1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Funksional qiymat tahlili



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə53/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

Funksional qiymat tahlili

Funksional qiymatli tahlil – ishlab chiqarish sikli davomida sodir bo‘ladigan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni jamlab, sodir bo‘lgan sarflarni kamaytirish yoki uni maqbul darajalarini ko‘rsatishdan iborat.

Ushbu tahlilning obyekti muayyan mahsulot, uning ishlab chiqarish jarayoni hamda texnik-texnologik tizimi hisoblanadi. Misol uchun, korxona traktor ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Demak, traktor uning obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Funksional qiymatli tahlil o‘z ichiga xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning dastlabki faoliyatlarini ham qamrab oladi, ya’ni kerak bo‘ladigan mablag‘lar, ilmiy-metodik ishlar, texnik-iqtisodiy usullar, qurollanish bazasi, oshiqcha xarajatlarni kamaytirish yoki ular uchun qo‘shimcha mablag‘larni ajratish va hokazolar. Bu ishlarning amalga oshirilishi faoliyat funksiyasini har tomonlama o‘rganib ularning sarflash kerak bo‘lgan xarajatlari bilan birga belgilanib olinishidan boshlanadi. Mazkur tahlil turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan barcha omillarni xarajatlar bilan birga bog‘liq holda tahlil qilishni ta’minlaydi.
Funksional qiymatli tahlil eng ilg‘or tahlil turi bo‘lib, obyektlarni tizimli
o‘rganish metodiga asoslanib bajariladi. Uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • funksional yondashish, ya’ni o‘rganiladigan jarayonlar asosiy, qo‘shimcha va yordamchi, keraksiz guruhlarga ajratilib o‘rganiladi;


  • mulk egalarining manfaati nuqtayi nazaridan yondashish;


  • tizimli va kompleks yondashish;


  • ijodiy yondashish;


  • istiqbolli tahlil metodlarini qo‘llash.


Ushbu tahlilning eng ijobiy tomoni o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni qanday natija bilan tugashini avvaldan aniq ko‘rsata biladi.


Funksional qiymatli tahlil odatda yetti bosqichdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
  • birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, bunda tahlil obyekti tanlab olinadi, tahlil dasturi va rejasi tuziladi hamda tahlil o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qaror rasmiylashtiriladi;


  • ikkinchi bosqich – ma’lumotlar to‘plash bosqichi bo‘lib, bunda ma’lumotlar yig‘iladi va tizimlashtiriladi. O‘rganilayotgan obyektning texnik holati va qiymat ko‘rsatkichlari o‘rganiladi, patentli axborotlar va ixtirochilik ishlari ko‘rib chiqiladi;


  • uchinchi bosqich – analitik bosqich bo‘lib, bunda to‘plangan ma’lumotlar keraklilik darajasiga qarab guruhlashtiriladi (eng asosiy, asosiy, yordamchi, keraksiz) hamda ma’lumotlarga baho beriladi;


  • to‘rtinchi bosqich – ijodiy bosqich bo‘lib, bunda vazifalar yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi, oldingi bosqichlarga moslashtirilishi, keraksiz funksiyalarni likvidlash, bir qancha funksiyalar va obyekt bo‘yicha xarajatlarni qisqartirishdan iborat;


  • beshinchi bosqich – izlanuvchanlik bosqichi bo‘lib, bunda ma’lumotlarni muhokama qilish, izlanish, kompleks baholash hamda ijodiy bosqichda qayta ishlangan takliflarni saralash, eng maqbul variantlarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat;


  • oltinchi bosqich – tavsiyalar berish bosqichi bo‘lib, bunda funksional qiymatli tahlil o‘tkazayotganlar oldingi bosqich natijalari va takliflaridan kelib chiqib yakuniy qaror qabul qilinishi lozim bo‘ladi. Funksional qiymatli tahlil natijalarini muhokama qilish va rasmiylashtirish hamda tavsiyalarning reja grafiklarini to‘g‘rilashlardan iborat bo‘ladi;


  • yettinchi bosqichda reja-grafik loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi tavsiyalarni kiritish hamda uni bajarish ishlarini olib borish.


Funksional qiymatli tahlilning asosiy maqsadi – mahsulotning (ish, xizmat) iste’mol qiymati va qiymati bo‘yicha maqbul aloqadorlilik hamda moslikni aniqlashdan iborat.


Funksional qiymatli tahlil quyidagi maqsadlarni amalga oshirishda foydalaniladi:
  • korxonaning foydasini oshirish;


  • mahsulot tannarxini pasaytirish va foydalanishdagi xarajatlarni kamaytirish;


  • ishlab chiqarilgan mahsulotni standart talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash;


Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish uchun esa quyidagi ishlarni tartibga soladi:


  1. Mahsulot ishlab chiqarishda material sig‘imi, mehnat sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish.


  2. Transport va undan foydalanish xarajatlarini kamaytirish.


  3. Qimmatbaho va import orqali olib kelinadigan xomashyolarni boshqa o‘rinbosar mahalliy materiallar bilan almashtirish.


  4. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish salmog‘ini oshirib, sifatsiz mahsulotlar yaratishni kamaytirish yoki to‘xtatish.


  5. Mehnat unumdorligini oshirish va hokazolar.


Sifat darajasini oshirishda esa quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:


  1. talab qilingan sifat ko‘rsatkichini belgilab olish;


  2. talab qilingan texnik ko‘rsatkichlar bilan ta’minlash;


D) talab qilingan darajada mahsulot ishlab chiqarish.


Yakuniy natija ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini maqbul darajada kamaytirish bo‘lib, u quyidagicha amalga oshadi:
  • mahsulot uchun sarflanadigan xarajatni mazkur mahsulotga bo‘lgan talabni oshirish bilan bir vaqtda kamaytirilishini ta’minlash;


  • xarajatlarni maqbul darajada saqlagan holda mahsulotning sifat darajasini oshirish;


  • xarajatlarni kamaytirgan holda sifat darajasini saqlab qolish va boshqalar.


Tahlilning asosiy vazifalaridan yana biri – ishlab chiqarishni texnologik jarayonida sodir bo‘layotgan barcha salbiy xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni jamlab, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdir.


Funksional qiymatli tahlilning natijalarini baholashda uch xil yondashish bo‘ladi. Bundan birinchisi muammoli yondashish, bunda milliy iqtisodiyot yoki tarmoq miqyosida ayrim muammolarning yechilishini ko‘riladi. Misol uchun, quyosh energiyasidan foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi natijasida bu sohada mamlakatda qanday muammolar hal qilinadi. Bu bilan tarmoqda, joylarda energiyaning yetishmaslik muammosi tugatildimi, kabi savollarga javob topiladi.
Ikkinchi yondashish – bu kreditli yondashishdir. Bu funksional qiymatli tahlil yordamida aniqlangan obyektning amaldagi faoliyati maqsad darajasidami, iqtisodiyotdagi ortiqcha xarajatlarni kamaytirdimi, kabi savollarni ko‘rib chiqadi.
Uchinchi yondashish – bu izlanuvchanlikdir. Bu yondashuvda funksional qiymatli tahlilning obyektida ilgari ko‘rilmagan kamchiliklarni qayta o‘rganib amaliyotga qo‘llaydi yoki qo‘shimcha fikrlar beriladi.
Funksional qiymatli tahlil asosiy kriteriylarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
  • iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ya’ni ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, tannarx, rentabellik va boshqalar.


  • texnik-konstruktorlik ko‘rsatkichlar, ya’ni yaratilgan obyektning tuzilishi va


uning iqtisodiyotda kerakligi, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki foydalanish ko‘rsatmalari, asosiy sarflanuvchi materiallar va material sig‘imi, detallarni sotib olish hajmi va hokazo.


  • ishlab chiqarish jarayonidagi keraksiz texnologik ko‘rsatkichlar – ishlab chiqarish yoki texnikani ishga solish jarayonida atrof-muhitning ifloslanishi, qiyin ishga tushirilishi yoki katta hajmdagi mehnatni talab qilishi, katta ko‘lamni egallashi va boshqalar.


  • ishlab chiqarish obyektida resurslar sarfi chegarasini belgilovchi ko‘rsatkichlar. Bunda fizik-texnik resurslar zaxirasi, foydalanishdagi resurslar zaxiralari, texnologiyani qo‘llab-quvvatlash va obyektni loyihalashdagi, obyekt hujjatida talab qilgan me’yordagi resurslar sarfini kafolatlash kabi ma’lumotlar o‘rganiladi.


Ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot barcha boshqaruv organlariga uning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatilgan holda taqdim etilishi lozim.


Funksional qiymatli tahlil yordamida ko‘rsatilgan reja ijobiy deb topilsa uni amalda ko‘rsatib, tashviqot ishlari olib boriladi.
Tashviqot ishlari aniq dalillar orqali, isbotli olib borilishi lozim.
Iqtisodiy tomondan obyektni to‘g‘ri moliyalashtirish va ishni olib borish tartibi belgilanadi. Shu bilan birga iqtisodiy shartlari, uning uzoq muddatga mo‘ljallanganligi, bajaradigan ishining bir qancha yil davom etishi kabi qirralari ko‘rsatildi. Agarda funksional qiymatli tahlilda ko‘rsatilgan reja davrlar o‘tishi bilan o‘zgartirish ishlariga muhtoj bo‘lsa, buni avvaldan ko‘rsatish va ko‘rsatilgan davrda amalga oshirishni ta’minlash lozim. Bu o‘zgartirishlarga me’yoriy xarajatlari, ishchilarning qisqarishi va hokazolar kiradi.
Asosiy vazifalar amalga oshirilgach, tayyor bo‘lgan obyektga shart-sharoit yaratilishi zarur. Obyekt tayyor bo‘lgach, uni iste’molchilar tomonidan tezlik bilan sotib olinishiga harakat qilinishi kerak. Bunda obyektning bajaradigan vazifalari iste’molchilarga to‘liq yetkazilishini ta’minlanhdan iborat.
Funksional qiymatli tahlil injenerlik, iqtisodiy, huquqiy, texnologik masalalarning barchasini mujassamlashtirgan holda jarayonlar va hodisalarni oxirgi natijasidan avvalroq bilib, o‘rganib turadigan tahlil turidir. Bu tahlil turi eng rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida amalda qo‘llanilib, katta ijobiy yutuqlarga erishilgan.
Funksional qiymatli tahlilning shu bilan bir qatorda salbiy taraflari ham mavjud bo‘lib, unda barcha bajariladigan ishlar eng optimal variant, deb qaraladi va yangi texnologiyalarning kirib kelishini sekinlashtiradi. Chunki bu ishlar oldindan ko‘rilgan optimal variant va uzoq davrga mo‘ljallangan, deb qaraladi. Bu salbiy taraflarning oldini olish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat kuchlari qatlamining ma’naviy tarafdan boyligini oshirib borish lozim.
Funksional qiymatli tahlilda iqtisodchilar bilan bir qatorda injener, texnolog, oddiy ishchilarning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qatnashuv darajasini takomillashtirish ishlari ham ko‘rib chiqiladi. Umuman bu tahlil har bir faoliyatni aniq o‘lchangan va natijalashtirgan holda ko‘radi.

        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə