|
1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja
|
səhifə | 60/64 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 1,41 Mb. | | #158967 |
| 1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org2.Qaror qabul qilish darajalari.
Qaror qabul qilishning to‘rtta darajasi farqlanib, ularning har biri doirasida
harakat qilish uchun ma‘lum boshqaruv malakalari talab etiladi.
1-jadval. Qaror qabul qilish darajalari.
Qaror shakli
Zarur malakalar
Birinchi daraja:
Odatiy, kundalik
Yo‘riqnoma va qoidalarga so‘zsiz amal qilish, vaziyatni
to‘g‘ri baholash. Nazoratni tashkil etish.
Ikkinchi daraja:
Tanlovga asoslangan
Maqsadlarni o‘rnatish. Rejalashtirish. Ma‘lumotlarni
tahlil etish
Uchinchi daraja:
Moslashuvchan
Muammoni
identifikasiyalash.
Muammoni
tizimli
ravishda yechish. Ishchi guruhlarni tashkil etish. Mavjud
xavflarni tahlil etish
To‘rtinchi daraja:
Innovasion
Ijodiy boshqarish. Strategik rejalashtirish
Odatiy qarorlar korxona rejasi bo‘yicha amalga oshuvchi kundalik dastur
asosida qabul qilinadi. Paydo bo‘lgan muammo mavjud yechimlar majmuasi bilan
qiyoslanadi, ular ichida maqbuli qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Tashkilotdagi
odatiy hollarda «mana bunday vaziyatda, mana bunday qilish kerak» qabilida ish
tutiladi va aynan shu uslub o‘rta va quyi bo‘g‘in menejerlariga xos asosiy qaror
qabul qilish shakliga aylanadi. Bunday vaziyatdagi qiyinchiliklar menejerning
malakasizligi, mavjud yo‘riqnomalarni yaxshi bilmaslik, vaziyatni noto‘g‘ri
baholash yoki shaxsning jur‘atsizligi asosida kelib chiqishi mumkin. Vaziyatni
to‘g‘ri idrok etuvchi va maqbul xulosalar chiqaruvchi hamda natijalarni nazorat eta
olish qobiliyatiga ega bo‘lgan menejer ushbu vaziyat uchun uzukka ko‘z
qo‘ygandek bo‘ladi. Qaror qabul qilishning bu darajasida ijodiy yondoshuv talab
etilmaydi, chunki vaziyat yechimlari avvaldan belgilangandir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|