1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə5/13
tarix30.04.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#107783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Falsafa fanining predmeti. Qadimgi dunyo falsafasi.

Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din so‘zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning mavxum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan. Diniy dunyoqarash mifologik manzaradan asosan dunyoni oliy mavjudot, hech kim buzishga qodir bo‘lmagan mutlaq hokimiyatga ega, bosh harf bilan yoziladigan Xudo boshqaradi degan tasavvur bilan farq qiladi. Xudo boqiy va shak-shubhasizdir, u hamma narsani – makon va vaqt, materiya, barcha tirik jonzotlarni yaratgan. Xudo barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan va hamma narsaga qodir, U dunyoni yaxshi ishlar uchun yaratgan, biroq U dunyoga erkinlik ham bergan, yaxshilikka har kim zo‘rlik ostida emas, balki o‘z ixtiyoriga ko‘ra kelishiga imkoniyat yaratgan. Ammo erkinlik xatolarga, yomonlikka olib kelishi ham mumkin. Bunda yomonlikning yuz berish ehtimoli erkinlik uchun to‘lanadigan haq sifatida qaraladi. SHu sababli Xudo erkinlikka erishish yo‘lida yomonlikka ham izn beradi.
Xudo materiyani, son-sanoqsiz jonsiz moddalar va tirik mavjudotlarni yaratadi. Inson dunyoning markazida turadi – insondan tubanroq mavjudotlar -hayvonlar, o‘simliklar bor, ayni vaqtda insondan yuksakroq mavjudotlar farishtalar ham bor. Biroq barcha mavjudotlar orasida Xudoning tabiatini eng to‘liq aks ettiradigan jonzot insondir. Vaqti kelib odamzot dunyoda yaratilgan barcha mavjudotlardan yuksakroqqa ko‘tarilishi mumkin. Dunyoda mavjud barcha qonunlar pirovard natijada Xudo xohish-irodasining ifodasidir. YOmonlik – bu mazkur xohish-irodani buzish va ayni vaqtda uni bajarishdir, chunki hech kim va hech narsa Xudonning xohish-irodasiga qarshi borishi mumkin emas. Dunyoda oliy qonun – muhabbat qonuni mavjud. Dunyoda hamma narsani muhabbat harakatga keltiradi, hatto nafrat zamirida ham muhabbatga tashnalik yotadi. Diniy dunyoqarashda dunyoning maqsad va mazmuni – hammaning hammaga nisbatan umumiy muhabbatiga erishish, biroq bunga yo‘l erkinlik hamda yomonlik imkoniyati orqali o‘tadi. Xudo muhabbat va yaxshilikka majburlov yo‘li bilan erishishni xohlamaydi, U Ilohiy muhabbatni hayotning birdan-bir to‘g‘ri qonuni sifatida o‘zi anglab etishi uchun dunyoga erkinlik bergan. Dunyo buni anglab etgunga qadar maqsaddan ko‘p sonli chetga chiqishlar yuz berishi mumkin. Inson hayotining mazmuni – Xudoning xohish-irodasini erkin qabul qilish, o‘zidagi muhabbat bilan mushtarak bo‘lmagan ko‘r-ko‘rona erkinlikni engish, erkinlik bilan Xudoning muhabbatini o‘zida birlashtirishdan iborat.
Umumiy holda diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‘ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat qiluvchining, ya’ni oqsoqolning obro‘siga e’tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayritabiiy narsalarga e’tiqod birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.

Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə