammoli vaziyat bilan to‘qnash kelib, ma‘lum qarorni qabul qilishi
zaruratida bo‘lar ekan, avvalambor, ushbu vaziyat va undan kutilayotgan yechimni
yuqorida sanab o‘tilgan qarorlar guruhiga taqqoslashi va taxminan bo‘lsa ham,
qaysi toifaga kirishini aniqlab olishi lozim. Bunday harakat rahbarga ayni
muammo yechimi nimada ifodalanishini, qay shaklda namoyon bo‘lishini
qisman
bo‘lsa ham oldindan tasavvur etish imkonini beradi. Bu esa tanlangan yo‘l
qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi ma‘lumot bilan birga, zarur bo‘lgan
taqdirda harakat uslubini o‘zgartirishga asos yaratadi. Harqalay, qarorning o‘ylab
qabul qilinganligi uni
biron-bir toifaga kiritishdan, va natijani qisman bo‘lsa ham
oldindan tasavvur etgan holda talabdagi namuna bilan taqqoslashdan iboratdir.
3.Qaror qabul qilish bosqichlari.
Umuman olganda, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni aniq bir doira
ichida o‘tishi qiyin. Har bir rahbar o‘z psixologik xususiyatidan kelib chiqqan
holda muammo yechimiga turli uslub va moyillikni namoyon etadi.
Mana shu
omillar mavjud muammo yechimiga o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi.
Qaror yaratilishi davomida rahbar o‘z ichki dunyosida sodir bo‘layotgan
jarayonlarni bilishi, ushbu holatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish
imkonini beradi. Shu bois qaror qabul qilish amallarini bosqichma-bosqich tahlil
etish lozim, deb topiladi. Quyida mana shu bosqichlarning
asosiy tavsiflari
beriladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘pqirrali va murakkab jarayon bo‘lib,
unda asosiy beshta bosqichni sharhlab o‘tish mumkin:
1-muammoni o‘rganish;
2-g‘oyalar ishlab chiqish;
3-ma‘qul keluvchi g‘oyalarni ajratib olish;
4-yangilikni joriy etishni rejalashtirish;
5-qayta aloqa va tahlil. Endi sanab o‘tilgan har bir bosqichni ko‘rib chiqsak.
Qaror qabul qilishning
birinchi «Muammoni o’rganish» bosqichida ham
quyidagi ketma-ket vazifalar belgilanadi:
Dostları ilə paylaş: