Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
PEDAGOGIKA FAKULTETI 
 
 
 
 

KURS ISHI
 
 
 
 
MAVZU : Xayol va muammoli vaziyat
Bajardi
: Pedagogika psixologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi 
Egamova Gulrux
 
Ilmiy raxbar:
p.f.n T. G. Suleymanova 
Andijon 2015 



KIRISH 
 
1 XAYOL TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
 
2 XAYOL VA MUAMMOLI VAZIYAT
 
3. XAYOL QILISHDAGI INDIVIDUAL FARQLAR. 
 
XULOSA
 
 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
 
 



Kirish 
Bizning ongimizda o’zimiz ilgari idrok qilgan ob’ektlar to’g’risidagina emas, shu 
bilan birga, biz idrok qilmagan ob’ektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va shu kabilar) 
to’g’risida ham tasavvurlar bor. Masalan, garchi biz Antarktikada, Janubiy qutbda 
bo’lmagan, Mirniy pasyolkasidagi tadqiqotchilarimizning hayotini va ishini ko’rmagan bo’lsak 
ham, lekin ular haqida bizning tasavvurimiz bor, biz Vatanimizning uzoq o’tmishidagi voqealar 
to’g’risidagi tasavvurga egamiz, o’n, yuz va ming yillardan keyin nimalar bo’lishini tasavvur 
qilamiz va hokazo. Biz kosmik kemalarning Oyga va boshqa planetalarga uchishini tasav-
vur qilishimiz mumkin. Bu tasavvurlarni xayolimiz yaratib, beradi, xotira tasavvurlaridan farq 
qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi. 
Xayol vujudga keltirayotgan obrazlar (tasavvurlar) faqat ongning sub’ektiv 
mazmunigina bo’lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va faoliyatida 
og’zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsalarda, buyoqlarda, tovushlarda, she’r va proza 
tariqasidagi adabiy asarlarda va san’atning boshqa turlarida gavdalanadi. 
SHunday qilib, xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qilmagan, tajribamizda 
uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda 
yaratishda ifodalanadi. 
Odamning miyasida ilgari vujudga kelgan muvaqqat bog’lanishlarning miyada gavdalanishini 
va bu bog’lanishlar bir-biri bilan tutashib, yangi tarzda paydo bo’lishini xayolning nerv-
fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak. 
Ongning boshqa funktsiyalari kabi xayol ham, tarixan, avvalo odamning mehnat faoliyatida 
rivojlanib kelgan. Odamlar o’z ehtiyojlarini qondirmoq uchun odam aralashmasdanoq tabiat 
berayotgan mahsuldan ham ko’ra ko’proq mahsul olish niyatida tevarak-atrof olamni 
o’zgartira berganlar va uni o’zlariga buysundira berganlar. O’zgartira bermoq, va yarata 
bermoq uchun esa istalgan narsani oldindan tasavvur qilish, shunday o’zgartirishga qanday 
yo’llar bilan erishishni va uning natijalarini tasavvur qilish lozim bo’lgan. 
Bora-bora odamning xilma-xil ehtiyojlari – ijtimoiy, bilish, estetik va shu kabi ehtiyojlari 
rivojlana borgan sari, xayol ham rivojlana borgan. 
Jamiyatdagi odamlarning ijodiy faoliyatida namoyon bo’layotgan xayol ham ijtimoiy hayot 
sharoitiga va umumiy madaniy rivojlanish darajasiga qarab, shu jamiyatdagi odamlarning 
asosiy intilishlariga qarab, alohida harakter, alohida yo’nalish kasb qilaveradi. 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə