1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Reja


Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti



Yüklə 77,02 Kb.
səhifə7/10
tarix27.12.2023
ölçüsü77,02 Kb.
#162128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu

3. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e'tiqodi, qaysi dinga mansubligagi qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma'lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma'lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O‘rta asr yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e'tiborini jalb qilmaslik va ularni o‘sha dinlarga kirib ketmasliklari ta'minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma'qul deb topganlar.
Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o‘z ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e'tiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan.
«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 910) «al-Aro' vad-diyonot» (E'tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas'udiy (957) o‘zining «ad-Diyonot» (Dinlar), Masbihiy (1029) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va e'tiqodlar vasfida maqsad me'yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (973-1048) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma'qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
«Al-Firaq» (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al-Bag‘dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
«Al-Milal» yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniyning (vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin.
«Ar-Radd» (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go‘zal raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida qayd etish lozim.
Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o‘lkalarida bu sohada ko‘plab asarlar yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al-Milal van-nihal» («Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ahvo van-nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari ko‘plab yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini o‘rganuvchi G‘arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. Dinlar, oqim va mazhablar haqidagi fan sohasining yuzaga kelishida ularga ko‘p marotaba murojaat qilingan.
Taniqli tarixchi, dinshunos Shahristoniy quyidagicha yozadi: «Bilginki, johiliyat davrida arablarda uch turdagi ilm sohasi mavjud edi:
1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi;
2. Tush ta'birlari ilmi;
3. O‘lkashunoslik ilmi».
Shuningdek, «Ixvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Inson a'zolari haqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi.
Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani h. IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan shu davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.
G‘arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko‘pincha nemis tilidagi «RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari, Beruniy va Shahristoniy asarlarida qo‘llanilgan «علم الاديان» (Dinlar ilmi) yoki «تاريخ الاديان» (Dinlar tarixi) atamalarining harfiy tarjimasidir.
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G‘arbda, zamonaviy ma'nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e'tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma'ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan.
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta'lim dasturlaridan joy olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixael Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin.

Yüklə 77,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə