Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

 
 
3 XAYoL QILISHDAGI INDIVIDUAL FARQLAR. 
Xayol faoliyati kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jihatlaridan farq qiladi. Xayolning bu 
hususiyatlari ayrim kishilarda turlicha namoyon bo’ladi va har bir shaxsning o’ziga xos 


14 
xarakterini belgilaydi . 
Ikkinchi tomondan, odamning vujudga kelgan individual hususiyatlari ham uning xayol qilish 
faoliyatida namoyon bo’laveradi. SHu sababli, xayol qilish jarayonlariga va xayol obrazlarning hosil 
bo’lishiga odamning dunyoqarashi, ijti-moiy-siyosiy qarashlari va ahloqiy tamoyillari ham ta’sir 
qilaveradi. 
Xayol kengligi va mazmundorligi. 
Xayol kengligi voqelikning kishilar xayol faoliyati uchun ob’ekt bo’ladigan sohalari doirasi bilan 
belgilanadi. Tabiatning hozirgi va kelajak holati, odamlarning o’tmishdagi va kelajakdagi tarixiy 
hayoti, yer ostidagi narsalar, osmon va undagi yulduzlar, texnika va san’at xayol faoliyati uchun 
ob’ekt bo’ladigan ana shunday sohalar jumlasidandir. Odamning xayoli shunday sohalarning 
naqadar ko’pini o’z ichiga olsa, uning xayoli shunchalik keng bo’ladi. Kishining xayoli ko’pincha 
real voqelikdan, mavjud bo’lgan va ruyobga chiqarilishi mumkin bo’lgan narsalar doirasidan 
chetga chiqib ketadi. Buni «sof fantastika sohasi» deb ataydilar, odam ko’pincha o’z orzulari 
va shirin xayollarida mana shu «sof fantastika sohasi»ga chiqib ketadi. 
Xayolning mazmundorligi biror ob’ektga nisbatan xayolda tug’ilayotgan tasavvurlarning 
boyligi xilma-xilligi va ma’nodorligi bilan belgilanadi. SHuning uchun ham falon kishining 
xayoli mazmundor (xayoli boy) va falon kishining xayoli kam mazmun (xayoli kambag’al) 
deb gapiramiz. Xayol kengligi va mazmundorligi, odatda, bir-biri bilan chambarchas 
bog’langan bo’ladi. Kosmik kema vujudga keltirilganligi ham, ichiga odam tushgan shu 
kemaning uchishi ham inson fantaziyasi g’oyat yuksak darajaga ko’tarilganligining mahsulidir. 
Lekin shu kemaning real obrazini yaratmoq va kemaning o’zini yasamoq (qurmoq) uchun 
katta bilimlardan hamda fizika, ximiya, matematika, astronomiya va shu kabi xilma-xil 
fanlarning muvaffaqiyatlaridan foydalanish zarur bo’ldi. 
Tajriba va bilim xayol jarayonida qayta ishlanadigan materialgina bo’lib qolmasdan, balki, shu 
bilan birga, xayol faoliyatining ma’lum bir yo’ldan borishini ham belgilab beradi. 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə