1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo’linadi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə89/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo’linadi:

  1. Universal me’yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli me’yorlar.

  2. Xususiy me’yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do’st va boshqa) ga taalluqli me’yorlar.

Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar bola ijtimoiy me’yorlarni va jamiyat qadriyatlarini o’zlashtirmagan bo’lsa, uni xulqiy og’ishgan bola deb ataydilar.

Xulqiy og’ishgan bolalar muammosi sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan. Xulqiy og’ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik, daydilik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqalar kiradi.

Ilmiy pedagogik adabiyotlarda bu toifadagi bolalarni turlicha atamalar bilan beradilar: «Tarbiyasi og’ir», «Og’ir xulqli», «deviant bola», xulqi og’ishgan, asotsial xulqli bola. Ijtimoiy rivojlanishida xulqiy og’ishgan bolalar orasiga yana shunday toifadagilar: Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar ham kiradi. Bunday bolalar – yetimlar va «ijtimoiy yetimlar» dir. Ular biologik ota-onalari bo’la turib, turli vaziyat sababli birga yashamaydilar. “Ijtimoiy maydondan chetlatilgan” bolalarni jamiyatga qaytarish uchun ularga yordam berish zarur. SHu sababli ijtimoiy pedagogning bunday bolalar bilan olib boradigan ishlari, bir tomondan, xulqiy og’ishlikning oldini olish, profilaktika ishlari, jamiyatda qabul qilingan me’yor va qoidalar holatlarida ogohlantirish, boshqa tomondan, xulqiy og’ishgan bolalarni reabilitatsiya qilish ishlarini bajarish lozim.
Me’yordan og’ishganlik tiplari



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə