Tadbirkolik va boshqaruv



Yüklə 21,89 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü21,89 Kb.
#160924
  1   2   3   4
Bank auditi


DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
"TADBIRKOLIK VA BOSHQARUV" FAKULTETI
BANK ISHI VA AUDIT YOʻNALISHI
6-BI-21GURUH TALABASI
Kholmamatov Uktamning BANK AUDITI FANIDAN TAYYORLAGAN TEZISI

Mavzu:Bank auditi fanining predmeti, metodi va vazifalari
Fan oʻqituvchisi:HAYOTBEK SAIDOV


Mavzu:Bank auditi fanining predmeti, metodi va vazifalari
Reja:
l. Kirish. Bank auditi faning predmeti va uni shakllanishi
ll. Asosiy qism
1.Bank auditini tashkil etishning huquqiy asoslari
2.Bank auditi metodlari
lll. Xulosa

Audit faninig shakllanishiga bir nazar solsak, auditning tarixiy vatani Angliya bo‘lib, 18 asrning o‘rtalaridan boshlab Angliyada auditorlik tashkilotlari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilingan. Ushbu auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq aktsiyadorlik tashkilotlarda tijorat bank va tashkilotlarning boshqaruvchilari zimmasiga bir yilda kamida bir marta buxgalteriya xisob varaqlarini tekshirish va aktsiyadorlar oldida hisobot berish uchun maxsus odam taklif qilish vazifasi yuklatilgan edi. Audit to‘g‘risidagi qonun Angliyada 1862 yilda chiqqan. Xuddi shunday qonun 1867 yilda Frantsiyada ham qabul qilingan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida auditning iqtisodiyot uchun zarur ekanligi 1937 yilga kelib tan olindi va tegishli qonun xujjatlari qabul qilindi. Auditorlik faoliyati bizning mamlakatimizda yangi faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda audit 90-yillarning boshida – mustaqillikka erishilgandan so‘ng va bozor iqtisodiga o‘tishi bilan rivojlana boshladi.
Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart- sharoitlar keltirib chiqargan: axborot yetkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishi; noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda xo‘jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi; iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj; axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallar yetishmasligi va h. k.
Bank auditining ob‘ekti bo‘lib, mamlakatimiz tijorat banklarida o‘tkaziladigan audit tekshiruvlari va bu jarayondagi amallar hisoblanadi. Bank auditi faninning pedmeti bu Respublikamiz tijorat banklari faoliyati hisoblanadi. Bank auditining predmetiga bank moliyaviy hisobotining to‘g‘riligi, bank kengashi tomonidan tasdiqlangan siyosatga to‘liq amal qilinishini tekshirish ham kiradi. Audit atamasi lotincha «audit» eshitmoq so‘zidan olingan bo‘lib‚ turli mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobini yuritish‚ moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tekshirish jarayonini anglatadi.

Yüklə 21,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə