1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


Mahsulot tayyorlash uchun mexanika sexiga komplektlash buyumlari berildi



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə11/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

4.

Mahsulot tayyorlash uchun mexanika sexiga komplektlash buyumlari berildi










5.

Ish haqini to'lash va xizmat safari xarajatlari uchun hisob-kitob schyotidan kassaga pul olindi










6.

Korxona xodimlariga ish haqi berildi










7.

Kassadan o'z vaqtida olinmagan ish haqi topshirildi










8.

Kassadan ishchi-xodimga xizmat safari uchun hisobdorlik summasi berildi










9.

Stankoimportdan bepul metall kesuvchi stanoklar olindi










10.

Texnologik maqsadlar uchun sarflangan energiya uchun Uzenergoning scheti akseptlandi (to'lovga qabul qilindi)










11.

Mexanika va yig'uv sexlari ishchilariga ish haqi hisoblandi










12.

Mol yetkazib beruvchilardan yumaloq po'lat kelib tushdi










13.

Hisob-kitob schetiga qisqa muddatli bank ssudasi o'tkazildi










14.

Hisob-kitob schetiga xaridorlarning avansi o'tkazildi










15.

Ishlab chiqarishdan omborga foydalanilmaydigan komplektlash buyumlari qaytarildi










16.

Korxona ixtiyorida qoladigan hisobot yili foydasi hisobidan rezerv fondiga ajratildi










17.

Ish haqidan sug'urta to'lovlari ushlab qolindi










18.

Yanvardagi ish haqidan daromad solig'i ushlab qolindi










19.

I shlab chiqarishdan tayyor mahsulot chiqarildi










20.

Mol yetkazib beruvchilarga to'langan avans hisobidan ulardan materiallar va komplektlash buyumlari olindi










21.

Yig'uv sexiga korxananing o'zida tayyorlangan yarim tayyor mahsulot berildi










22.

Mol yetkazib beruvchilardan komplektlash buyumlari va yarim tayyor mahsulot kelib tushdi










23.

Mol yetkazib beruvchilardan har xil materiallar kelib tushdi










24.

Materiallar, komplektlash buyumlari va har xil materiallar uchun mol yetkazib beruvchilarga qarz o'tkazildi










25.

Budjetga bo'lgan qarzni uzish uchun o'tkazildi










26.

Hisob-kitob schetidan pensiya fondi va boshqa sug'urta organlariga bo'lgan qarzni uzish uchun o'tkazildi










27.

Pensiya fondiga ajratmalar qilindi










28.

Energiyaga bo'lgan qarzni uzish uchun o'tkazildi










29.

Hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga pul kelib tushdi










30.

Debitorlarning qarzlari hisob-kitob schyotiga kelib tushdi










31.

Kassadan korxona xodimlariga ish haqi berildi










32.

Kassadan bankdagi hisob-kitob schyotiga naqd pul qaytdi










33.

Hisob-kitob schyotidan bankka ssuda bo'yicha qarz uzildi












3-mavzu. Buxgalteriya hisobining schetlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv.



  1. Buxgalteriya hisobining schetlar va ularning moxiyati.

  2. Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi

  3. Schetlarlarda ikki yoqlama yozuv va uning asoslanganligi.

  4. “Balansdan balansgacha” hisob sikli

Buxgalteriya hisobining schetlari va ularning mohiyati.
Buxgalteriya hisobining schetlari deganda, iqtisodiy jihatdan bir xil bo’lgan xo’jalik mablag’lari, ularning manbalari va xo’jalik jarayonlarini guruhlashtirish va joriy qayd qilish usuli tushuniladi. Har bir schet aniq bir xo’jalik mablag’ining turini yoki manbaini yoxud xo’jalik jarayonini qayd qilish va guruhlashtirish uchun tayinlangan.
Korxonalarda qo’llanilishi kerak bo’lgan schetlarning ro’yxati qonunchilik tomonidan Buxgalteriya hisobi schetlar rejasida tartibga solinadi. Masalan, asosiy vositalarning harakati bilan bogliq bo’lgan barcha operatsiyalar 0110-0199- ”Asosiy vositalar” schetlarida, materiallar kirim-chiqimi 1010-1090- ”Materiallar” schetlarida, kassada naqd pullar harakati 5010-5020- ”Kassa” schetlarida yuritiladi va hok.
Xo’jalik mablag’lari va ularning manbalarini ko’payishi va kamayishini qayd qilish uchun schetlar ikki qismdan iborat bo’ladi. Uning chap qismi debet (lat. debet - qarzdor), o’ng qismi kredit (lat. credit - u ishonadi) deb nomlanadi. «Debet» va «Kredit» iboralarini «D-t» va «K-t» belgilari bilan ifodalasa xam bo’ladi.
Hisobot davri ichida schetning debet qismida yozilgan summani debetli oborot deb, kredit qismiga yozilgan summalarini kreditli oborot deb aytiladi.
Schetlarda boshlang’ich saldo (it. saldo - qoldiq) hamda oxirgi qoldiq bo’ladi.
Buxgalteriya hisobining schetlari - xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy resurslarining holati va harakati to’g’risidagi buxgalteriya axborotlarini qayd qilish va saqlash usuli va unga qo’yilgan talablardir. Buxgalteriya hisobi schetlari o’zining moxiyati bo’yicha quyidagilarga bo’linadi.
Hisob elementlari turkumlanishiga muvofiq buxgalteriya hisobi schetlari doimiy(buxgalteriya balansi schetlari) va vaqtinchalik(moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot schetlari) schetlariga ajratiladi. Vaqtinchalik schetlar shuningdek tranzit schetlar deb ataladi.
Doimiy schetlar- hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo’lgan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schetlaridir. Doimiy schetlar aktiv, passiv, kontraktiv va kontrpassivlarga bo’linadi.
Aktiv schetlar (A) - xo’jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy resurslarning hisobot davri boshidagi qoldig’ini va hisobot davridagi ko’payishini debet tomonida va shu davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schetlardir.
Passiv schetlar (P) - xo’jalikning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi majburiyatlar va kapitalning o’sishini kredit tomonida va shu davrdagi majburiyatlar va kapitalining kamayishini debet tomonida aks ettiradigan schetlardir.
Kontr-aktiv schet (KA) - bu shunday schetki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq bo’lgan aktiv schetining qoldig’idan chegirib tashlanadi.
Kontr-passiv schet (KP) - bu shunday schetki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq bo’lgan passiv schetining qoldig’idan chegirib tashlanadi.


DOIMIY SCHETLAR

AKTIVLAR = MAJBURIYATLAR + KAPITAL





aktivlar

majburiyatlar

kapital

debet

kredit

debet

kredit

debet

kredit

hisobot davri boshiga aktivlar qoldig'i (saldo)



Hisobot davri
boshiga
majburiyatlar
qoldigi(saldo)


Hisobot davri
boshiga
kapital qoldigi (saldo)

aktivlar ko'payishi

aktivlar kamayishi

majburiyatlar kamayishi

majburiyatlar ko'payishi

kapital kamayishi

kapital ko'payishi

hisobot yili oxiriga aktivlar qoldig'i (saldo)







hisobot yili oxiriga majburiyatlar qoldig'i (saldo)


hisobot yili oxiriga kapital qoldig'i (saldo)



VAQTINCHALIK ( TRANZIT) SCHETLAR


Tranzit schetlar (T)- hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxirida qoldig’i bo’lmaydigan daromad va harajatlarning vaqtinchalik schetlaridir, bu schetlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Balansdan tashqari schetlar (BT) - korxonaga tegishli bo’lmagan, biroq vaqtinchalik foydalanishda bo’lgan aktivlar, shartli huquq va majburiyatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan schetlardir. Balansdan tashqari schetlar biror bir schet bilan korrespondensiyalanmaydi.
Tranzit xarajatlar schetlarning ko’payishi schetning debet qismida, kamayishi esa kredit qismida sodir bo’ladi.
Tranzit daromadlar schetlarning ko’payishi schetning kredit qismida kamayishi esa debet qismida sodir bo’ladi.
Saldo hisobga olinmagan holda ko’payish va kamayishlarning umumiy summasi aylanmalar deb ataladi.


3.2. Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi.


O’zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar 2004 yil 1 yanvaridan boshlab buxgalteriya hisobini yangi schetlar rejasiga binoan olib borishlari kerak. Buxgalteriya hisobning yangi schetlar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (9.09.2002 yil №103) va Adliya Vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181 raqam bilan ro’yxatga olingan.
Balans schetlari to’rt razryadli sonlar bilan raqamlashtirilgan (0110- 9910). Balansdan tashqari schetlar uch razryadli sonlar bilan raqamlashtirilgan (001 - 014).
Schetlar rejasi oltita qism va to’qqizta bo’limdan iborat. Birinchi bo’limdan sakkizinchi bo’limgacha bo’lgan schetlar buxgalteriya balansiga tegishli schetlardir va ularni doimiy schetlar deb aytiladi. To’qqizinchi bo’limdagi schetlar moliyaviy natijalarga tegishli bo’lib, ularda hisobot davri oxirida saldo bo’lmaydi va ularni vaqtinchalik schetlar yoki tranzit schetlar xam deb aytish mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə