1-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaga kirish. Reja: 1


Sotsial psixologiya va sotsiologiya



Yüklə 37,51 Kb.
səhifə3/6
tarix05.09.2023
ölçüsü37,51 Kb.
#121343
1   2   3   4   5   6
1-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaga kirish.

2.Sotsial psixologiya va sotsiologiya
Sotsial psixolog va sotsiologlarnig qiziqishlari guruhdagi insonlarning xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, sotsiologlar o‘sha davrlarda kichik guruhlardan tortib katta guruh (masalan, jamiyat va unga tegishli bo‘lgan maxsus tendensiyalar) a’zolarining soni nechtani tashkil etishini o‘rganganlar. Sotsial psixologlar esa guruhda isonlarning individum sifatida o‘rtacha me’yorini va ularni guruh a’zolarining bir-biriga ta’sirini va ularni o‘zaro munosabatlarini nimani his qilishlarini o‘rganadi.Bunday tadqiqotlarni o‘tkazish asosida guruhning individumga ta’siri,shuningdek individumning guruhga ta’siri o‘rganiladi.
Quyidagi misollarni keltirish mumkin Sotsiolog grajdanlik nikohlarini va ajrim sabablarini o‘rgansa sotsial psixologlar esa insonlarning bir- biriga bo‘lgan munosabatlarini (yoqimlilik) o‘rganadi.
Sotsial psixolog va sotsiologlar ba’zida bir xil tadqiqot metodini qo‘llasalarda psixologlar eksperiment o‘tkazishda olingan faktorlarga asoslanadi.
Sotsial psixologiya va shaxs psixologiyasi
Sotsial psixologiya va shaxs psixologiyada individni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish bir xil bo‘lib bir-biriga mos keladi. Sotsial psixologiyasi sohasida shaxsni o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar masalasi, ayniqsa bu boradagi amaliy vazifalar ijtimoiy psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo‘nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida shaxsni o‘rganishga nisbatan ikki xil ijtimoiy psixologiya - "psixologik ijtimoiy psixologiya" va "sotsiologik ijtimoiy psixologiya" mavjud. Bu yo‘nalishlar bir-biriga o‘xshasada, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni psixologik sotsial psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruhiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko‘pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u beriladi.
Sotsial psixologiyada shaxsning o‘rganishning o‘ziga xosligini tushuntirish va ko‘rsatish maqsadida bu sohada ish olib borayotgan barcha olimlar o‘z qarashlarini o‘ziga xos tarzda ifodalay olgan.
Sotsial psixologiya shaxsga turli xil vaziyatlarning ta’sirini o‘rganib, kishilar bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini va ular biri-birlarini qanday idrok etishlarini o‘rganadigan fan sifatida qiziqarlidir. Shuningdek, uning tadqiqot doirasiga barchani birdek qiziqtiradigan quyidagi savollar ham kiradi:
– Kishilar bir-birlari haqida nimalarni o‘ylaydilar? Bizning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz qanchalik to‘g‘ri? Do‘stlarimiz haqidagisichi? Notanishlar haqidagi fikrlarimizchi? Bizning fikrlarimiz va harakatlarimiz orasidagi aloqa qanchalik ahamiyatga ega?
– Odamlar bir-birlariga qanday va qay darajada ta’sir o‘tkazadilar? Ijtimoimy muhit ta’siriga qanday qarshilik ko‘rsatish mumkin?
– Nima uchun odamlar ba’zida bir-birlarini xafa qiladilar, ba’zi paytlarda yordam beradilar?
Bu savollarning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy psixologiya ana shu savollarga javob topish bilan shug‘ullanadi. Qisqasini aytganda ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligi shundaki, bu fan odamlar bir-birlari haqida nima o‘ylashidan tortib, ular bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishigacha o‘rganadigan fandir.
Shuning uchun ham G.M.Andreeva sotsial psixologiyaning mavzu bahsi xaqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish borligini e’tirof etadi. G.Andreeva fikricha1 ijtimoiy psixologiya mavzu baxsi:

Yüklə 37,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə