Akmening umumiy tavsifi va o'ziga xosligi



Yüklə 8,65 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü8,65 Kb.
#148350
  1   2
Akmening umumiy tavsifi va o\'ziga xosligi

Akmening umumiy tavsifi va o'ziga xosligi

  • Reja:
  • 1.Akmesha[s tushunchasining tavsifi
  • 2. Akmeshaxsni haqiqiy inson qilib yetishtirish muammosi
  • 3. Hozirgi davrda akmeologiya obyekti

Tarix shundan saboq beradiki, qaysi bir davlat yoki jamiyat o‘zining moddiy boyliklarini ko‘paytirish bilan birga xalqining madaniyatini, insonning ma’naviy ehtiyojlari rivojlanishini o‘ylamas ekan, u albatta, inqirozga yuz tutadi.
Mamlakatimiz o’z Istiqlolining birinchi kunlaridanoq hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo’lgan, o’z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalashga katta ahamiyat berayotganligi buning dalilidir. Ayniqsa, Respublikamizning o’z mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlaridanoq ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar va o’quvchi-talabalarni ijtimoiy himoyalash borasida talay ishlar qilinganligi mustaqil davlatimizning kelajagini belgilovchi yoshlar uchun qilinayotgan g’amxo’rlikning namunasidir.
Akmeshaxsni haqiqiy inson qilib yetishtirish, ular turmush tarzida axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, aql-idrokni yaxshi xulq, yaxshi bilim, yaxshi amal bilan boyitish lozimligi jamiyatimiz ravnaqida muhim ahamiyat kasb etayotgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ta’lim-tarbiya ishining uyg’unligi va samaradorligiga bog’liqdir. YUrtboshimiz Islom Karimov «… oldimizda turgan eng muhim vazifa milliy g’oyamiz mazmun-mohiyatini teran anglagan holda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarini yangi bosqichga ko’tarish, yosh avlodni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, yetuk dunyoqarash ruhida tarbiyalash, yangicha tafakkur qilishini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish dolzarb vazifa ekanligini anglab yetish tarafdorimiz», deydi.
SHu bilan birga, iqtidorli bolalarga alohida maktab, litsey, gimnaziya va guruhlar tashkil etib, ularni eng zo’r bilimlar yaratishga o’rgatish lozimligini ham uqtirib o’tadi. YUrtboshimiz, agarda 20 yil ilgari shu talablarni bajarib, maxsus maktab va gimnaziyalarda eng yaxshi o’qituvchilarni yig’ib kechayu kunduz yangi Al-Xorazmiy, Beruniy, Bil Geytslarni yaratishni boshlasalar, bugun hosilini yig’ishni boshlardilar. YAngi innovatsiya va texnologiyalar yaratilib eksporti yevropaga yetib borar edi, degan g’oyani ilgari surgan. Hozircha esa, gasterbayterlar eksport qilinmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish ta’lim-tarbiya tizimida, ayniqsa, o‘qituvchilar malakasini oshirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar olib borishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda akmeologiya obyekti sifatida yetuk inson aqliy xarakteristikasi, kasbiy faoliyat mahorati belgilari, omillari, odam mahorati qabul qilingan. Akmeologiyaning fan doirasi tekshiruvlarini markaziy ko‘rsatgichi bo‘lib mahsuldorlik tushunchasini ochib beruvchi kasbiy faoliyat kategoriyasi ko‘rsatiladi, shuningdek samarador faoliyat akmeologiya fanining tushuncha apparatini tashkil qiladi. Akmeologiyada tadqiqot obyekti yetuk shaxsdir. Akmeologiya fani yetuk inson rivojlanishida obyektiv va subyektiv omillarni, shaxsiy xayoti jarayonida yuksaklikka erishishini o‘rganadi. Akmeologiya katta odamlarning barcha yosh davrlarida ijodiy yetuk mutaxassis bulib shakllanishi va o‘z kasbiy akmesiga erishish yo‘llarini o‘rganishda insoniy qadriyatlarga tayanadi. Akmeologiya ijodiy yetuklik qonuniyatlari va odam akmesiga erishishi haqidagi fan sifatida psixologiya va uning asosiy yunalishlari bilan o‘zaro bog‘langan.
Shu o‘rinda yoshlarni akmeshaxs sifatida tarbiyalashning asosiy o‘zagi hisoblangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»da uzluksiz davom etadigan ta’lim-tarbiya jarayonini belgilovchi ta’limning birinchi bo‘g‘ini nihoyatda muhim. Bu ta’lim turiga har tomonlama ehtiyotkorlik, e’tiborlilik va mehribonlik bilan qarash alohida ahamiyat kasb etadi.O‘zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomning III-bob 14-bandida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularda vatanparvarlik hissini shakllantirish asosiy vazifa etib belgilangan. Ya’ni, bolalarga ilk yoshdan boshlab uyda, mehmonda, bolalar bog‘chasida o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, yechinib-kiyinish, saranjom-sarishta yurish, odobli, mehnatsevar bo‘lish, boshqalar mehnatini qadrlash, Vatanni ardoqlash, rostgo‘y bo‘lish, go‘zallikni sevish va go‘zallik yaratishga intilish kabi odatlarga o‘rgatish – ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning asosini tashkil qiladi.

Yüklə 8,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə