1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


-chizma. Xo‘jalik subyektlarida istiqbolli iqtisodiy tahlilni amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə51/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

5.2-chizma. Xo‘jalik subyektlarida istiqbolli iqtisodiy tahlilni amalga oshirish bosqichlari.

Taxminlash istiqbolli iqtisodiy tahlil o‘tkazishning muhim bosqichi hisoblanib, u kelgusi tahlil, boshqaruv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlili, iqtisodiy rivojlanishning muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlab olish orqali amalga oshiriladi.

Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan biri istiqbolga mo‘ljallangan investitsiya qarorlarini qabul qilishdagi xatoliklarni bartaraf etishdan iborat. Shuningdek, mazkur tahlil quyidagilarni baholash imkonini beradi:

  • xo‘jalik subyektlarining mulkiy holati;


  • tadbirkorlik riski darajasi;


  • uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarni bajarish imkoniyati;


  • joriy va uzoq muddatli investitsiyalar uchun kapital yetarliligi;


  • qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ehtiyoj;


  • kapitalni ko‘paytirish imkoniyati;


  • qarz mablag‘larining oqilona tarzda jalb etilishi tahlili;


  • foydani taqsimlash va ishlatilishining asoslanganligi;


  • investitsiyalarni yo‘naltirishning maqsadga muvofiqligi.


Keng ma’noda istiqbolli iqtisodiy tahlildan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:


  • qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiya qarorlarining maqsadga muvofiqligini asoslashda;


  • investitsiya faoliyatini boshqarish sifatini baholashda;


  • kelgusi natijalarni taxminlash usuli sifatida.


Istiqbolli iqtisodiy tahlil natijalari oqilona strategik boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ma’lumotlar manbayi hisoblanadi.


Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi istiqbolli rejalarga asoslangan holda ularning bajarilish imkoniyatlarini baholash hisoblanadi. Ushbu tahlil turi istalgan faoliyat sohasining muhim iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlarini kompleks qamrab oladi, chunki bir tomonlama istiqbolli tahlil xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy samaradorlikka erishishidagi mavjud muammolarni to‘liq ifodalash imkonini bermaydi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning boshqa tahlil turlaridan asosiy farqi uni tashkil etishda xo‘jalik subyektlarning bir necha yillik ma’lumotlaridan foydalanishdir. Bu esa hisob-kitob jarayonini murakkablashtiradi. Shu sababli uni tashkil etishda iqtisodiy-moliyaviy jarayonlarni modellashtirish usullaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilda xo‘jalik subyektlari faoliyatining uzluksizligi va iqtisodiy yashovchanligini tavsiflovchi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
  • xo‘jalik subyektlarining ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlari;


  • joriy to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari;


  • uzoq muddatli to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari.


Ushbu ko‘rsatkichlarning pasayishi xo‘jalik subyektlarining moliyaviy jihatdan barqaror emasligidan dalolat beradi.


Xo‘jalik subyektlarining ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlari pasayishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
  • mahsulotlar sotishdan olinadigan tushumning kamayishi;


  • sotish sur’atlari o‘sishining hisobot davri bo‘yicha beqarorligi;


  • tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish zaxiralarining kamayishi;


  • iste’mol qilinadigan resurslar miqdorini ishlab chiqarilayotgan mah- sulotlarga nisbatan oshib ketishi;


  • aylanma aktivlarning ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida bo‘lish muddatining oshishi;


  • ishlab chikarish sikli va tayyor mahsulotni omborda saqlash muddatining cho‘zilishi;


  • pul mablag‘larining harakatsiz qolish muddatining uzayishi;


  • daromad keltirmaydigan aktivlar qiymatining asossiz ravishda ortishi;


  • ishlab chiqarishdagi va muomaladagi aylanma aktivlar nisbatidagi mu- tanosiblik.


Xo‘jalik subyektlarining o‘z majburiyatlarini kelgusida bajara olmasligi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:


  • sof aktivlar va ustav kapitalining noqulay nisbati;


  • uzoq muddat zarar bilan ishlash holatining yuzaga kelishi;


  • kapital zaxiralarining kamayishi;


  • hisobot davri oxirida xo‘jalik subyektlari kapitali narxining yil boshidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan oshib ketishi;


  • aktivlar rentabelligi va xo‘jalik subyektlari kapitali bahosining nomaqbul nisbati;


  • foiz xarajatlarini qoplash koeffitsiyenti qiymatining kamayishi (marjinal foydaning to‘lov bo‘yicha foizlar summasiga nisbati);


  • xarajatlar rentabelligining sezilarli darajada kamayishi (soliqlar va foizlarni hisoblab ajratishgacha bo‘lgan foydaning xo‘jalik subyektlar xarajatlariga nisbati) ko‘rsatkichlari.


Yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik subyektlari iqtisodiy yashovchanligi ko‘rsatkichlari guruhlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, faoliyat ko‘lamining qisqarishi joriy va uzoq muddatli tashqi majburiyatlarni bajarishda moliyaviy qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, ishbilarmonlik faolligining susayishi iqtisodiy subyektning bankrotlik holatiga tushishiga olib keladi.


Demak, istiqbolli tahlil yordamida korxonaning kelgusidagi iqtisodiy-ijtimoiy natijalarining strategiyasini belgilab olish, boshqaruvni yuqori darajaga ko‘tarish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, korxonani iqtisodiy-ijtimoiy natijalarini fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lagan holda, kelgusida milliy iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ko‘rsatib berishi mumkin bo‘ladi.
Istiqbolli tahlil korxonalar faoliyatini avvaldan ko‘ra bilish yoki prognozlashtirish deb ham qaraladi.


        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə