1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Davlat funksiyalari va iqtisodiyotga globallashuvning ta’siri



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə14/73
tarix29.11.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#140413
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

Davlat funksiyalari va iqtisodiyotga globallashuvning ta’siri

Milliy nazorat


Globallashuvning ta’siri


Aholining kambag‘al qatlamlarining migratsiyasi


Maorif

Siyosat
Davlat xarajatlari / soliqqa tortish


Pul-kredit siyosati (Valyuta Ittifoqi chegarasidan tashqari)
Infrastruktura rivojlanishi


Aholining boy qatlamlari va yuqori malakali kadrlarning migratsiyasi


Axborotlar va dam olish dasturlarining tarqalishi
Siyosiy g‘oyalar
Maksimal soliq stavkalarining о‘rnatilishi, jahon obligatsiyalar bozoriga kirish huquqi
Savdo siyosatini tartibga solish

Bir qarashda, globallashuv ba’zi bir milliy monopoliyalarni buzadi aloqa, TV, radioni. Xalqaro telefon xizmati va fakslar jо‘natilishi, odatda, boshqa tovarlar va xizmatlarga qaraganda oddiy aholi uchun ancha arzon. Bugungi kunda internet haqiqatdan ham global tarmoq bо‘lib, kommunikatsiyalar va axborot almashuvida katta imkoniyatlar yaratadi.


Shuningdek, globallashuv natijasida davlat tomonidan iqtisodiyotning rivojlanishini tartibga solinishiga salbiy ta’sirdagi bir nechta muammo kо‘rsatish muhim.
Birinchidan, global bozorlarning, ayniqsa bir kunlik aylanishi 1 trillion dollardan ortib ketgan tashkil etuvchi valyuta bozorining faoliyati. Bu faoliyat masalan, ishsizlik, inflyatsiya darajasini tartibga solish bо‘yicha davlat tomonidan о‘tkazilayotgan mustaqil milliy siyosatni о‘rnatishga putur yetkazadi.
Ikkinchidan, qisqa muddatli va uzoq muddatli kapital, yuqori malakaga ega mehnat resurslari kabi ishlab chiqarishning yuqori safarbarligini kо‘rsatuvchi omillar davlat tomonidan ishlab chiqarishni joylashtirish, daromadning taqsimlanishi, soliq stavkalarini о‘rnatishi va atrof muhitni muhofaza qilish va band qilish sohalari ustidan bо‘lgan nazoratni ancha kamaytiradi.
Uchinchidan, davlatning jahon iztiroblari (inqiroz, shok) oldidagi zaifligi. Globallashuv tо‘g‘risida sо‘z yuritilganda kо‘pincha uni ahamiyatini orttirib yuborilishi moyilligi kо‘zga tashlanadi. Siyosatda о‘tkazilayotgan cheklanishlar davlatlar tomonidan о‘z hohishiga qarab о‘rnatiladi. Valyuta kursini fiksatsiya qilish rejimini (EVS) tanlagan davlatlar valyuta siyosatining ayrim qurollarini qо‘llashdan voz kechadi. Valyuta mustaqilligini tanlagan davlatlarning harakatlari ilgariga nisbatan ham о‘zgarmagan. Lekin bu mustaqillik faqat inflyatsiyani yuqori darajasini о‘rnatishni о‘z ichiga oladi.
Globallashuv davlatlarning iqtisodiy siyosat sohasidagi ustamonlik bilan harakat qilishlarini cheklaydi, lekin hech ham uni bekor qilmaydi. Hukumatlar davlatdagi investitsiya iqlimini investorlar uchun qiziqish uyg‘otishini quyidagi tadbirlar orqali farqini belgilaydilar:
-infrastrukturani rivojlantirish;
-maorifni, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qо‘llab-quvvatlash;
-ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bilan birga xizmat kо‘rsatish sohasidagi narxlarni pasaytirish;
-erkin raqobat uchun sharoit yaratish yoki normalarni tartibga solishni о‘zgartirish.
-mehnat bozorini ishini takomillashtirish.
Har qanday chegaradan yuqori turgan global jihatdan qanchalik uzoqdaligimizni anglasak ham, bir necha yо‘nalishlar bо‘yicha davlatlarning roli о‘zgargan. Bular:
Birinchidan, davlatlar kapitalni jalb qilish va ushlab qolish va mustaqil iqtisodiy siyosatini о‘tkazish imkoniyatiga ega bо‘lsa ham, ularning roli nazoratda emas, balki iqtisodiyotni tartibga solishdan iborat. Boshqa sо‘z bilan aytganda, davlatni tartibga solish tizimi boshqa davlatlar bilan raqobat sharoitida faoliyat kо‘rsatmoqda. Maorif, ijtimoiy, xavfsizlik, mehnat munosabatlari, korporativ soliqqa tortish ilgari ichki siyosatning alohida huquqi bо‘lsa, hozirgi paytda davlatning raqobatdoshligining asosiy kо‘rsatkichlariga aylandi.
Ikkinchisi, globallashuvning ta’siri natijasida davlat о‘zining an’anaviy funksiyalarini bajarishda qiynalmoqda. Daromadlarni taqsimlashda u potensial ravishda assimetriya ta’siriga duch keladi. U quyidagi hollarda vujudga keladi: mehnat va kapitalning, malakali va malakasiz ish kuchi harakatlanishlarida; soliq stavkalarini о‘rnatishdagi chegaralashlarda, ijtimoiy farovonlik va mehnat bozorida.
Hech narsaga qaramay iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashishi, ayniqsa, mehnatning va kapitalning real sarflanishini aniqlash qiyin bо‘lganda, daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. О‘z xavfsizligi borasida bezovtalanayotgan aholining ishonchini oqlash uchun hukumatlar ishlab chiqarish omillarini erkin harakat qilishiga tо‘sqinlik qilishiga majbur bо‘lmaydilar. Bezovtaliklar integratsiya jarayonlari natijasidagi raqobatning kuchayishi, yangi texnologiyalarning qо‘llanishi oqibatida yuzaga kelgan.
Davlatlar paradoks holatiga tushib qolishgan: samarali tartibga soluvchi va qonun chiqaruvchi faoliyat davlatdagi ijtimoiy barqarorlik va inoqlikni talab qiladi, bu esa о‘z navbatida davlat ichidagi ijtimoiy sharoitga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shuning uchun ham siyosatchilarni kо‘pchiligining millatchilik borasidagi yо‘nalishlar ajablantirib qolmaydi.
О‘zbekiston globallashuv jarayonida ishtirok etishdan eng kо‘p foyda olish va tavakkalchiliklar xavfini kamaytirish maqsadida jahon xо‘jaligiga moslashishi zarur, iqtisodiyotda tarkibiy qayta о‘zgartirishlarni amalga oshirayotganda olinishi mumkin bо‘lgan foyda va tavakkalchiliklarni albatta e’tiborga olish lozim.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə