1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə51/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Tayanch so’z va iboralar: Zafar Diyor, Sh.Sahdulla, badiiy tasviri, janr rang-barangligi va
badiiy xususiyatlari, obrazlar talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi,Sulton Jo‘ra, ilmiy-ommabop, Hakim Nazir, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar, Po‘lat Mo‘min,n Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik, Xudoyberdi To‘xtaboyev, “Sariq devni minib”, “Qasoskoming oltin boshi”, “Besh bolali yigitcha” i.
IPT-sharhlovchi ma’ruza.
IAT- mavzuga doir video ma’ruza, slayd.
Adabiyotlar: I [1,2,]; II [3,4,6]; III [16,17,19,20,21], IV, V,VI
She’rlarni tahlil qiling:
BINAFSHA
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog‘ aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko‘ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!
KAPALAK
Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To‘xta, so‘z!ayin andak.
Uchrataman har kuni
Seni har kun bog‘chamda,
So‘rib gullar sharbatin
O‘ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko‘chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do‘st bilaman o‘zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Uch, uchaver, uchaver,
Go‘zal bog‘cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman
Sevgim, fikrim bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do‘st bo‘laylik ikkimiz,
To‘xta, so‘zlayin andak!


TO‘P
To‘pim, to‘p-to‘p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Havolanib nariga —
Do‘stlarimga yetasan.
O‘ynatasan ko‘zimni
Hovliqtirib o‘zimni.
Biroz ko‘proq o‘ynasam,
Terlatasan yuzimni.
Senga sira to‘ymayman,
Bo‘sh ekanman qo‘ymayman.
Ovunchog‘im, — deb seni
Do‘stlarim-la o‘ynayman.
To‘pim, to‘p-to‘p etasan.
Ursam uchib ketasan.
Handalakdek yumalab
Bizni xursand etasan.

Shukur Sa’dulla she’rlari tahlili:


АЙИҚ
Ўрмонда бўлганмисиз?
Айиқни кўрганмисиз?
Устида пўстини бор,
Писанд эмас унга қор.
Мен унинг наслиданман,
Айиқнинг аслиданман.
Отамдан қолди пўстин,
Ўша пўстин менга тўн.
Фарқим шу: мен қўғирчоқ,
Болаларга ўйинчоқ!
БУЗОҚ
Мен бузоқман, бузоқман,
Шохим чиққан — сузоқман.
Лекин юмдалаб тортманг,
У ён-бу ёнга отманг.
Ифлос ерга йўлатманг,
Ўйинчоқман, қулатманг.
Буксангиз қайриламан,
Оёқдан айриламан.
Сигир болмайман унда,
Қаймоқ бермайман кунда.
Майли, ўйнанг эрта-кеч,
Лекин озор берманг ҳеч!
ТОЙЧОҚ
Тойчоғим бор — учқур от,
Қуралай кўз —тулпор зот.
Эгар-жабдуқ ураман,
Миниб, олға сураман.
Ўзи ёғоч, ёли қил,
Овунчоғим, олға ел!
УЛОҚЧАМ
Кичкина қора — улоқ,
Ўйнар ошиб умбалоқ,
Мен билан иноқ, ўртоқ.
Кўкат берсам ямлайди,
Орқамдан ҳеч қолмайди.
Каппалайди ўт берсам,
Ўйнайди қулоч керсам,
Сузади мушт ўқталсам.
Бошчасида шохи бор,
Думчасида оқи бор.
МИТТИ
Митти деган мушугим,
Ўтакетган олғир, шум.
Митти пойлаб туради.
Сичқонвойни кўради.
Сичқон мушукни кўриб,
Қочар тешикка уриб.
Сичқон қочиб қутулар,
Мушук эса тутилар.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə