1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Korney Ivanovich Chukovskiy ertak-dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə38/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Korney Ivanovich Chukovskiy ertak-dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar.

H ozirgi zamon rus bolalar adabiyotining ulkan daholaridan biri Korney Ivanovich Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, taniqli olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan soʻz ustasi edi. U oʻz asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlarni — rahmdillik va insoniylik, doʻstlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targʻib etadi. K. Chukovskiy bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qilishni oʻzi uchun katta baxt deb biladi.
Kichkintoylar va ularning adabiyotini umr boʻyi ardoqlagan Korney Chukovskiy 1882 yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Tez orada Chukovskiylar oilasi Odessaga koʻchadi. Bu yerda ona ming mashaqqat bilan oʻgʻlini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa choʻzilmaydi. „Oshxona xizmatchisining oʻgʻli“ boʻlganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan haydaladi.
Korney oilaga koʻmaklashish, tirikchilik oʻtkazish maqsadida turli yumushlarni bajarishga majbur boʻladi. Shunga qaramay, u boʻsh vaqtlarida mustaqil oʻqishga, Pushkin, Nekrasov, Chexov asarlarini mutolaa qilishga harakat qiladi.
Chukovskiyning dastlabki „Sanʼat nima?“ maqolasi 1901 yilda „0^eccKHe hobocth“ gazetasida bosilib chiqqan. 1903 yilda u gazeta muxbiri sifatida Angliyaga boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh toʻlamay qoʻyadi. U Britaniya muzeyiga ishga kirib, tirikchilik oʻtkazishga majbur boʻladi.
1905 yilda K. Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda „Signal“ degan jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal sahifalarida chor hukumati siyosatiga qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi.
Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti toʻgʻrisida koʻplab maqolalar yozadi. 1907 yilda „Bolalar tili“ asari maydonga keladi.
K. Chukovskiy dastlab M. Gorkiy hikoya qilib bergan sujet asosida bugungi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan, badiiy baquvvat „Timsoh“ ertagini yozdi. 1918 yilda esa „Archa“ nomli toʻplami bosilib chiqdi. Oʻsha yili „Jahon adabiyoti“ nashriyotiga ishga kirdi. 1919 yilda N. A. Nekrasov asarlarining toʻla toʻplamini nashr ettirdi.
Shu yillarda uning mashhur „Moydodir“, „Suvarakxon“ ertaklari, „Kichik bolalar“ kitobi bosilib chiqdi.
„Pashsha — xarxasha“, „Barmaley“, „Telefon“, „Fedora oʻtkazgan alam“, „Oʻgʻirlangan quyosh“, „Doktor Voyjonim“, „Filinisa kitob oʻqir“, „Kirpilar kuladi“ asarlari Korney Chukovskiyning nomini olamga yoydi, kitobxonlar hurmatini qozondi.
Korney Chukovskiyning ertak-poemalarida ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin kurash boʻrtib turadi. Masalan, shoirning „Moydodir“ asarida bolalarning odobli, ozoda, har doim toʻgʻri soʻz boʻlishi va tozalikka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan.
Asar qahramoni qator fazilatlarga loyiq. Lekin bir aybi bor, faqat kir-chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xizmat qiluvchi barcha narsalar ish tashlaydi, undan yuz oʻgirib qochib ketishadi. Bola voqeaga tushunmay, xafa boʻlib turganida joniga yuz-qoʻl yuvgich — Moydodir oro kiradi.
Yosh kitobxon hamisha hayvon, jonivor va hasharotlar haqidagi voqea-sarguzashtlarni sevib oʻqiydi. K. Chukovskiyning „Suvarakxon“ asari ham kichkintoylarning sevimli asarlaridan hisoblanadi. Asarda shoir hayvon, hasharot va yirtqichlarning tuzilishlari, feʼl-atvorlari, dovyuraklik va qoʻrqoqliklari toʻgʻrisida bahs yuritadi:
Shoʻrlik, baxtsiz hayvonlar
Boʻkirib, dodlab yigʻlar!
Har bir uyada
Gʻor-u qiyada —
Ochkoʻz yovga
Tiz choʻkar.
Ana shunday vaziyat tugʻilib turgan paytda paydo boʻlib qolgan chumchuqning tadbirkorligi, ishbilarmonligi, chaqqonligi qoʻl keladi, u suvarakni tiriklayin yutib yuboradi. Shu zaylda chumchuq oʻrmon-u quruqlikda yashaydigan qushlar, jonivorlar, hayvon va yirtqichlarni ozodlikka, erkka, baxtli va totli hayotga olib chiqadi. Bu voqea esa bolalarning estetik didlarini oshiradi, hayvonot olamiga nisbatan qiziqishlarini shakllantiradi, onaVatanga boʻlgan mehr-muhabbatlarini kamol toptirishda yetakchi omil hisoblanadi.
Shoirning „Doktor Voyjonim“ asari bir umr bolalarga shodlik-quvonch bagʻishlab kelmoqda. Doktor Voyjonimning oqkoʻngilligi, mehribonligi, jonkuyarligi, hayvonlar bilan inoq, doʻstligi ibratomuz chizib berilgan.
Hayotda nimalar boʻlmaydi deysiz! Hayot ajoyib-gʻaroyib voqealarga boy. K. Chukovskiy mana shunday voqealar baʼzi befahm, farosatsiz bolalar bilan ham sodir boʻlib qolishi mumkin, deydi. Mura oʻy oʻylamaydigan, fahm-farosat bilan ish koʻrmaydigan qizcha. U bilan juda kulgili voqea yuz beradi. Shoir „Muraga „Ajoyib-gʻaroyib daraxt“ ertagini oʻqib berishganida, u nima qildi?“ sheʼrida oʻylamay, aql ishlatmay tuflisini bogʻ maydoniga ekib, ostini yumshatib, suv quyib, kulgili ish qilganligini tanqid qiladi:
Mura yechib tuflisin,
Bogʻga koʻmib, der sekin:
— Oʻs, oʻsaqol, tuflicham,
Boʻy choʻzaqol, tuflicham!
Endi jajji tuflicham
Oʻz qoʻlimdan suv ichar.
Niholcham boʻlar daraxt,
Ulkan, gʻaroyib daraxt!
Pishib bosonojkalar
Daraxt sari yoʻl olar,
Qip-qizil sapojkalar:
— Yulib oling! — deb qolar.
Shoirning „Mechkay“ asarida ham shunday kulgili, taʼsirli mavzu yotganligini koʻramiz. K. Chukovskiy taʼkidlab oʻtganidek, baʼzi bolalar boʻladiki, yaxshi oʻqish, ozoda boʻlish, yuvinibtaranib yurish oʻrniga koʻproq ovqat yeyish niyatida yuradilar. Haddan ziyoda koʻp ovqat isteʼmol qilish odamni kam oʻylaydigan qilib qoʻyishini, yaxshi oʻqish, ibratomuz ishlarni amalga oshirishda unga pand berishi mumkinligini tushunmaydigan bolalar onda-sonda uchrab turishini boplab tanqid qiladi:
…Teshik kulcha juda soz
Oʻttiz bogʻlamin shovvoz,
Bir-bir yutay deb yechgan,
Toʻrt xumcha sutni ichgan.
Soʻng urib qirq toʻrt quymoq
Singlim xoʻp ozgan, biroq
Koʻplarni hayron etgan,
Eshikka sigʻmay ketgan.
Korney Chukovskiy sevimli shoir, isteʼdodli adib, shuningdek, yirik adabiyotshunos olim boʻlibgina qolmay, bilimdon tarjimon ham edi. Uning „Ikkidan beshgacha“ nomli mashhur tadqiqotida kichik yoshdagi bolalarning xarakter xususiyatlari, nutqi va ruhiyati xususida qiziqarli hayotiy maʼlumotlar beriladi.
Ulkan soʻz sanʼatkori Korney Chukovskiy bolalar qalbini toʻlqinlantiradigan, hayajonga soladigan kitoblar muallifi sifatida hurmatga sazovor. Eʼzozli muallifning umri, bosib oʻtgan hayot yoʻli ham xuddi kitoblari singari eʼzozlanadi.
8.Samuil Yakovlevich Marshak asarlarining janrjihatdan rang-barangligi.
(1887–1964)
Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotida Samuil Yakovlevich Marshakning roli katta. U rus bolalar adabiyotida kichkintoylar uchun katta sheʼriyat yaratib bergan ulkan sanʼatkor, taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir.S. Marshak 1887 yilda Voronej shahrida tish texnigi oilasida tugʻildi. Boʻlajak sanʼatkorda shoirlik isteʼdodi juda erta uygʻondi. “Toʻrt-besh yoshlarimda, – deb eslaydi shoir, – sheʼrlar yoza boshladim. Oʻn bir yoshlarimda, bir qancha poemalar yaratdim. Goratsiyning “Odamlar”ini tarjima qildim”.
S. Marshak 1897-yilda Ostrogoj gimnaziyasiga oʻqishga kiradi. Bu yerda boʻlajak shoir oʻz zamonasining yetuk sanʼatkorlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906 yildan boshlab feletonlari, sheʼr hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi.
S. Marshak 1912 yilda Angliyaga joʻnaydi. London universitetining sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi. Taʼtil kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktablarida boʻladi. Ingliz xalq qoʻshiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi. Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Tagor va boshqalarning sheʼr va poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi.
1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan chambarchas bogʻlanib ketadi. U 1915–22 yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri boʻlib kamol topishida katta rol oʻynaydi.
S. Marshak 20 yillarda oʻzining sheʼr, ertak va poemalari bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. “Qayerda ovqatlanding, ey chumchuq”, “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, “Sirk” va boshqa shu kabi mashhur asarlari oʻsha yillarda maydonga kelgan edi.
1939 yilda Marshakning “Petya nimadan qoʻrqar edi?”, “Korablcha” singari mashhur sheʼrlari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etdi. Ayniqsa, 1943 yilda yaratilgan “Oʻn ikki oy” nomli ertakdramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida mashhur boʻlib ketdi.
“Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud boʻladi, u olamga bolalar nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish koʻradi,” – degan shoir bir umr bolalarni sevdi, ular uchun gʻoyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratish uchun tinmay ijodiy ish olib bordi.
S. Marshakning nomini olamga yoygan, bolalar shoiri sifatida tanitgan sheʼrlaridan biri “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”dir.
Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga mos boʻlgan qiziqarli sujet topa olgan. Kimki oʻziga ortiqcha oro bersa, oqibatini oʻylamay koʻr-koʻrona ish tutsa, oʻzidan kattalarning pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda koʻp narsa yutqazadi, oʻz baxtini qoʻldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy gʻoyaviy mazmunini tashkil etadi.
Kichkintoylarning otaxon shoiri S. Marshak bu asarda turli hayvon va jonivorlar misolida ularning yashash sharoitlari, tovushlari, qolaversa yemak ovqatlari bilan ham yosh kitobxonlarni oshna qiladi.
S. Marshak “Yongʻin”, “Pochta”, “Musobaqalar doskasi” asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi.
S. Marshak yaratgan juda koʻp qahramonlarni oʻzi shaxsan tanigan, bilgan yoki eshitgan boʻladi, baʼzan esa gazeta materiallari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, hayotiy prototipi mavjud. Jumladan, student V. Burskiy (“Nomaʼlum qahramon haqida qissa”), Igor Chkalov (“Qahramonning oʻgʻli”), Katya Budanova (“Katya Budanova”), Seryoja Smirnov (“Sizning kitobingizni qanday nashr qiladilar?”) va boshqalar shunday qahramonlar sirasiga kiradi. Shoir “Nomaʼlum qahramon haqida qissa” poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish bilan 30 yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon qiyofasini yaratish yoʻllarini koʻrsatib berdi.
S. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi bir-biriga mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat koʻrsatishga tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy, kamtarin, oʻzlarining qoʻlga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari, erishgan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manmanlikka berilmasliklarini, oddiy hayotiy detal – oʻt ichida qolgan bir qizchaning hayotini saqlab qolgan bola misolida tasvir etadi. Bola, mana, koʻrib qoʻyinglar, men jasorat koʻrsatdim, deya koʻkragiga urib maqtanish oʻrniga, tezgina odamlar orasiga kirib, koʻzdan gʻoyib boʻladi. Bu qahramonni keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi.
Hozir ham oʻquvchilar oʻrtasida maktab jihozlarini asrabavaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir oʻzining “Stol kelgan qayerdan?” degan sheʼrida maktab jihozlari oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan qancha vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini tushuntirib beradi.
“Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va bilimdoni,” – deb yozgan edi M. Gorkiy. Bunday yuksak maqtovga S. Marshak halol mehnati, kichkintoylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə