1-mavzu: iqtisodiyotga kirish


SO`NGGI YARIM ASRDA IQTISODIYOT KO`PLAB MUAMMOLI MAVZULARNI QAMRAB OLMOQDA



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#142240
1   2   3   4   5
икт.кириш

SO`NGGI YARIM ASRDA IQTISODIYOT KO`PLAB MUAMMOLI MAVZULARNI QAMRAB OLMOQDA
Iqtisodiyot moliyaviy bozorlar, shu jumladan foiz stavkalari, valyuta kurslari va aksiyalar narxini tahlil qiladi
Ba'zi kishilar yoki mamlakatlarning mamlakatlar yuqori daromadga ega bo`lish sabablarini boshqa mamlakatlar yoki kishilar qashshoq bo`lgan bir paytda o`rganadi va qanday qilib iqtisodiyotga zarar etkazmasdan qashshoqlik darajasini kamaytirish mumkinligiga tahliliy yondashadi
Kredit, ishsizlik va inflyatsiyadagi tebranishlar, ya`ni iqtisodiy tsikllarini o'rganadi hamda ularni barqarorlashtirish yo`llarini ishlab chiqadi
Xalqaro savdo va moliya masalalarini hamda globallashuv oqibatlari, ayniqsa erkin savdo uchun mavjud bo`lgan to`siqlar bilan bog`liq murakkab muammolarini o'rganadi
Barqaror iqtisodiy o'sish, resurslardan samarali foydalanish, to'liq ish bilan ta'minlash, narxlarning barqarorligi va daromadlarni adolatli taqsimlash kabi muhim maqsadlarni amalga oshirish uchun hukumat siyosatidan qanday foydalanish mumkinligini tadqiq qiladi
IQTISODIYOT
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Iqtisodiyot nazariyasidagi yangi oqimlar
(XIX asr oxiri va XX asr boshlari )
Marjinalizm vakillari (marginal – keyingi, qo‘shilgan) – keyingi tovar nafliligi, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borishi qonuni bu oqimning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Marjinalizm asoschilari K.Menger, F.Vizer, Ye.Bem-Baverk, U.Jevons hisoblanadi.
Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall) bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini ilgari suradi. Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‘rsatadi. Funksional bog‘lanish g‘oyasini asoslaydi, bozor narxini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat deb hisoblaydi.
Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlar modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining kuchlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan.
Keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. J.M.Keyns “Bandlik foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 y.) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə