1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


-modda. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni o’qitish va ularning to’liq ta’minoti



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə56/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

54-modda. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni o’qitish va ularning to’liq ta’minoti

Etim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni o’qitish va ularning to’liq ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.



55-modda. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarni (shaxslarni) o’qitish hamda tarbiyalash

Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.

Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.

Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo’ladi.



56-modda. Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo’lgan bolalarni (shaxslarni) o’qitish va tarbiyalash

Alohida sharoitlarda o’qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.

Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə