1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə65/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Kitob, mening do’stimsan!
Zafar Diyor kitobning mohiyatini bolalar ongiga oson singdirishda jonlantirish
vositalaridan ustalik bilan foydalana olgan. SHoir kitobni bola tilidan shunday ta’riflaydi:
Har sahifang men uchun
Bir hikoyat so’zlaydi,
— O’qib, odam bo’lgin, — deb
Yaxshi niyat ko’zlaydi.
SHoir kitobni bolaning eng yaqin, mehribon do’sti, g’amxo’r o’rtog’i deb ko’rsatgach, uni
jon-dildan sevgan bolaning jonli qiyofasini chizadi:
Seni jondan sevaman,
Meni tilga o’rgatding,
Hadya qilib ilm-fan,
Yorug’ yo’llar ko’rsatding.
SHoir kitobning mohiyatini bolalarga yanada chuqurroq anglatishda, uni ta’sirchan qilib
gavdalantirishda: «Baxtim kular kitobdan», «Quvnab bahrim ochilur», «Yosh o’ynoqi ko’zlarim
shuur olar kitobdan» kabi istioralarni ishlatib, she’rning badiiy ta’sirchanligini oshirgan.
Zafar Diyor ikkinchi jahon urushi yillarida hozirgi «O’zbekiston ovozi» gazetasida adabiy
xodim bo’lib ishladi. Ayni chog’da, u tinmay samarali ijod etdi. SHoirning «G’unchalar»,
«Serquyosh o’lka», «Ona qo’shig’i», «Bizning oila», «Qahramon», «Tankist», «Ulug’ bayram»,
«Qurol bering menga ham», «Qahramonning kelishi», «Biz yashamoq istaymiz», «Qo’riq-
chilikda» singari jangovar she’rlari shu yillarda yaratilgan.
Zafar Diyor baxtli bolalarning go’zal bog’lardan, chamanzorlardan, rang-barang
gullardan, bahordan olgan quvonchini «Bahor keldi», «Orzu», «Qaldirg’och», «Qushlar haqida
qo’shiq», «Binafsha» kabi she’rlarida sodda, ravon tilda, ohangdor, yengil qofiyali, o’ynoqi
misralarda shoirona talqin etadi va ular qalbida hayotga mehr uyg’otadi.
Zafar Diyor bugungi o’zbek bolalar dramaturgiyasi taraq-qiyotiga ham barakali hissa
qo’shdi. U bolalar hayoti haqida «Baxtli yoshlik», «Yosh vatanparvarlar», «Omonat», «Uch
og’ayni» kabi qator dramalar ham yozgan.
O’zbek bolalar nasrini rivojlantirishda Zafar Diyor ham o’z hissasini qo’shgan. Uning
«Jo’natish», «CHo’pon qizi», «Nojo’yaliklar» kabi hikoyalari shular jumlasidandir.
Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi. U bolalarning
turmushi, talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ularning ruhiyatini puxta bilganligi
uchun bolalarning yoshiga, ong-tushunchasiga moslab, g’oyaviy-badiiy jihatdan puxta asarlar
yaratdi.
SHoir o’zining qo’shiq va she’rlarida hamda boshqa asarlarida yosh kitobxonlarni ulug’
yurtimizning behisob boyliklari bilan faxrlanishga, kelgusida yaxshi hayot bunyod etishlari
uchun astoydil kurashuvchi, ongli, madaniyatli, vatanparvar kishilar bo’lib yetishish uchun a’lo
baholar bilan o’qishga chaqiradi. U yosh avlodni mehnatga muhabbat bilan qarashga, rostgo’y va
intizomli bo’lishga undadi, ularda vatanparvarlik, do’stlik tuyg’ularini o’stirishga katta e’tibor
berdi. Uning asarlari davr bolalari va yoshlari uchun zavq bag’ishladi, ularni o’qish-o’rganish va
kamol topish uchun kurashga ruhlantirdi.
O’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga she’r va qo’shiq, doston va ertaklari bilan juda
katta hissa qo’shgan Zafar Diyorning asarlarini bolalar hamon sevib o’qiydilar va yuksak
qadrlaydilar.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə