1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Schotlar, ikki yoqlama yozuv va balansning o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 295,67 Kb.
səhifə44/54
tarix30.12.2023
ölçüsü295,67 Kb.
#164964
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi-fayllar.org

3.6. Schotlar, ikki yoqlama yozuv va balansning o‘zaro bog‘liqligi
Ushbu o‘zaro bog‘liqlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
  1. joriy hisobda schotlar boshlang‘ich balans ma’lumotlariga asosan ochiladi;


  2. boshlang‘ich qoldiqlar aktiv schotlarning chap tomoniga, passiv schotlarning esa o‘ng tomoniga yoziladi, ya'ni ular balansda ham tegishli moddalar bo‘yicha shunday joylashgan;


  3. schotlarning boshlang‘ich qoldiqlarini va hisobot davridagi xo‘jalik muomalalarini hisobga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqlari keyingi hisobot sanasi uchun balans tuzishda birlamchi ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi;


  4. balans ko‘rsatkichlarining mazmunini ochib berish tegishli schotlarda aks ettirilgan oborotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘llash bilan namoyon bo‘ladi.


Masalan, balansning «Tovarlar» (180-satr) moddasi bo‘yicha ikkala firmaning qoldig‘i 10 mln. so‘mni tashkil etgan, ammo ushbu tovarlarning yillik oboroti birinchi firmada 120 mln. so‘m, yoki yillik zaxiraning 1/12 qismi, ya'ni bir oylik zaxira; ikkinchi firmada ushbu ko‘rsatkich 20 mln. so‘m, ya'ni u yarim yillik zaxiraga ega.


Schotlar va balans o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning mazmunini quyidagi misollarda ochib beramiz:
Faraz qilaylik, «Sharq» fermer xo‘jaligining 2011 yil 1 dekabrga balansi quyidagicha:

Aktiv

Satr kodi

Hisobot davri


boshiga
(ming so‘m)

Passiv

Satr kodi

Hisobot davri boshiga (ming so‘m)


1

2

3

4

5

6

Asosiy vositalar


012

310

Ustav kapitali


410

460

Tovar-moddiy zaxiralari


140

190

Kreditor qarzdorlik


601

221

Shu jumladan:






Shu jumladan:






Ishlab chiqarish zaxiralari (Materiallar)


150

90

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzdorlik


610

75

Tayyor mahsulot*


170

100

Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik


680

12

Kassadagi pul mablag‘lari


330

6

Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik


700

40

Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari


340

175

Mehnat haqi bo‘yicha qarzdorlik


720

94

Balans

400

681

Balans

780

681

Rahbar________________ Bosh buxgaltyer __________

«Sharq» fermer xo‘jaligida dekabr oyida quyidagi xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan:

1. 10 dekabrdagi 6-sonli schot bo‘yicha shartnoma bahosi 80 000 so‘mlik Material «Zenit» zavodidan olingan.


2. Xodimlarga ish haqi hisoblangan – 47 000 so‘m
3. Hisoblangan ish haqidan yagona ijtimoiy to‘lov uchun ajratma hisoblandi – 15510 so‘m.
4. Xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-kitob schotidan pul olindi va kassaga kirim qilindi – 5 000 so‘m.
5. «Zenit» zavodiga olingan Materiallar uchun qarz hisob-kitob schotidan o‘tkazildi (1 muomalaga qarang) – 80 000 so‘m.
Ushbu muomalalarni aks ettirish tartibi quyidagicha:
  1. Balans aktivi va passivi moddalari ma’lumotlariga asosan aktiv va passiv schotlarni ochib, ularga qoldiqlarni o‘tkazamiz:


0100-“Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar” (mashina va uskunalar);


1000-“Xom-ashyo va Materiallar ”;
2000-“Asosiy ishlab chiqarish ”;
2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar ”;
5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari ”;
5110-“Hisob-kitob schoti ”.
8300-“Ustav kapitali”;
6010-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar”;
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar ”
6520-“Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar”;
6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik ”.
2) Dekabr oyida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyatini ko‘rsatamiz:
  1. Ombordagi ishlab chiqarish zaxiralari ko‘payadi va bir vaqtning o‘zida majburiyatlar (kreditor qarz) ko‘payadi.


  1. Korxonaning joriy xarajatlari va ish haqi bo‘yicha majburiyatlari ko‘paygan.


  2. Davlatning maqsadli fondlari oldidagi majburiyatlar ko‘paygan.


  3. Hisob-kitob schotida pul mablag‘lari kamaygan va kassada ko‘paygan.


  4. Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari kamaygan va mol yetkazib beruvchilarga qarzlar kamaygan.


Yuqorida keltirilgan xo‘jalik muomalalarini ularning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda schotlarda aks ettiramiz. Har bir schot bo‘yicha oborotlarni jamlab, oy oxiriga qoldiq chiqaramiz.







Yüklə 295,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə