Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

 
 
 
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I. XAYoL TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
 
Xayol tasavvurlarining idrok obrazlaridan va xotira tasavvurlaridan
farqi shuki, xayol 
tasavvurlari tajribamizda orttirilgan ob’ektlarga ega emas. Xo’sh, odamlarning ongida bu 
obrazlar qaerdan va qanday qilib paydo bo’ladi, degan savol tug’iladi. 
Albatta, bu obrazlar biror manbaga ega bo’lmay, yo’q, narsadan paydo bo’lishi mumkin 
emas. 
Muayyan bir ehtiyoj mavjud bo’lgan taqdirda xayolning tegishli obrazlari-xayol tasavvurlari 
insonning 
tajribasiga 
va 
xotira tasavvurlariga 
asoslanib hosil bo’lishi va tarkib topishi mumkin. 
Bu tasavvurlar xayol tasavvurlarini vujudga keltirishga asos bo’ladigan materialdir. Masalan, 
biz muzlar to’g’risida, qorong’ilik va yorug’lik to’g’risida, sovuq to’g’risida, suv to’g’risida, 
ko’p va shu kabilar to’g’risida tajribada orttirgan tasavvurlarimiz bo’lgani sababli, Antarktika 
va Janubiy qutb to’g’risida tasavvur qilishimiz mumkin. Xayol jarayonida bizda mavjud 
bo’lgan kerakli tasavvurlar albatta ko’z o’ngimizda gavdalanadi. 
Lekin xayol jarayoni tasavvurlarni gavdalantirishdan va ularni shunchaki bir-biriga 



qo’shishdan iborat bo’lmaydi. Xayol jarayonida xotira tasavvurlari shunday qayta ishlanadiki, 
buning natijasida yangi tasavvurlar hosil bo’ladi. 
Xayolning spetsifik faoliyati xotira tasavvurlarini o’ziga xos analiz va sintez qilishdan 
iborat bo’ladi. 
Xayol uchun material bo’ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga, 
ko’pincha, to’liq, holda kirmasdan, balki qisman kiradi. SHu sababli, xayol jarayonida 
mavjud tasavvurlarni gavdalantirish bilan birlikda yoki uning ketidan analiz qilish 
ya’ni tasavvurlarni bo’lak-bo’lak qilib bo’lish va shu tasavvurlarning ayrim qismlarini 
hamda elementlarini ajratib olish faoliyati ro’y beradi. 
So’ngra xayolning sintez qilish faoliyati ro’y beradi. Muayyan tasavvurdan ajratib olingan 
elementlarni boshqa tasavvurlar bilan yoki boshqa tasavvurlarning elementlari bilan qo’shish 
va bir turkum qilish jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida yangi 
tasavvur xayol tasavvuri vujudga keladi. 
Xayolning sintez qiluvchi faoliyatining oddiy formasi agglyutinatsiyadir. Agglyutinatsiya–
ayrim elementlarni yoki bir necha buyumlarning qismlarini bitta obraz qilib qo’shish va 
shularning kombinatsiyasidir. Masalan, xalq xayolining mahsuli bo’lgan rusalka (suv 
pariysi) obrazi xotin (bosh va gavdasi), baliq, (dumi) va yashil suv o’simligi (sochlari) 
obrazlaridan yaratilgan. Xuddi shuningdek, Bulbuli go’yo deganimizda xalq tasavvurida 
har bir narsani bilib aytib beradigan odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor 
gavdalanadi, bunda ham biz odam va qush obrazidan bitta obraz yaratilganligini ko’ramiz. 
Yozuvchilar adabiyotdagi badiiy obrazlarni yaratayotganlarida xayolning sintez va analiz 
qiluvchi murakkab faoliyatining xarakterli hususiyatlari ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi. har 
bir badiiy obraz bitta obrazda, o’ziga xos ravishda birlashtirilgan tasavvurlarning qismlari, 
elementlaridir yoki butun bir tasavvurlarning o’zidir. 
L.N.Tolstoy, men Natasha obrazini («Urush va tinchlik») yaratayotganimda uning ayrim 
belgilarini xotinim Sofiya Andreevnadan, boshqa xil belgilarini singlisi Tatьyanadan 
olganman, shularning hammasini «yanchib aralashtirganman» va shu tariqa Natasha obrazi 
kelib chiqqan, deb yozgan edi. 
I.S.Turgenev, menda qahramon obrazini yaratish jarayoni o’zimga juda kuchli ta’sir qilgan 
taassurotdan boshlanadi degan edi. U biror konkret odamda – Ivanda, Pyotrda, Fyoklada 
«qandaydir juda taassurotli» bir hususiyat borligini payqab qolar ekan. «Men unga obdan 
razm solib yuraman, xo’p o’ylayman; so’ngra o’sha Fyokla, o’sha Pyotr, o’sha Ivan 
ko’zimdan qayoqqadir g’oyib bo’ladi, lekin ular menda qoldirgan taassurot saqlanib qoladi va 
yetiladi. Men bu shaxslarni boshqa shaxslar bilan taqqoslayman, ularni har xil harakatlar 
doirasiga kiritaman, shu tariqa menda alohida bir butun odam hosil bo’ladi...» 



Xotira tasavvurlarini qayta ishlash, yangi obrazlar yaratish jarayonida xayol faoliyati tasavvur 
qilinadigan buyumlarni kattalashtirishda yoki kichraytirishda ifodalanishi mumkin. Bu 
kattalashtirish yoki kichraytirish ba’zi hollarda buyumning hamma qismlariga nisbatan 
mutanosib, proportsional bo’lishi mumkin. CHunonchi, rus ertaklarida pahlavonlarni «qad 
ko’targan daraxtdan baland, sayr qilib yurgan bulutdan sal past» qilib ko’rsatiladi. Mahmur 
«qozi Muhammad Rajab to’g’risida...» nomli hajviy she’rida Qozi Muhammadning bo’yini 
terakka o’xshatib, «Bo’yi chunonam uzunki, misli terak, osmon shipiga ilsang bo’ladi tirgak» 
deydi. Sviftning «Gulliverning sayohati» romanidagi juda katta odamlar bilan liliputlarning 
obrazlari mana shunday obrazlardir. O’zbek xalq ertaklaridagi «boshi bulutga tegadigan 
pahlavonlar» yoki «kichkina mitti xonxo’jani yiqitti» so’zlarida ifodalangan obraz ham 
shunday obrazlardir. 
Kattalashtirish yoki kichraytirish mutanosib bo’lmasligi, proportsional bo’lmasligi ham mumkin, 
xayol jarayonida buyumning faqat ayrim qismlarigina kattalashtirilishi yoki kichraytirilishi 
mumkin. Buyumning faqat bir qismini bunday kattalashtirish yoki kichraytirishni 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə