1-mavzu: kompyuter texnik vositalari

Yüklə 6,55 Mb.
səhifə6/83
tarix11.12.2023
ölçüsü6,55 Mb.
#146449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Kasb-hunar maktabi

Nazorat uchun savollar:
1.Tizimli plata qanday qurilma ?
2.Tizimli plataning tuzilishini ayting?
3.Tizimli plataning tashkil etuvchilari va ularning vazifalarini ayting .
4.Yordamchi mikrosxemalar ( chipset) haqida gapiring.
5.Shinali arxitektura tashkil etuvchilarini ayting?

3-MAVZU: TIZIMLI PLATA XARAKTERISTIKALARI
Reja:

  1. Ona plata 

  2. Ona plataning form-faktori 

Ona plata (inglizcha: motherboard, MB, yoki inglizcha: mainboard — bosh plata; hisoblanadisleng. ona) — Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari — tezkor xotira,qattiq disk va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.
Ona plataga oʻrnatiladigan asosiy qurilmalar:

  • Markaziy protsessor (CPU).

  • Tizimning mantiqiy yigʻindisi (chipset — inglizcha: chipset) — Markaziy protsessor (CPU)ni tezkor xotira va periferik qurilmalar kontrollyoʻrlari bilan ulanishni taʼminlovchi mikrosxemalar yigʻindisi. Odatda, zamonaviy tizimning mantiqiy yigʻindisi: „Shimoliy“" va „Janubiy“ koʻpriklar asosida quriladi.

  • Shimoliy koʻprik (inglizcha: Northbridge), MCH (Memory controller hub), tizim kontrollyori.

  • Janubiy koʻprik (inglizcha: Southbridge), ICH (I/O‘controller hub), periferik kontrollyor.

Ona plataning form-faktori — bu ona plataning xajmi, mahkamlash joylari, protsessorning qay tartibda oʻrnatilishini aniqlovchi standart.

  • Eskirgan: Baby-AT; Mini-ATX; polnorazmernaya plata AT; LPX.

  • Zamonaviy: ATX; microATX; FlexATX; NLX; WTX, CEB.

  • Kiritilayotgan: Mini-ITX i Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX i PicoBTX

Shunday ona platalar bor hech qaysi form-faktorga mos kelmaydi. Mashxur ona plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar:Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock.
Ona plataning oʻrnatilgan modelini DMI orqali bilish mumkin. Linuxda dmidecode utilitasi orqali, Windowsda — SIW yoki AIDA64 orqali bilib olish mumkin.
Mobil kompyuterlarning (noutbuk) ona platasi stoʻl kompyuterlarining ona platasidan ancha farq qiladi va ularda koʻp qurilmalar oʻrnatilgan boʻladi. Masalan, (videokarta), oddiy kompyuterlarda ona plataga oʻrnatiladi. Bu, oʻz navbatida, noutbuklarning oz quvvat ishlatishga va xajmini kichikligini taʼminlaydi.
4-MAVZU: PROTSESSORLAR ARXITEKTURASI
Reja:
1. Protsessor arxitekturasi
2. Protsessor arxitekturasi turlari
3 Tizimni boshqarish vazifasi 
Protsessor inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi. Asosiy qismlari: arifmetik mantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetik mantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, Protsessor ishini nazorat qiladi. Protsessor da bulardan tashqari, oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor.

Tizimni boshqarish vazifasi xotira (X) va kiritish-chiqarish tizimi (KChT) bilan xotira kanali va kiritish-chiqarish kanali orqali ulangan Markaziy Protsessorga (MzP) yuklanadi. Markaziy Protsessor xotira ichidan muayyan dasturni shakllantiruvchi komandalarni solishtirib chiqarib, ularning kodini ochadi. Komandalar kodi ochilishining natijasiga muvofiq MP xotira va kiritish portlaridan ma’lumotlarni tanlab olib, ularga ishlov beradi va xotiraga yoki chiqarish portlariga qaytarib yuboradi. Shu bilan birga ma’lumotlarni MP ishtirokisiz ham xotiradan tashqi qurilmalarga va aks yo’nalishda kiritish- chiqarish imkoniyati mavjud. Bunday mexanizm xotiraga to’g’ridan-to’g’ri kirish (XTTK) deb ataladi. MP tizimining har bir tarkibiy qismi etarlicha murakkab ichki tuzilishga ega.

Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraganda MP tanlash fursatida mikroprotsessor imkoniyatlarining ma’lum darajada umumlashtirilgan kompleks tavsiflariga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqaruvchi mutaxassis MPning faqat dasturlarda ochiq aks etadigan hamda tizim ishining chizmalari va dasturlarini tayyorlash mobaynida inobatga olinishi lozim bo’lgan komponentlarini anglab olib, o’zi uchun tushuncha hosil qilib olishga ehtiyoj sezadi xolos. Bunday tavsiflar mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi orqali belgilanadi.

Protsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy tuzilish bo’lib, Protsessor tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko’ra protsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi.
Protsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi:
Protsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi:
Protsessor tuzilishini, ya’ni protsessorni tashkil etadigan tarkibiy qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi uchun protsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir);
Ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini;
Tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo’lgan barcha elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar uyalariga, tashqi qurilmalarga ma’lum manzil bo’yicha murojaat qilish);
Protsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar to’plamini;
Protsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib keladigan boshqaruvchi so’zlar va signallar tavsifini;
Protsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib keladigan boshqaruvchi so’zlar va signallar tavsifini;
Tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni
Protsessor tizimining xotira bo’shlig’ini shakllantirish usuliga ko’ra Protsessor arxitekturalari ikkita asosiy turga bo’linadi.

Yüklə 6,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə