1-mavzu: Kirish. “Metrologiya, standartlashtirish ва sertifikatlash” fanining maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#148002
1   2   3
1-mavzu Kirish. “Metrologiya, standartlashtirish ва sertifikatl

Sertifikatlashtirish - deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari‖ qo‘llanmasiga kirgazilgan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchun ham metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriат yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari fani qishloq xo‘jalik, texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari" bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o‘lchash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘satkichi) bo‘lishi kerak. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan (1.1. rasm).


Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə