Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

2. XAYoL TURLARI.
Xayol har xil turlarda namoyon bo’ladi. Tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol 
– xayol turlari jumlasidan bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi. 
Tasavvur xayoli va ijodiy xayol. 



Tasavvur xayoli deb, hozir yoki o’tmishda aslida mavjud bo’lsa ham, lekin bizning 
tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to’g’risida tasavvur va 
obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan xayol turini aytamiz. Bu narsalarning obrazlari boshqa 
kishilarning aytib bergan so’zlari asosida, shuningdek, yozma va boshqa hujjatlar asosida 
yaratiladi.
Mana shu hamma misollardagi tasavvur ob’ektlari hozir yoki o’tmishda aslida bo’lgan 
bo’lsada, lekin biz o’zimiz bevosita idrok qilmagan ob’ektlardir.Tasavvur xayoli 
jarayonida odam o’zi ko’z oldiga keltirayotgan obrazning ob’ekti xaqiqatan ham muayyan 
joyda bo’lganligini yoki muayyan vaqtda bo’lganligini anglaydi. Tasavvur xayolining 
xarakterli hususiyati ham mana shudir. 
Masalan, arxiv hujjatlari va tarixiy yodgorlik bilan ishlayotgan tarixchining xayoli ham shu 
jumladandir, chunki u tarixda bo’lib o’tgan voqealarni shu materiallar asosida ko’z oldiga 
keltiradi. 
Kimdir – birov ma’lum bir sistemaga solgan, undagi obrazlarni ham yaratgan tayyor material 
asosida biron bir obraz yaratayotganda qilingan xayol ham tasavvur xayoli bo’ladi. Masalan, 
badiiy asarni o’qiganimizda badiiy suratni ko’rganimizda, texnika chertyojlarini va 
sxemalarini o’qiganimizda hikoya eshitganimizda bizning ongimizda shaxslarning, 
suratlarning, tabiat manzaralarining, voqealarning obrazlari paydo bo’ladi. Bunda boshqa 
shaxslar yaratgan tayyor obrazning o’zigina o’zlashtiriladi, deyish mumkin. Bunda muayyan 
bir obrazni tasavvur qilish ko’p jihatdan avtorning yaratgan obrazi qanday usullar bilan 
bunyod qilinganiga bog’liq bo’ladi, avtorning badiiy mahoratiga bog’liq bo’ladi, lekin, shu 
bilan birga, tasavvur qilinayotgan obrazning muayyan bir darajadagi mazmuni, to’liqligi, 
yorqinligi shu obrazni idrok qiluvchi odam xayolining qay darajada o’sganligiga ham bog’liq 
bo’ladi. Har bir kishi o’qiyotganida, ko’rayotganida, eshitayotganida ob’ektga muvofiq o’z 
obrazini yaratadi. Masalan, L.N.Tolstoyning «Anna Karenina» 
romanini o’qigan har bir kitobxon Annaning, Vronskiyning, Levinning va boshqalarning 
ma’lum darajada o’ziga (shu kitobxonga) xos bo’lgan obrazini yaratadi. 
Geografik kartalarga ko’z yuritilgan vaqtda va geografiyaga doir kitoblarni o’qigan vaqtda 
ham, odamda real geografik ob’ektlarning– tog’lar, daryolar, dengizlar, o’rmonlar va shu 
kabilarning obrazlari vujudga keladi. CHertyojlar va suratlarni ko’zdan kechirayotgan kishida 
ishlab turgan mashinalarning tegishli obrazlari vujudga keladi. 
O’qitish jarayonida o’quvchilarda tasavvur xayoli ularning, shaxsiy tajribalarida uchramagan 
yoki zamon va makon jihatidan ularga uzoq bo’lgan ob’ektlar to’g’risidagi bilimlarni 
o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi. Masalan, tarixga, geografiyaga, kosmografiyaga va 
boshqa shu kabi fanlarga doir bilimlar mana shunday tasavvur xayoli jarayonida 


10 
o’zlashtirilgan bilimlardir. 
Ijodiy xayol deb, bizning tajribamizda bo’lmagan va voqelikning o’zida ham uchramagan 
narsa va hodisalar haqida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan xayol turini 
aytiladi. 
Odam o’zining ijodiy xayolida o’zi biror yangi, orginal narsa yaratadi. Masalan, 
yozuvchi o’z asari uchun personajlarning tipik obrazlarini yaratayotganida uning xayoli mana 
shunday ijodiy xayol bo’ladi. Ixtirochining yangi mashina, yangi asbob proektini 
yaratayotganidagi xayoli mana shunday ijodiy xayoldir. Tadqiqotchining biror gipoteza yoki 
eksperiment rejani yaratayotganidagi xayoli mana shunday ijodiy xayoldir. 
Ijodiy xayolning o’ziga xos hususiyatlari quyidagilardan iborat bo’ladi. Avvalo yaratilayotgan 
obrazning ob’ekti xaqiqatda yo’qligi, qandaydir biron yangi narsa yaratilayotganligi 
anglanadi. So’ngra, jamiyatning va shu muayyan kishining ehtiyoj va manfaatlari o’sha 
obrazni yaratishga rag’batlantiradi, shu obrazning yaratilishi o’sha obrazni yaratayotgan 
odamdagi shaxsiy tasavvurlar va bilimlar boyligiga, shuningdek, o’sha odam xayolining 
alohida ijodiy xislatlariga bog’liq bo’ladi. 
Ijodiy xayol obrazlari so’zlarda yoki moddiy ob’ektlarda gavdalantirilishi, tasvir qilinishi 
mumkin. 
Ijodiy xayol san’atning hamma turlarida - poeziyada, muzikada, tasviriy san’atda 
(suratkashlikda), arxitekturada, qishloq xo’jaligidagi novatorlikda, fan va texnika sohasidagi 
ixtirolarda namoyon bo’ladi. Ijodiy xayol jarayonida odam o’z ongida faqat yangi mazmun 
yaratibgina qolmaydi, shu bilan birga, ob’ektiv olamda yangi real narsalar ham yaratadi. 
SHuni nazarda tutish kerakki tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol o’rtasidagi farq faqat nisbiy 
farqdir. Ijodiy xayol jarayonida bo’lgani kabi, tasavvur xayoli jarayonida ham ob’ektlarning 
obrazlari yaratiladi, yangidan ijod qilinadi, Xayolning bu ikki turi ham aslda ijodiy 
protsessdir. 
Orzular va shirin xayol surishlar ijodiy xayolning alohida turlaridir. 
Orzu – ijodiy xayolning tilakdagi kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Orzu qilish – ko’nglimizga 
yoqadigan istiqbol obrazlarini yaratish demakdir. CHunonchi, yosh yigit qanday qilib kelgusida 
pedagog, injener, tokarь, vrach, traktor haydovchi, uchuvchi va hokazo bo’lishni orzu qiladi. 
Boshqa bir yigit qanday qilib kelajakda Vatan faxrlanadigan katta qahramonlik ko’rsatishni 
orzu qiladi. 
SHirin xayol surish muayyan bir narsaga qaratilmagan muayyan bir sistemaga ega bo’lmagan 
xayol jarayonidir. SHirin xayolga botgan vaqtda turli obrazlar ko’z o’ngidan birin-ketin 
betartib o’ta beradi. Bu tasavvurlar jarayonini tafakkur tartibga solmaydi. Orzularda bo’lgani 
kabi, shirin xayol surishda ham, asosan, o’zimiz xush ko’rgan obrazlar paydo bo’ladi. SHu 


11 
sababli, ko’pincha, shirin xayol surish odamga huzur bahsh etadi. 
SHirin xayolga botish, odatda, odam passiv, irodasi bo’shashgan paytda, masalan, qattiq 
charchagandan keyin istirohat qilayotgan vaqtda, ko’z uyquga ketayotgan va uyqudan 
uyg’ongan vaqtda (odam uxlab borayotgan yoki uyqudan uyg’onayotgan paytlarda) paydo 
bo’ladi. SHirin xayol surish nerv sistemasi betoblanib holsizlangan vaqtda, ba’zan psixik 
kasalliklar vaqtida, isitma chiqayotganida, nerv sistemasi (alkogolь, kokain, morfiy bilan) 
zaharlangan vaqtda paydo bo’ladi. 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə