1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə2/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

Ofis uchun bino 3000 m.so‘m.
Tovarlar – 200 m.so‘m.
Bu resurslar uning o‘z mablag‘lari evaziga olingan, deb faraz qiling. Biznesni yaxshiroq yo‘lga qo‘yish maqsadida tadbirkor Qodirov bankdan 1000 ming so‘m kredit oldi. Qodirovning faoliyatida sodir bo‘lgan voqea hodisalarni quyidagi ma’lumotlar orqali ifoda etish mumkin:


Qodirovning Qodirovning
mavjud mablag‘lari mablag‘larining manbalari
1. Bino 3 000 000 1. o‘z mablag‘i 3 200 000
2. Tovarlar 200 000
3. Pul 1000000 2. Bankdan qarzi 1 000 000
Jami 4 200 000 Jami 4200000


Ana shunday holatda biz Siz bilan Qodirov firmasining dastlabki balansini tuzdik.
Qodirov o‘z tadbirkorlik faoliyatini yuritar ekan, firmada bo‘lib o‘tayotgan barcha voqea – hodisalar va ularning natijalarini kuzatib boradi. Masalan, tovarlarning qanchasi sotildi, pul mablag‘larining qanchasi, nima maqsadlarda va qachon ishlatildi, kimlardan qarzi boru, kimlarda haqi bor, o‘z faoliyati natijasida foyda oldimi yoki zararmi kabi jihatlarga e’tibor berishi tabiiy.
Xulosa shuki, biznes hisob yuritishni talab etar ekan. Lekin har qanday hisobni ham buxgalteriya hisobi deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar (XYuS) faoliyati turli jihatdan hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobining subyekti va obyektlari
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning (2016 yil 13 apreldagi O’RQ - 404) oltinchi moddasiga binoan, buxgalteriya hisobining subyektlari bo’lib, Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi xududida xamda undan tashqarida joylashgan sho’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari hisoblanadi.
Korxona buxgalteriya balansi


Buxgalteriya balansi - bu korxona xo'jalik mablag'lari bir tomonda va ulaming tashkil topish manbalari ikkinchi tomonda umumlashtirilib, odatda, kunning oxiriga (banklarda) yoki hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga pul o'lchov birligida akslantirilgan jadvaldir. Korxona xo'jalik mablag'larining turlari va joylanishi hamda bu mablag'larning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil qiladi.




Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə