1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə14/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

Sana

yozuv mazmuni

summa

sana

yozuv mazmuni

summa




Qoldiq(saldo) 01.01.2015y.

100










05.01

Ish haqi to’lash uchun hisob kitob hisob-varaqidan pul olindi

40 000

08.01



ish haqi berildi



40100

12.01

Mahsulot sotishdan pul tushumi olindi

57 000

13.01

Mahsulot sotishdan tushgan pul bankka topshirildi

57 000

29.01

Xizmat safari uchun bo’nak hisobiga hisob kitob schetidan pul olindi

8 000

30.01.

Xizmat safari uchun bo’nak berildi

7 500




Debet bo’yicha aylanmalar

105000




Kredit bo’yicha aylanmalar

104600




Qoldiq(saldo) 01.02.2015y

500










OSdt = BSdt + Odt - Okt
500 = 100 + 105000 - 104600
6810 “Qisqa muddatli bank krediti” passiv scheti chizmasi
Debet 6810 “Qisqa muddatli bank krediti” Kredit

Sana

yozuv mazmuni

summa

Sana

yozuv mazmuni

summa










Qoldiq (saldo) 01.01.2017 y.




120 000

05.01

Bankka qisqa mud-datli kredit qayta-rildi

90 000

15.01.



Bankdan qisqa mud-datga kredit olindi



100000

20.01



Bankka qisqa mud-datli kredit qaytarildi

110 000

27.01.

Bankdan qisqa mud-datga kredit olindi

150000





Debet bo’yicha oborot

200 000




Kredit bo’yicha oborot

250 000








Qoldiq(saldo) 01.02.2017y




170 000



OSkt = BSkt + Okt – Odt
170000 = 120000 + 250000 - 200000
3.3. Schetlarda ikki yoqlama yozuv va uning asoslanganligi.
Har bir xo’jalik operatsiyasi mablag’ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda xam mablag’da xam manbada bir xil summaga o’zgarishga olib keladi. Bunday o’zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usuli qo’llaniladi.
Har bir xo’jalik operatsiyasining ikki marta bir schetning debetiga va boshqa bir schetning kreditiga bir xil summada qayd qilinishiga ikki yoqlama yozuv deb aytiladi. Bu xo’jalik operatsiyalari natijasida hisobning ikkita obyektiga, ya’ni ikkita schetga ta’sir ko’rsatiladi.
1-misol. Bankdagi hisob-kitob schetidan kassaga 500 000 so’m naqd pul olib kelindi. Ushbu xo’jalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schetida pul mablag’i kamayib, kassada esa pul mablag’i ko’payadi. Bu schetlarning ikkalasi xam aktiv schetlardir.


Debet 5010(A) Kredit Debet 5110(A) Kredit

(+)




(-) 500 000 so’mga

500 000 so’mga




hisob-kitob

kassada pul




schetidagi pul

mablag’ining




mablag’ining

ko’payishi




kamayishi

2-misol. Kassadan xodimlarga 500 000 so’m ish haqi berildi. Ushbu xo’jalik operatsiyasi
natijasida kassadagi pul mablag’i kamaydi, xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlar xam kamaydi


Debet 5010(A) Kredit Debet 6710 (P) Kredit






-500000 so’mga pul mablag’lari kamaydi




-500000 so’mga xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlar kamaydi




Agar bir schet debetlanib boshqa bir necha schetlar kreditlansa yoki bir necha schetlar debetlanib boshqa bir schet kreditlansa bunday buxgalteriya provodkasi murakkab buxgalteriya provodkasi deb ataladi.
3-misol. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga 20 000 so’mlik va yordamchi ishlab chiqarishga 15 000 so’mlik materiallar berildi. Ushbu xo’jalik operatsiyasi natijasida ombordagi materiallar kamaydi, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishdalarda materiallar ko’paydi.
Dt 2010 kt Dt 2310 Kt Dt 1010 Kt

+20000so’mga Materiallar ko’
paydi






+15000 so’mga materiallar
Ko’paydi







-35000 so’mga materiallar kamaydi



Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schetlarda xo’jalik operatsiyalari to’g’ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi.
Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar turlarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

Buxgalteriya balansini xo`jalik muomalalari ta’siri ostida o`zgarishini yakqolroq tasavvur qilish uchun korxonada sodir bo`lgan bir necha xo`jalik muomalalarini misol tariqasida keltiramiz. Masalan, korxonada qo`yidagi xo`jalik muomalalari sodir bo`ldi:
Birinchi muomala. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to`lash uchun korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1.200.000 so`m naqd pul olindi.
Ikkinchi muomala. Asosiy ishlab chiqarishga korxona ta’minot bo`limining omboridan 120.500 so`mlik hom-ashyo xarajat qilindi.
Uchinchi muomala. Korxona omboridan xaridorlarga 1586.000 so`mlik tayyor mahsulot jo`natildi.
To`rtinchi muomala. Xodimlarga hisoblangan mehnat haqidan 116.000 so`m daromad solig`i ushlandi.
Beshinchi muomala. O`z vaqtida talab qilib olinmagan kreditorlarning 151.200 so`mlik ish haqi davlat budjetiga hisoblab qo`yildi.
Oltinchi muomala. Ta’tilga chiqqan ishlab chiqarish xodimiga 120.000 so`m ta’til haqi kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar zahiralari hisobidan hisoblanadi.
Ettinchi muomala. Korxona ta’minot bo`limining omboriga mol yetkazib beruvchilardan 1.138.600 so`mlik asosiy materiallar qabul qilindi. Bu materiallar uchun hali pul o`tkazib berilgani yo`q.
Sakkizinchi muomala. Korxonadagi asosiy vositalardan foydalanish davomida eskirish summasi aniqlanib, amortizatsiya ajratmasi sifatida xarajatga 836.000 so`m qo`shildi. Bu summaga balansning aktiv qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasida xarajatlar ko`paydi va passiv qismidagi «Asosiy vositalarning eskirishi» moddasida manba summasi ham ko`paydi.
To`qqizinchi muomala. Bankdan 2.850.000 so`m qisqa muddatli ssuda olindi va korxonaning hisob-kitob schyotiga o`tkazildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`ida ko`payish va passiv qismidagi «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» moddasidagi korxonaning bankdan qarzida ham ko`payish sodir bo`ldi.
Sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansining ham aktiv qismidagi va ham passiv qismidagi mos moddalarda ko`payishga olib keldi.
Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktiv, ham passiv tomonida ko`payish sodir bo`ldi, shuningdek, balansning umumiy summasi ham ko`paydi. Ammo aktiv va passiv tomonlar yig`indisining tengligi hamma vaqt buzilmaydi.
O`ninchi muomala. Korxona xodimlariga 1.074.000 so`mlik ish haqi kassadan to`landi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Kassa» moddasidagi mablag`lar qoldig`i hamda passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mehnatga haq to`lashga doir» kichik moddasidagi korxonaning ishchilardan qarzi kamayadi.
O`n birinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan 351.100 so`mlik budjetga bo`lgan qarzi o`tkazib berildi. Bu xo`jalik muomalasi natijasida balansning aktiv tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`i va balansning passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Budjet bilan» kichik moddasidagi budjetga bo`lgan qarz summasi kamayadi.
O`n ikkinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilar uchun 315.500 so`m pul berildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasida pul mablag`i va balansning passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning kreditor qarzi summasi kamaydi.
Uchinchi va turtinchi xil o`zgarishlarda esa o`zgarish balansning aktiv qismidagi tegishli moddalarni ham, uning passiv qismidagi tegishli moddalarini ham bir vaqtda ko`paytiradi yoki kamaytiradi, shu bilan birga balansning umumiy summasiga ham ta’sir qiladi, ya’ni yoki ko`paytiradi yoki kamaytiradi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə