1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Reja


«Din, insonning muqaddas deb bilgan narsalariga nisbatan munosabatidir»



Yüklə 77,02 Kb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü77,02 Kb.
#162128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu

«Din, insonning muqaddas deb bilgan narsalariga nisbatan munosabatidir».
Rudolf Otto
«Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir».
Edvard Teylor
«Din, insonning abadiyatni anglashini ta'minlovchi, aql va mantiqqa tobe' bo‘lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir»
Maks Myuller
«Din, malakalarimizni erkin holda qo‘llashni to‘suvchi ta'qiqlar majmuasidir»
Salmon Reynax
«Din, e'tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan shartlariga ko‘ra tashkil etilgan muassasalar tizimidir»
Vitold Taylok
«Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir»
Edvard S. Amis
«Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta'minlovchi marosim va e'tiqodlar majmuidir».
Emil Dyurkgeym

Umuman olganda, olimlar muayyan e'tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta'kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob'ekti - Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi.


Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga - transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hyech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma'noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin.
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin.
Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish ob'ekti - Xudo bo‘lishi lozim. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz mo‘minning me'roji» (ya'ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e'tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi esa e'tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm-rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta'lim oladigan muassasalaridir. Bu, islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - cherkov, seminariya, yahudiylikda - sinagoga va hokazo.
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta'sirlashuvini o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi.
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish ob'ektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e'tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.

Yüklə 77,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə