Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

 
Xayolning realligi. 
Xayol jarayonlaridagi voqelik o’zgargan tarzda aks ettiriladi. Bunda xayol yaratayotgan 
obrazlar voqelikka mos kelishi, voqelikni to’g’ri aks ettirishi mumkin va bu voqelikka mos kelmasligi 
ham mumkin. voqelikni to’g’ri aks ettirgan obrazlar 
real obrazlar 
deb aytiladi. 
Xayol yaratgan obrazlar turmushda gavdalantirilgan va gavdalantirilayotgan taqdirda, 
turmush shu obrazlarga muvofiq qayta ko’rilayotganida, yangi boyliklar yaratilayotganida 
bunday xayol ham real xayol bo’ladi. 
Odamning kosmosga uchishi yaqin-yaqingacha ham ruyobga chiqmaydigan orzu, deb hisoblanib 
kelgan edi, endilikda esa kosmonavtlari kosmosda bir necha o’n million kilometr masofani 
bosib o’tdilar. Endi biz Oyga, Marsga, Veneraga, Koinotning boshqa planetalariga uchishni 
orzu qilmoqdamiz. Bu orzu ham real orzudir. Bu orzu ham amalga oshiriladi. 
Binobarin, agar xayolda yaratilgan obrazlar amalga oshirilishi mumkin bo’lsa va haqiqatan 
amalga oshirilayotgan bo’lsa, bunday obrazlarni yaratib bergan xayolni real xayol deb 
aytamiz. Texnikaning, san’atning hamma turlari mana shunday real xayol mahsullaridir. 
Maktab o’quvchisining «kelgusida qahramon bo’laman» degan orzusi va shu orzuning 
xaqiqatan amalga oshirilganligi mana shunday real orzudir. Kuchli real xayol ilmiy 
bashoratning, fan istiqbolini oldindan ko’rishning eng muhim tarkibiy bo’laklaridan biridir. 
Masalan, K. E. TSiolkovskiy mana shunday juda kuchli real xayol qilish quvvatiga ega edi. Bu 
haqda Yu. A. Gagarin quyidagilarni yozadi: «SHuni aytishni mumkinki, TSiolkovskiy o’zining 
«Erdan tashqarida» degan kitobida men o’zim uchgan vaqtda ko’rgan narsalarning hammasini 
juda ravshan tasavvur qilgan. Kosmosga ko’tarilgan insonning ko’zi oldida gavdalangan olamni 
TSiolkovskiy hammadan ko’ra ravshanroq tasavvur qilgan edi». 


17 
Xayolning realligi odamning tajribasiga, uning bilimlariga, undagi tanqidiy tafakkurning qay 
darajada o’sganligiga va odamning turmush tajribasi bilan qay darajada aloqasi borligiga 
bog’liqdir. 
Xayolda yaratilayotgan obrazlar amalda ruyobga chiqarilmaydigan bo’lsa yoki bu obrazlarni 
amalga oshirish keraksiz, bema’ni bir narsa bo’lsa, bunday xayol real xayol bo’lmaydi. 
Xayoli mana shunday real bo’lmagan kishilarni «quruq xayolparast» «fantazyor», deb aytadilar. 
P u c h fantaziyachilar xayolparastlar ko’pincha shaxsiy tajribasi oz, bilimi kam, tanqidiy 
tafakkuri o’smagan, irodasi kuchsiz, turmush tajribasi bilan tuzuk bog’lanmagan kishilardir. 
Bular g’ayrati yo’q, lapashang kishilardir. Ularning fantaziyasi hech bir narsa bilan 
chegaralanmaydi, hech bir narsa bilan nazorat qilinmaydi, shuning uchun ham ular juda g’alati, 
aqlga sig’maydigan va amalga oshmaydigan obrazlar yaratishlari mumkin. 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə