1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə8/13
tarix30.04.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#107783
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Falsafa fanining predmeti. Qadimgi dunyo falsafasi.

Falsafaning predmeti. Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzluksiz o‘zgarib turgan, asosiy masala esa o‘zgarishsiz qolgan, degan fikr real asoslardan xoli emas. Falsafa muammolari uning predmeti bilan belgilanadi. Ma’lumki, falsafa predmeti tarixiy rivojlanish jarayoni mobaynida sezilarli darajada o‘zgargan. Falsafiy fanlarning har biri: ontologiya, gnose­ologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik, falsafa tarixi ham o‘z alohida predmetiga ega. SHu tufayli ham falsafa predmetini faqat o‘ta abstrakt tushunchalar yordamida belgilash mumkin. SHu ma’noda «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik falsafaning predmeti hisoblanadi, degan fikr mazkur talablarga javob beradi. Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. SHu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi:

  • ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;

  • gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;

  • ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot;

  • etika – axloq haqidagi ta’limot;

  • aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta’limot;

  • falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar.

Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash (masalan, dunyoga uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan yondashish) u yoki bu falsafiy fanni (ayni holda estetikani) belgilaydi. Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtai nazaridan yondashish bilish nazariyasi – gnoseologiyani vujudga keltiradi. «Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari nuqtai nazaridan yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o‘zagini axloqiy me’yorlar tashkil qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo‘yadi.
Falsafa va fan. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, sohalari: iqtisod, siyosat, ijtimoiyot, huquq, kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biroq, biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.

Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə