1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


O’smirlarda deviant xulq-atvor sabablari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə95/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

O’smirlarda deviant xulq-atvor sabablari

Inson taraqqiyoti ko’pgina omillarning o’zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o’tuvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog’liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin.

1. Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud bo’lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan avlodga o’tuvchi xususiyatlar kiradi. Ularga aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishda nuqsonli bo’lganlar, asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto’g’ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga ruju qo’yishi, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo’ladilar;

- inson organizmiga ta’sir etuvchi psixo-fiziologik og’ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatik7, allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab bo’ladi.

- Fiziologik, o’z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstituttsion-somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o’z tengdoshlari, jamoa o’rtasidagi chekkaga chiqish, turtilishga olib keladi.

2. Psixik omil. Bola psixopatologiyasida yoki aktsentuatsiya8sida (haddan tashqari zo’riqish) xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy og’ishganlik bola asab-ruhiy kasalliklar psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi. Aktsentuatsiyalashgan xarakter xususiyatiga ega bo’lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o’ta sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo’lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarning ko’rilishini talab etadigan bolalardir.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə