1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə88/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

1. Xastalik – inson sog’lig’idagi har qandy yo’qotish, psixik yoki jismoniy funktsiya anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir.

2. CHeklangan imkoniyat – inson uchun me’yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o’z faoliyatining yo’qolishi (nuqsonning ko’pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar.

3. Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog’lig’idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to’siq bo’lgan, yosh ko’rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat.

G’arbiy davlatlarda “Sog’lig’ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. O’zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy va psixik kamchiligi bo’lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog’lig’idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta’lim olishlarida to’siqlik qiladi, shu sababli ta’lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi.

SHuningdek, “nuqsonli” tushunchasi ham kiritilgan bo’lib, ular jismoniy, psixik og’ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan.

Me’yordan psixik og’ishlik eng avval bolaning aqliy rivojlanishi, uning psixik nuqsonlari bilan bog’liq.

Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to’xtalish (ZPR) bo’lgan bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va phren - aql) lar kiradi. Bolalarda turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: yengil – debillik, chuqur – idiotiya. SHuningdek, psixik og’ishga nutqdagi nuqsonlilar, xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. Bu psixik og’ishlikning eng so’nggi shakli bo’lib, autizm (Yunon tilidan, autos- o’zi) – psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo’qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi va o’z-o’zini o’ldirish, suitsitga moyil bo’ladi.

Me’yordan psixik og’ishganlik bolalarning alohida guruhiga iqtidorlilar kiradi. Bu bolaga muvaffaqiyatga erishishini ta’minlovchi, biron-bir faoliyatni bajarishda yutuqlarga erishuvida muhim bo’lgan bolalar iste’dodining o’ziga xos turlaridir. Hozirgi davrda bolalardagi iste’dodni, ulardagi musiqaga, san’atga, tasviriy san’at, sport, aqliy qobiliyatlilarini ertaroq aniqlovchi ajoyib metodikalar ishlab chiqilgan. Bu metodikalar bolalar qobiliyatlarini shakllashtirishga ham xizmat qiladi.

Pedagogik me’yordan og’ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika va ijtimoiy pedagogikada juda kam qo’llaniladi. Pedagogik me’yorda eng avvalo standartlar ko’zda tutiladi. Ular ta’lim darajalarini belgilab beradi. Ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlikda me’yordan og’ish haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yor sifatida, mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlari hisoblanadi. Bu standartlarga muvofiq ma’lum yoshdagi bola, shu davrga muvofiq darajadagi ta’limni o’zlashtirishi, o’rta ma’lumot (9-sinf)ni olishi va o’rta maxsus yoki kasb ta’limini olgan bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun (2020) ga muvofiq umumiy o’rta ta’lim (9-sinf) hamma uchun majburiydir. SHu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo’lgan o’rta maxsus yoki kaab ta’limi o’qish muddati ikki-uch yil davomida amalga oshiriladi.

Biroq o’rta ma’lumotni olmagan bolalar ham bor. o’zi mustaqil kasb ta’limi faoliyati turlarini egallay olmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Bunday bolalarning o’qishga hoxishi yo’qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasb faoliyati bilan shug’ullana olmasligi kabi xususiyatlari birlashtiradi. SHunday holatlarlarda kasb ta’limiga ega bo’lmagan bolalar kelib chiqadi. Bu me’yordan og’ishganlikni bartaraf etishda mutaxassisning ijtimoiy-pedagogik yordami zarur bo’ladi.



Ijtimoiy me’yordan og’ishganlik tushunchasi «ijtimoiy me’yorlar” tushunchasi bilan bog’liq. Ijtimoiy me’yorlar – bu jamiyatning u yoki bu davrida, bosqichida maxsus o’rnatilgan hatti-harakat namunalari yoki yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) qoidalardir.

Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o’z tarixiy rivojlanish yo’liga ega. Ular Qadimgi davrlardan ma’lumdir. Jamiyat doimo o’zini saqlab qolishga harakat qilgan. SHu maqsadda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda turli ijtimoiy cheklashlar: miflar, tabu (mann qilish), an’analar, diniy dogmalar (aqidalar) kiritilgan.

Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt o’tishi bilan yanada mustahkamroq huquqiy, ahloqiy me’yorlar vujudga kelib, insonlar xulq-atvoriga bo’lgan munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul qilingan axloq va hulqli me’yordan og’ish holatlari shakllanishiga qarshi me’yorlash yuzaga keldi.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə