Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

aktsentirovka 
deyiladi. Aktsentirovka, asosan, karikatura tariqasidagi tasavvurlarda va suratlarda namoyon 
bo’ladi. CHunonchi, san’atkor biron imperialistning karikatura tariqasidagi obrazini 
yaratmoqchi
bo’lsa, uning og’zini juda katta, tishlarini sulohmonday, panjalarini uzun va chovut 
solib turganday, qornini qappayib chiqqan qilib, bo’rttirib ko’rsatadi. 
San’atkor ko’p shaxslarga xos bo’lgan o’xshash belgilarni o’xshata olish, bo’rttirib aktsentlash 
va umumlashtirish yo’li bilan tipik obrazlar yoki tiplar yaratadi. Lermontovning aytishiga 
qaraganda, uning asarida tasvirlangan Pechorin «aynan ko’chirilgan surat bo’lsa ham lekin 
yolg’iz bir kishining surati emas, bu surat hozirgi bo’g’indagi barcha ayb va nuqsonlarni 
o’zida to’la ifodalagan suratdir». 
Tip – individual obrazdir, ammo bu obrazda butun bir gruppa, sinf, millat kishilarining eng 
harakterli belgilari birga bilib, yahlit aks ettiriladi yoki ifodalanadi.
Xayolning xarakterli hususiyati yana shuki, u bevosita vaziyatdan «ajralib» chiqa oladi va makon 
hamda zamon jihatidan hozirgi vaziyatdan uzoqlashgan yangi vaziyatga «o’ta oladi». SHuning 
uchun ham ko’pincha «Xayol osmonida sayr qilib yurish kabi bir narsa»,– deb gapiradilar. 
Xayol faoliyati tufayli biz, hozirgi paytda bizning oldimizda bo’lmagan narsalarning 
obrazlarini yaratamiz. Biz bu obrazlarni uzoq o’tmishga nazar tashlab, tarixiy voqealarni
tarixiy shaxslarni tasavvur qilib yaratishimiz yoki kelajakka – ertagi, bundan bir yil, besh yil va 
yuz yillar keyingi davrga – o’z turmushimizning kelajagiga nazar tashlab, o’z kelajagimizning 
obrazlarini va ideallarini yaratishimiz mumkin. Biz jahonning hamma mamlakatlarini 
xayolimizda kezib chiqib, geografik ob’ektlarning obrazlarini yaratamiz, yulduzlar va 
planetalar hamda raketalarda bo’lishi mumkin bo’lgan hayotni tasavvur qilib, yulduzlar olamida 



kezamiz. Xayolning bunday «ko’chish» qobiliyatining qay darajada o’sganligi xayolning 
nechog’li keng va boy bo’lishini ko’rsatadi. 
Xayol jarayonlaridagi odam tafakkuri katta o’rin oladi. Biror yangi obraz yoki tasavvurlar 
sistemasini yaratishda odamning o’ylab qo’ygan biror murodi amalga oshiriladi, biror vazifa 
hal qilinadi. 
Ko’pincha har turli abstrakt nazariy fikrlar xayol yo’li bilan yaratiladigan konkret obrazlarda 
ochib beriladi. Odatda, har bir rassom, shoir, kompozitor ijod qilish jarayonida biror masalani 
hal qiladi, o’ziga biror nimani aniqlab oladi yoki boshqalarga tushuntirib beradi. Lekin u 
o’zining fikrlarini umumiy va abstrakt tushunchalarda ochib bermasdan, balki konkret 
obrazlarda ochib beradi. Masalan, I.A.Krilov «Oqqush, qisqichbaqa va cho’rtanbaliq» 
masalida «O’rtoqlar ahil bo’lmasa, ularning ishi yurishmaydi», – degan fikrni obrazli qilib 
ochib beradi. Biz har bir she’riy asardan, har bir badiiy suratdan, muzika asaridan shu 
asarlarda yaqqol, obrazli qilib ochib beriladigan asosiy fikrni, asosiy ideyani qidiramiz. 
Xayol tasavvuridagi abstrakt tushunchalar ham har xil allegoriyalarda, metaforalarda va boshqa 
simvolik obrazlarda konkretlashgan bo’ladi. CHunonchi kuch yoki g’urur to’g’risidagi fikr 
azaldan beri sher yoki Semurg’ qushning yaqqol obrazida simvolik tarzda ifodalanadi, imillab 
yurish to’g’risidagi fikr toshbaqa obrazida ifodalanadi va hokazo. 
So’ngra, tafakkur, xayol faoliyatini tartibga, sistemaga solib turadi. 
CHunonchi, yozuvchi ko’p iboralardan iborat badiiy asar yaratayotganida uning tafakkur 
faoliyati shu obrazlarni muayyan tartibga keltirishda, bir butun qilib birlashtirishda 
ifodalanadi. 
Ixtirochi yangi mashina yaratayotganida unda dastlab, shu, mashinaning ayrim qismlari va 
detallari hamda ularning qanday tuzilishi va ishlashi to’g’risida umumiy bir fikr va tasavvur hosil 
bo’ladi. Ixtirochi fikr yuritish jarayonida mazkur ayrim tasavvurlardan hosil bo’lgan bo’lajak 
mashinaning bitta murakkab obrazini yaratadi. 
Xayol jarayonlari mana shu hususiyatning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stining ishida 
muayyan sistema borligida bo’lsa kerak. 
Tafakkur tufayli xayol jarayonlari tartibga va sistemaga solinibgina qolmasdan, shu bilan 
birga, «to’xtatilib», nazorat qilinib ham turadi. Tafakkur yaxshi o’smagan bo’lsa, bilim kam 
bo’lsa, fantaziya juda uzoqka «uchib ketishi» va voqelikka hech qanday o’xshashlik tomoni 
qolmasligi mumkin. Qadimgi greklar yaratgan mifologiya (afsonalar), ko’p darajada ular 
bilimining cheklanganligi va tafakkurlarining shu bilim darajasiga yarasha bo’lganligi 
mahsulidir. 
Xayol tasavvurlarining paydo bo’lishida nutq katta rolь o’ynaydi. Har kimga ham ma’lumki, shu 
tasavvurlarning ko’pi boshqa kishilar aytib bergan hikoyalarning ta’siri ostida, shuningdek



o’qish jarayonida, ayniqsa she’riy asarlarni va badiiy adabiyotning boshqa turlarini o’qish 
chog’ida paydo bo’ladi. 
Bunda yana quyidagilarga e’tiborni jalb qilish zarur. 
Xayol obrazlari, garchi tasavvurlar deb atalsa ham, lekin bu tasavvurlar o’zlarining bir 
qancha hususiyatlari bilan xotira tasavvurlaridan farq qiladi. 
1. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan buyumlar 
obrazining gavdalanishidir. Xayol tasavvurlari esa xotira tasavvurlarini murakkab ijodiy 
qayta ishlash natijasida vujudga keladi. Xayol tasavvurlari xotira tasavvurlarining 
takrorlanishi emas, balki yangicha hosil bo’lgan tasavvurlardir. 
2. 
Xayol tasavvurlari ko’pincha o’zining ko’proq, to’liq bo’lishi, lo’nda va yorqin 
bo’lishi bilan xotira tasavvurlaridan farq qiladi. SHu jihatdan qaraganda, xayol tasavvurlari 
idrok obrazlariga yaqinroq bo’ladi. 
3. Tasavvur ob’ekti bilan tanishlik hissi va shu ob’ekt real mavjud bo’lib turibdi yoki 
mavjud bo’lgan, tasavvurning mazmuni ob’ektga muvofiq keladi degan ishonch xotira 
tasavvurlariga xos belgilardir. Bunda mana shunday ishonch idroklarning ob’ektivligiga 
bo’lgan ishonchga yaqinroqdir. 
Ammo xayol tasavvurlari esa hamisha alohida bir «yangilikni» va «noma’lumlikni» his qilish 
tuyg’usini beradi.
SHu sababli xotira tasavvurlari tasavvur qilingan narsaning mavjudligiga 
yoki xaqiqatan mavjud bo’lganligiga yohud mavjud bo’lajagiga alohida ishonch hissi bilan 
bog’langan bo’ladi va tasavvurning mazmuni shu narsaga muvofiq degan alohida hisni 
vujudga keltiradi. 
Bunda tasavvur qilingan narsaning realligiga to’la ishonch bo’lishi mumkin va buning realligiga 
shubhalanish, ishonmaslik va hatto bu reallikning inkor qilinishi ham mumkin. 
Xotira tasavvurlari o’tmishda ko’rilgan va eshitilgan narsalarning esga tushishi bilan 
bog’langan bo’lib, passivroq xarakterga egadir. Xayol tasavvurlarining ko’pchiligi o’zining 
faolligi
bilan farq qiladi: bu tasavvurlar masofa yoki vaqt jihatdan birmuncha olisroqqa 
intilish bilan bog’langandir. 
Xayol tasavvurlarining bu hususiyatlarini shu narsa bilan izohlash mumkinki, bu tasavvurlar 
ehtiyojning kuchli ravishda namoyon bo’lishi natijasida, insonda qiziqish va ideallar borligi 
sababli, insonda xilma-xil hissiyotlar va jumladan yangilikni his qilish tuyg’ulari paydo 
bo’lganligi natijasida vujudga keladi. 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə