1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


MAVZU. ODIY TAHLILNING TURLARI, SHAKLLARY VA ULARNING AXBOROT MANBALARI



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə44/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

MAVZU. ODIY TAHLILNING TURLARI, SHAKLLARY VA ULARNING AXBOROT MANBALARI




    1. Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish
        1. Moliyaviy tahlil



    2. Boshqaruv tahlili
        1. Tezkor tahlil



    3. Joriy tahlil
        1. Istiqbolli tahlil



    4. Kompleks tahlil
        1. Funksional qiymat tahlili



    5. Diagnostik tahlil
        1. Ichki xo‘jalik va korxonalararo tahlil



    6. Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha tahlil
        1. Tahlilning boshqa turlari



    7. Iqtisodiy tahlilda axborot turlari va ularning manbalari Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish

Jahonda 2008-yildan so‘ng ro‘y bergan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozni ilmiy tadqiq qilish asosida uning boshlanishiga sabab bo‘lgan voqeliklar birma-bir topilib, ularning shakli hamda mazmuni aniqlanib, salbiy hodisaga ko‘rsatgan ta’sirlar o‘rganilmoqda.


Agar moliyaviy iqtisodiy inqirozning keltirib chiqargan sabablariga e’tibor qilsak, ularni shartli ikki makroiqtisodiy hamda mikroiqtisodiy darajadagi yirik guruhga bo‘lish mumkin. Bular to‘g‘risida ommaviy, ilmiy matbuotlarda ko‘p yozilmoqda.
Mikroiqtisodiy darajadagi sabablarga ko‘plab xo‘jalik subyektlari tomonidan biznes-rejalarning ilmiy asosda tuzilmaganligi, moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarining iqtisodiy asossiz oshirib ko‘rsatilishi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalarning qiymati uning haqiqatdagi aktivlariga muvofiq kelmasligi, mazkur holatlarga auditorlik firmalari jiddiy munosabatlar bildirmagani, hamkorlar salohiyatini yetarlicha o‘rganmay ular bilan iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Bunday voqeliklarni ommaviy tarzda sodir bo‘la boshlagani iqtisodiy subyektlardagi xo‘jalik mexanizmida, shu bilan birga uning muhim elementi bo‘lgan hisob tizimida ham bir qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, bu kamchiliklar xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ishlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agarda xo‘jalik subyektlari har bir iqtisodiy voqelikni ilmiy asosda chuqur tahlil qilib boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilganlarida edi, jahon miqyosida inqiroz tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, bankrot bo‘lgan korxonalar soni bu darajada ko‘p bo‘lmas edi.
Chunki xo‘jalik subyekti faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uni har tomonlama bilish, resurslarni samarali boshqarish, investitsiyalar jalb qilish, boshqa
korxonalar bilan iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish hamda turli maqsadlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Jahonda ro‘y bergan inqirozga qaramasdan respublikamiz hisob tizimida, xususan xo‘jalik subyektlari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish borasida va uni rivojlantirishda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi hamda bu jarayon hozirda ham davom ettirilmoqda. Mazkur ijobiy ishlar, ko‘plab turdagi shu kabi tadbirlar bilan birgalikda respublikamiz iqtisodiga, jumladan, xo‘jalik subyektlari faoliyatiga global inqirozning salbiy ta’sirlarini yumshatish va uni talofatlarsiz yengib o‘tishga qaratilgan omillar bo‘lib hisoblandi. Hatto, jahonda inqirozning davom etishiga qaramasdan 2008–2011-yillar bo‘yicha respublikamizda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘rtacha 8 foizdan yuqori bo‘lishiga erishildi.
Xalqaro xo‘jalik tizimidagi jiddiy o‘zgarishlar, respublikamizda esa iqtisodiy islohotlar ko‘lamining, ham kengayib, ham chuqurlashib borishi, shuningdek, inqirozning milliy iqtisodiyotlarga ko‘rsatayotgan ta’sirlari xo‘jalik subyektlari faoliyatini yanada obyektiv iqtisodiy tahlil qilish zarurligini talab qilmoqda. Bu esa iqtisodiy tahlil borasidagi ishlarni davr ehtiyojlari asosida takomillashtirish vazifasini yuzaga chiqarmoqda. Aynan shu paytning o‘zida raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirishga erishish mazkur masalaning dolzarbligi va uning ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish innovatsion yangiliklar va uni zudlik bilan amalda qo‘llash asosida bo‘ladi. Natijada mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona hamda samarali foydalanilib, turli xildagi yangi, arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqishga erishiladi. Mahsulotlar divertsifikatsiyasi tufayli bozordagi turli xil ehtiyojlarni qondirishga harakat qilinadi. Shu asosda maqbul foyda hajmiga erishish, moliyaviy holatni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish kabi ijobiy natijalar qo‘lga kiritiladi hamda korxonalarning raqobatdoshligi ta’minlanadi. Qayd etib o‘tilgan maqsadga erishish hamda vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishida xo‘jalik mexanizmining bo‘g‘ini bo‘lgan iqtisodiy tahlil muhim vosita bo‘lib ishtirok etadi.
Iqtisodiy tahlil iqtisodiy axborot hamda ma’lumotlarini o‘rganib, ularni qayta ishlab korxona faoliyatini ilmiy asosda yo‘lga solib turadi. Biroq iqtisodiy munosabatlarda korxona murakkab tuzilish va faoliyatga ega bo‘lgan obyekt bo‘lganligi uchun u tahlil vositasida kompleks, tizimli, joriy, tezkor, istiqbolli, mavzuga qaratilgan va shu kabi jihatlar asosida o‘rganiladi. Chunki har bir yondashuvning obyektni alohida hamda birgalikda o‘rganishda o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Tahlil uchun tanlab olingan muayyan yondashuv belgilangan maqsad va vazifalariga ko‘ra obyektning aniq, ishonchli, keng ko‘lamda hamda ilmiy asosda tadqiq etib, zarur xulosalarni beradi. Turli yodashuvlar esa o‘zaro biror-bir tahlil turi bajargan ishlarni aynan qaytarib bera olmaydi yoki bu borada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Demak, korxonalar faoliyatini to‘liq va samarali o‘rganish uchun iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish hamda har bir tahlil turini to‘liq o‘rganish zarur ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilni analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun yetarli ma’lumotlarni yetkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish zarurati zamirida boshqaruv funk-
siyalari va ularning murakkabligi yotadi.
Iqtisodiy tahlilni faqatgina bir belgi bo‘yicha turlarga ajratib o‘rganish murakkab tavsif kasb etadi. Chunki boshqaruv funksiyasi turlarining ko‘pligi iqtisodiy tahlilning ham turlicha bo‘lishiga ta’sir etadi. Shu sababli iqtisodiy tahlilning muhim jihatlaridan kelib chiqadigan umumiy belgi asosida tahlilni tasniflash mumkin.
Iqtisodiy tahlil maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, makon va zamonga ko‘ra, foydalaniladigan manbalar, kim tomonidan o‘tkazilishidagi uyg‘unlik va yaxlitlik bo‘yicha turlarga ajratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu jihatdan:
  • moliyaviy tahlil;


  • boshqaruv tahlili;


  • tezkor tahlil;


  • joriy tahlil;


  • istiqbolli tahlil;


  • kompleks tahlil;


  • tizimli tahlil;


  • funksional qiymatli tahlil;


  • mavzuga oid tahlil;


  • stoxastik tahlil;


  • determinallashgan tahlil;


  • marjinal tahlil;


  • solishtirma tahlil;


  • xo‘jalik faoliyati tahlili;


  • texnik-iqtisodiy;


  • ijtimoiy-iqtisodiy;


  • iqtisodiy-ekologik;


  • diagnostik tahlil;


  • ichki tahlil;


  • tashqi tahlil va boshqalar farqlanadi.


Qayd etib o‘tilgan tahlil turlari korxona faoliyatini o‘rganish va boshqarishda o‘z ahamiyatiga ega.




Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə