O`r % =
|
Boshlang`ich savdo ustamasi + Kelib tushgan tovarlar savdo ustamasi
|
Hisobot davrida tovar aylanmasi + Davr oxiriga tovarlar qoldig`i
|
MISOL. 2015 yil 1 sentabr kuni Diyora do`konining schetlardagi tovarlar qoldig`i sotish bahosida 180000 ming so`mni tashkil qildi. Savdo ustamasi 27000 ming so`m. Sentabr oyida quyidagi operatsiyalar bo`lib o`tdi:
- mol yetkazib beruvchilardan 480000 ming so`mlik tovarlar xarid qilindi, shu jumladan savdo ustamasi 84000 ming so`m
Dt_____ Chakana savdodagi tovarlar 480000 ming so`m
Kt_____ To`lanadigan schetlar 396000 ming so`m
Kt _____ Savdo ustamasi 84000 ming so`m
- tovarlar naqd pulga sotildi, summasi 440000 ming so`m
Dt ______ Kassa
Kt ______ Chakana savdodan daromad 440000 ming so`m
- o`rtacha foiz:
O`r % =
|
27000+84000
|
x 100 % = 16,8 %
|
440000+220000(180.0+480.0-440.0=220.0)
|
- sotilgan tovarlar savdo ustamasi va tannarxi: 440000x16,8%=73920 so`m va
440000-73920=366080 ming so`m
Dt_____ Savdo ustamasi 73920 ming so`m
Dt _______Sotilgan tovarlarning tannarxi 366080 ming so`m
Kt ______ Chakana savdodagi tovarlar 440000 ming so`m
- sotish schetining yopilishi:
Dt _______ Tovarlar sotishdan daromad
Kt______ Yakuniy moliyaviy natija 440000 so`m
- tannarx schetining yopilishi:
Dt ______ Yakuniy moliyaviy natija
Kt______ Sotilgan tovarlar tannarxi 366080 so`m
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bo`g`liq bo`lmagan sotish xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlarga taluqli 9410-9430 Davr xarajatlari schetida olib boriladi. Bu schetning debetida oy davomida savdo tashkilotining xarajatlari to`planadi. Oy oxirida bu xarajatlar quyidagi buxgalteriya o`tkazmasi bilan yopiladi:
Dt _____ Yakuniy moliyaviy natija
Kt _____ Davr xarajatlari
Tijorat do`konlarida, sotish uchun xalqdan olingan tovarlar hisobi balansdan tashqari 004 Komissiyaga qabul qilingan tovarlar schetida olib boriladi. Qabul qilishda tovarlar qiymati bu schetning debetida, tovarlar sotilganda esa bu schetning kreditida ifodalanadi. Tovarlarni sotishga topshirgan korxonalar komitent deb ataladi. Har bir komitentga kartochka ochilib, olingan tovarlarga nakladnoy rasmiylashtiriladi. Sotish bahosida sotilgan tovarlarga buxgalteriya o`tkazmasi beriladi:
Dt _____ Milliy valutadagi pul mablag`lari 24 ming so`m
Kt ____ Tovarlar sotishdan daromadlar 4 ming so`m
Kt _____ Boshqa majburiyatlar 20 ming so`m
- kassadan komitentga berildi:
Dt _____ Boshqa majburiyatlar
Kt ____ Milliy valutadagi pul mablag`lari 20 ming so`m
- do`kon daromadi quyidagi buxgalteriya o`tkazmasi bilan ifodalanadi:
Dt _____ Tovarlarni sotishdan daromadlar
Kt _____ Yakuniy moliyaviy natija 4 ming so`m
6. Korxonaning boshqa daromadlari hisobi
Boshqa daromadlarga asosiy faoliyatning boshqa daromadlari kiradi:
- shartnoma shartlarini buzganligi uchun qarzdorlardan undirilgan jarima, penya va ustamalar hamda keltirilgan zararlarni qoplashdan kelgan daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o`tgan yil foydasi;
- asosiy vositalar va boshqa mulklarni sotishdan daromadlar;
- davo muddati o`tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar;
- tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam;
- korxonaning asosiy faoliyati bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish bilan bog`liq bo`lmagan boshqa operatsiyalar bo`yicha daromadlar (korxona balansida bo`lgan sog`liqni saqlash obektlari, bolalar bog`chalari, uy-joy kommunal xo`jaliga, madaniyat va sport obektlaridan olinadigan daromadlar)
- boshqa operatsion daromadlar.
Hisobot davri mobaynida yuqoridagi daromadlar 9300 Asosiy faoliyatining boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schetlarning debetida aks ettirilib, hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natija bilan yopiladi.
MISOL. Korxona hisobot davrida quyidagi boshqa daromadlarga ega bo`ldi:
- shartnoma majburiyatlarini bajarmagani uchun mol yyetkazib beruvchidan 114 ming so`m jarima summasi olindi;
Dt _____ Hisob-kitob scheti
Kt_____ Undirilgan jarima, penya va ustamalar 114 ming so`m
- xaridor b-n tuzilgan shartnomada o`tgan yil foydasi aniqlandi 40 ming so`m;
Dt_____ Xaridorlardan olinadigan schetlar
Kt _____ O`tgan yil foydalari 40 ming so`m
- davo muddatli o`tgan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarildi 6 ming so`m;
Dt _____ Boshqa majburiyatlar
Kt _____ Kre va dep qarz his chiq-dan daromad 6 ming so`m
- inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulotlar kirim qilindi 10 ming so`m:
Dt _____ Tayyor mahsulotlar
Kt _____ Boshqa operatsion daromadlar 10 ming so`m
- hisobot davr oxirida boshqa daromadlar hisobi schetlari yopiladi:
Dt ____ Undirilgan jarima, penya va ustamalar 114 ming so`m
Dt ____ O`tgan yillar foydalari 40 ming so`m
Dt ____ Kred qarz his chiq daromad 6 ming so`m
Dt _____ Boshqa operatsion daromadlar 10 ming so`m
Kt ______ Yakuniy moliyaviy natija 170 ming so`m
Dostları ilə paylaş: |