d) vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtning kamligi;
ye) vazifaning hal etilishi avtoritar uslubni talab etadigan alohida
vaziyatlarda.
Umuman olganda, boshqaruv uslublari mavzusi doimo rahbar va xodim,
rahbar va jamoa munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida tushunilishi lozim.
Shuning uchun ham rahbarning xodimlar bilan umumiy maqsad sari borishida
nafaqat
rahbar tanlaydigan uslub, balki xodimlarning xulq-atvori ham yetakchi rol
o‘ynaydi. Bu degan so‘z – rahbar biron uslubga moyilligini bildirib, uni qo‘llashi
boshqaruvga bir tomonlama qarashdir. Vaholanki, rahbar jamoa holati va
vaziyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu uslubga murojaat etadi.
Uslub umumiy maqsad yo‘lida borayotgan rahbar va xodim
munosabatlarining o‘zaro muvofiqlashuvi jarayonidir.
U yoki bu boshqaruv
uslubini qo‘llashdan maqsad, tashkilot manfaatini qondiruvchi vazifani iloji
boricha tez va samarali bajarishdan iboratdir. Qo‘llanilayotgan uslub bundan
keyingi shu kabi topshiriqning kay tarzda bajarilishiga zamin yaratadi va jamoaga
vazifani bajarish imkonini beradi. Afsuski, ko‘pchilik jamoalar va hatto rahbarlar
biron vaziyatni bajarishda doimo eski namunaga murojaat etishga o‘rganib
qolganlar va bu holat shu kabi vazifani bajarish uslubi deb atalishi mumkin. Lekin
yangi vazifa takrorlanmas bo‘lib, uning doimo biron yangi jihatlari
mavjud va bu
vaziyatda eski namunadan, uslubdan foydalanish maqsadga erishishni to‘la-to‘kis
ta‘minlay olmaydi. Demak, uslubni qotib qolgan, doimiy vosita emas, balki
o‘zgaruvchan, rivojlanuvchan va dinamik jarayon sifatida tushunish o‘rinlidir.
Mavzu bilan tanishish davomida o‘quvchilarda «qaysi uslub yaxshi?» degan savol
ko‘p tug‘iladi. Bunga javoban aytamizki, rahbar uslubdan yuqorida turishi lozim, u
uslublarni yuqoridan «tomosha» qila olishi va vaziyatga muvofiq keladiganini
tanlab qo‘llay bilishi lozim. Lekin, bunday ta‘rif ham o‘zining cheklanishiga ega.
Rahbar u yoki bu uslubni qo‘llar ekan, doimo guruh ustidan nazorat etish, uni
«yetaklash» vazifasini oladi.
Bu esa jamoa faolligini, uning tashabbusini
boshqarishdir. Beixtiyor, deyarli afsonaga aylangan voqyea esga tushadi.
Aytishlaricha, AQShning bir yirik kompaniyasi bir vaqtning o‘zida hamma
filiallaridagi yuqori bo‘g‘in rahbarlarini mehnat ta‘tiliga chiqarib yuborgan.
Oradan bir hafta o‘tgach, ba‘zi tashkilotlarda ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmay,
oldin qanday bo‘lsa shundayligicha davom etavergan. Ayrimlarida esa ishlab
chiqish sur‘ati birdaniga pasayib, rahbarning «yo‘qligi» sezilib qolgan. Demak,
zamonaviy
boshqaruvning
mahorati
– jamoaning
maqsadga intilishini
ta‘minlashdir.
Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak, quyidagi
misol o‘rinli bo‘lardi. Bola o‘z rivojlanishida hamma me‘yorlar bo‘yicha ulg‘ayib
borayotgan bo‘lsa, ota-ona uning o‘sishiga deyarli aralashmaydi va lekin
ulg‘ayishida biron muammo yuzaga kelsa, darhol kerakli choralar ko‘riladi.
Jamoani boshqarishda ham rahbar, birinchi
navbatda, maqsadga erishish sharoitini
yaratishi va xodimlar harakatiga kam aralashuvi yuksak boshqaruv mahorati
belgisidir.
Qo‘l ostidagi xodimlarga xos bo‘lgan psixologik xislatlar ham u yoki bu
uslubni qo‘llashga asos yaratadi. Masalan, avtoritar tipga mansub shaxs an‘anaviy
qarashlarga moyilligi, xodimning hissiyotiga befarqligi, o‘zgarishlarga qarshiligi
va hokimlikka intiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Aynan shu tavsiflarga ega
bo‘lgan kimsa, o‘z navbatida, avtoritar rahbar qo‘li ostida ishlashga moyillik
bildiradi.
Dostları ilə paylaş: