jamoada qo‘llanilishi mumkin. Ammo, bunday uslub noo‘rin qo‘llanilganda
guruhning har bir a‘zosi tashabbuskor bo‘lishi bilan birga, ularni ma‘lum maqsad
sari yo‘naltiruvchi kuch jamoada bo‘lmaydi, qabul qilingan qarorlar nazorati sust
bo‘lgani uchun ular bajarilmay qolib ketishi ham mumkin. Natijada xodimlar o‘z
mehnatidan va rahbariyatdan qoniqmaydi, ish samaradorligi past,
jamoada
hamkorlik yo‘q, bir-biri bilan kirishmaydigan guruhlarga bo‘linish ehtimoli
ko‘payadi va guruhlararo ochiq yoki yashirin nizo yuzaga keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan rahbarlik uslublari har bir rahbar faoliyatida u yoki
bu darajada namoyon bo‘ladi va ayrim rahbarda bu uslublarga xos belgilar aniq
ko‘rinsa, ikkinchisida sust ko‘zga tashlanadi. Ba‘zi
bir rahbar biron uslubga
moyilligini anglasa, ikkinchisi o‘z xulqida aniq bir uslub belgilarini ajrata olmaydi.
Shunga muvofiq ravishda psixologik tavsiyalarda rahbar shaxs sifatida uslubdan
o‘zini ajrata olishi va uslubdan foydalanishni ixtiyoriy darajaga olib kela olishi
maslahat beriladi. Aynan shunday qobiliyatga ega bo‘lmagan ayrim toifa
rahbarlariga «tartibsiz (mantiqsiz)» boshqaruv uslubi xos deb aytish mumkin.
Bunday rahbar
bir uslubdan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va aksincha
harakatlarni pala-partish amalga oshiradi va o‘z xulqi bilan guruhdagi ziddiyatni
yanada kuchaytiradi.
Zamonaviy yondoshuvlar. Boshqaruv uslubiga an‘anaviy yondoshuvdan
tashqari qator zamonaviy g‘oyalar
ham kirib keldiki, ularni bilish rahbarlik
uslubini yanada ixtiyoriy idora etish imkoniyatini beradi. Shu munosabat bilan
situativ, ya‘ni vaziyatga oid rahbarlik uslubi haqida ma‘lumot berib o‘tishni lozim
deb topamiz. Bu g‘oya boshqaruv sohasidagi olimlar P. Xersi va K. Blanded
tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, boshqaruvning u yoki bu uslubini qo‘llash
xodimlar va jamoaning
psixologik rivojlanganligiga, kasbiy barkamolligiga
bog‘liqdir.
Mualliflarning fikricha, mutaxassisning kasbiy malakasi qanchalik yuqori
bo‘lsa rahbar uni shunchalik kamroq boshqarishi va hissiy jihatdan qo‘llab
quvvatlashi talab etiladi va aksincha. Xodim qanchalik
yuqori malakaga va ruhiy
yetuklikka erishgan bo‘lsa, rahbarning nazorati va aralashuviga shunchalik kamroq
zarurat tug‘iladi. Bunday yondoshuv asosida to‘rt darajali boshqaruv vaziyatlari
farqlanadi va bu vaziyatlarning har biriga o‘ziga xos rahbarlik uslubi talab etiladi.
1-jadvalda mana shu darajalar tavsifi va ularga mos keluvchi rahbarlik harakatlari
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: