1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


§ 1.4.Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari



Yüklə 25,09 Kb.
səhifə3/8
tarix12.08.2023
ölçüsü25,09 Kb.
#120521
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu JIXIM

§ 1.4.Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari

. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo konsepsiyasi


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan kо‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida rо‘y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80%i tashqi savdoning ulushiga tо‘g‘ri keladi.
Dunyoda mavjud bо‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha “dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda kо‘rinadi. Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sog‘lom iqtisodiyotni hosil qila olgani yо‘q”.
“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq tо‘lanadigan olib kirishi, ya’ni, import va haq tо‘lanadigan olib chiqish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning hak tо‘lanadigan tovar aylanmasi yig‘indisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi va x.k.
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari о‘z tarixiga ega, albatta. Mamlakatlarning nima sababdan о‘zaro oldi-sotdi kilishi masalasi XVII asrning boshlaridanoq iqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Endigina vujudga kelgan iqtisodiy ta’limot maktablari tashki savdoni rivojlantirishga о‘z e’tiborlarini karatishgan.


Xalqaro savdoning klassik nazariyalari
Merkantilistik nazariyasi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotning bir yо‘nalishi bо‘lib, u yevropalik olimlar (Tomas Mun (1571-1641), Charles Davenant (1656-1714) Jaen Baptiste Colbert (1619-1683), Sir William Petty (1623-1687)) tomonidan ishlab chikilgan. Merkantilistlar ishlab chiqarishning tovar tabiatiga urg‘u berishgan.
Merkantilistlar nuqtai nazariga kо‘ra, dunyo cheklangan mikdordagi boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fakatgina boshqa mamlakatning kambag‘allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning kо‘payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bо‘lganligi bois, har bir mamlakatga kuchli iqtisodiyotdan tashkari armiya, xarbiy va savdo flotini о‘z ichiga olgan kuchli davlat "mashina"si ham kerakki, u mamlakatning boshka mamlakatlardan ustunligini ta’minlay olsin.
Merkantilistlarning xalqaro savdo nazariyasi uchun sezilarli hissasi shundaki, ular mamlakatning iqtisodiy tarakkiyotida xalqaro savdoning ahamiyatini kayd etdilar va uni rivojlantirish modellaridan birini ishlab chikdilar. Ular zamonaviy iqtisodiyotda ishlatiladigan tо‘lov balansi tushunchasini birinchilardan bо‘lib izohlab berishgan.
Merkantilistlar dunyokarashlarining chegaralanib kolganligi shundaki, ular bir mamlakatning boyishi fakatgina u savdo olib borayotgan boshka mamlakatning kambagallashuvi xisobiga yuz berishi mumkin deb xisobladilar, xalqaro iqtisodiyot rivojlanib borishini, binobarin mamlakatning rivojlanishi mavjud boylik chegarasida emas, balki bu boylikni kupaytirish xisobiga ham yuz berishi mumkinligini tushuna olmadilar. Birok bir muncha keyinrok vujudga kelgan fiziokratlar ta’limotlaridan farkli ularok, merkantilistlarning karashlari ilmiy tafakkurni xalqaro iqtisodiyotda klassik maktab goyalari tomon undadi.



Yüklə 25,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə