1-Mavzu: Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining rivojlanishi. Reja


BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari



Yüklə 181,94 Kb.
səhifə2/8
tarix27.12.2023
ölçüsü181,94 Kb.
#162182
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish

BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari :


  1. “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi” (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979-yil 17-dekabrda qabul qilingan);

  2. Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar (BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyusiyasi bilan 1989 yil 24 mayda qabul qilingan);

  3. Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro xulq-atvor kodeksi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996-yil 12-dekabrda qabul qilingan);

  4. BMTning Xalqaro tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996-yil 16-dekabrda tasdiqlangan);

  5. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1999 yil 9 dekabrda qabul qilingan);

  6. BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan);

  7. BMT Forumining ofshorlar bo‘yicha Kommyunikesi (Kayman orollari, 2000-yil 30-31-mart);

  8. BMT Bosh kotibining korrupsiyaga oid ma’ruzasi (Vena, 2001-yil 8-17-may);

  9. Korrupsiyaga qarshi kurash choralari. Pulni tozalashga qarshi kurash choralari. Jinoyatchilik va odil sudlov: XXI asr chorloviga javoblar to‘g‘risidagi Vena deklaratsiyasini amalga oshirish harakat Rejasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2002-yil 15-aprelda qabul qilingan)

  10. BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003-yil 31-oktyabrda qabul qilingan).

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar :
1) Jinoyatchilikka qarshi kurashda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchi- davlatlarning hamkorligi to‘g‘risidagi Kelishuvi (Moskva, 1998-yil 25-noyabr);
2)“Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XXII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 2003-yil 15-noyabr);
3)“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XIII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1999-yil 3-aprel);
4)“G‘ayriqonuniy yo‘ldan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshilik qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1998-yil 8-dekabr);
5)“Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi tav¬siyaviy qonunchilik akti (MDH Parlamenlararo assambleyasining qarori bilan qabul qilingan 1996-yil 2-noyabr).
6) Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 2011-yil 16-iyun)
Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu - shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ―BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008-yil 24-iyunda qabul qilindi va 2008-yil-27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008-yil 28-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi .
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi muqaddima hamda 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-bobda (1-4) umumiy qoidalar, 2-bobda (5-14) korrupsiyaning oldini olish choralari, 3-bobda (15-42) jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati, 4-bobda (43-50) xalqaro hamkorlik, 5-bobda (51-59) aktivlarni qaytarish bo‘yicha choralar, 6-bobda (60-62) texnik yordam va ma’lumot almashinuvi, 7-bobda (63-64) amalga oshirish mexanizmlari, 8-bobda yakuniy qoidalar aks etgan.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga bir nechta bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shilgan.

Yüklə 181,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə