1. Xorijiy davlatlardagi byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish yo'llari va mexanizmlari haqida nimalarni bilasiz?



Yüklə 16,31 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü16,31 Kb.
#180391
MaxmudovMsmmt80.S


12-variant
1. Xorijiy davlatlardagi byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish yo'llari va
mexanizmlari haqida nimalarni bilasiz?
2. O'zbekiston Respublikasida davlat qarzi, uning tarkibi va molialash
manbalari to'g'risida nimalarni bilasiz?
3. Iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
nimalarda namoyon bo'ladi?

1.Soliq-byudjet siyosati hukumatning iqtisodiyotni nazorat qilish va ta'sir qilish uchun xarajatlar darajasi va soliq stavkalarini to'g'irlash vositasidir. Bu pul-kredit siyosatining asosiy strategiyasidir va u orqali markaziy bank mamlakat pul massasiga ta'sir qiladi. Ushbu ikkita siyosat turli xil kombinatsiyalarda mamlakatning iqtisodiy maqsadlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu erda fiskal siyosat qanday ishlaydi, uni qanday monitoring qilish kerak va uning amalga oshirilishi iqtisodiyotdagi turli odamlarga qanday ta'sir qilishi mumkinligi ko'rib chiqilgan.1929 yil 29 oktyabrdan davom etgan Buyuk Depressiyadan oldin, Amerikaning Ikkinchi Jahon urushiga kirishidan oldin, hukumatning iqtisodiyotga bo'lgan munosabati lissez-faire edi. Ikkinchi Jahon Urushidan so'ng hukumat ishsizlik, ishbilarmonlik sikllari, inflyatsiya va pul narxlarini tartibga solish uchun iqtisodiyotda faol rol o'ynashi kerakligi aniqlandi. Pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining aralashmasidan foydalangan holda (ma'lum davrda hokimiyat tepasida turganlarning siyosiy yo'nalishlari va falsafalariga qarab, bitta siyosat boshqasidan ustun bo'lishi mumkin) hukumat iqtisodiy hodisalarni boshqarishi mumkin.


Soliq-byudjet siyosati hukumatning iqtisodiyotni nazorat qilish va ta'sir qilish uchun xarajatlar darajasi va soliq stavkalarini to'g'irlash vositasidir.
Bu pul-kredit siyosatining asosiy strategiyasidir va u orqali markaziy bank mamlakat pul massasiga ta'sir qiladi.
Pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining aralashmasidan foydalangan holda hukumatlar iqtisodiy hodisalarni boshqarishi mumkin.
Soliq-byudjet siyosati qanday ishlaydi
Fiskal siyosat Britaniyalik iqtisodchi Jon Maynard Keynsning nazariyalariga asoslanadi. Keynesian iqtisodiyoti deb ham nomlanuvchi ushbu nazariya asosan hukumatlar soliq va davlat xarajatlarini ko'paytirish yoki kamaytirish orqali makroiqtisodiy samaradorlik darajalariga ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidlaydi. Bu ta'sir, o'z navbatida, inflyatsiyani (odatda 2% dan 3% gacha sog'lom deb hisoblanadi) pasaytiradi, bandlikni oshiradi va pulning sog'lom qiymatini saqlab qoladi. Soliq-byudjet siyosati mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda juda muhim rol o'ynaydi. Masalan, 2012 yilda ko'pchilik moliyaviy jarlik, bir vaqtning o'zida soliq stavkalari oshishi va davlat xarajatlarining qisqarishi AQSh iqtisodini tanazzulga qaytaradi deb xavotirda edi. AQSh Kongressi ushbu muammoning oldini oldi, 2013 yil 1 yanvarda Amerikaning Soliq to'lovchilariga yordam berish to'g'risidagi qonunini qabul qildi.
G'oya soliq stavkalari va davlat xarajatlari o'rtasidagi muvozanatni topishdir. Masalan, xarajatlarni ko'paytirish yoki soliqlarni pasaytirish orqali turg'un iqtisodiyotni rag'batlantirish, shuningdek fiskal siyosat deb nomlanuvchi inflyatsiyaning ko'tarilishiga olib keladi. Buning sababi, iqtisodiyotdagi pul miqdorining ko'payishi va iste'mol talabining ortishi pulning qiymatining pasayishiga olib kelishi mumkin, ya'ni qiymat o'zgarmagan narsani sotib olish uchun ko'proq pul sarflanishi kerak.

Aytaylik, iqtisodiyot sustlashdi. Ishsizlik darajasi ko'tarildi, iste'molchilarning xarajatlari pasaymoqda va korxonalar katta foyda ko'rmayapti. Hukumat soliqlarni pasaytirish yo'li bilan iqtisodiyotning dvigatelini yoqish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin, bu esa iste'molchilarga bozorda xizmatlarni sotib olish (masalan, yo'llar yoki maktablar qurish) ko'rinishida davlat xarajatlarini ko'paytirishga imkon beradi. Bunday xizmatlarga haq to'lash bilan hukumat ish o'rinlari va ish haqini yaratadi, bu esa o'z navbatida iqtisodiyotga kirib boradi. Soliqni pasaytirish va davlat xarajatlarini ko'paytirish orqali iqtisodiyotga pul kiritish "nasosni tayyorlash" deb ham nomlanadi. Bu orada umumiy ishsizlik darajasi pasayadi.

2.Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, 1 oktabr holatiga davlat qarzi 25,3 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 38,4 foiz) tashkil etdi. Iyul-sentabr oylarida davlat qarzi qoldig‘ida kuzatilgan o‘sish «davlat budjeti taqchilligining moliyalashtirilishi», «investitsion loyihalarning amalga oshirilishi» hamda 356,4 mln dollar miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi bilan izohlanmoqda.
O‘zbekiston davlat qarzi uchinchi chorakda 1,1 mlrd dollarga ko‘payib, 1 oktabr holatiga 25,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligining davlat qarzining joriy holati va dinamikasiga bag‘ishlangan hisobotida ma’lum qilindi.Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, uchinchi chorak yakuniga davlat qarzining YAIMga nisbati barqarorlashish tendensiyasini saqlab qolgan va yil boshidagi 38,9 foizdan 1 oktabr holatiga 38,4 foizgacha pasaygan.
Vazirlik iyul-sentabr oylarida davlat qarzi qoldig‘ida kuzatilgan o‘sishni «davlat budjeti taqchilligining moliyalashtirilishi», «investitsion loyihalarning amalga oshirilishi» hamda 356,4 mln dollar miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi bilan izohlamoqda.
Buning natijasida, hisob-kitoblarga ko‘ra, uchinchi chorakda davlat qarzi tarkibi quyidagicha o‘zgargan:
O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 897,6 mln dollarga oshgan;
davlat kafolati asosida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 42,2 mln dollarga oshgan;
davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat budjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i 102,2 mln dollarga oshgan;
davlat qimmatli qog‘ozlarini (DQQ) bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 789,2 mlrd so‘mga oshgan.
Joriy yil boshidan davlat qarzi hajman o‘sib borayotganligiga qaramay, uning YAIMga nisbati pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda.

Vazirlik izohiga ko‘ra, bunga, asosan, «davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash» borasida amalga oshirilayotgan choralar va «YAIMning real o‘sish sur’atlari oshishi» (ya’ni, YAIM hajmining davlat qarziga nisbatan jadalroq o‘sishi) sabab bo‘lgan. Xususan, iyul-sentabr oyida YAIMning real o‘sish sur’ati 6,9 foizni tashkil etdi, AQSh dollaridagi davlat qarzi qoldig‘i esa 4,6 foizga oshdi.


Shuningdek, 2020 yildan yangi jalb qilinadigan qarz hajmiga yillik limit belgilash amaliyoti qo‘llay boshlandi. Qayd etilishicha, 2022 yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaralangan hajmi 4,5 mlrd dollar, O‘zbekiston nomidan chiqariladigan DQQlar cheklangan sof hajmi 6 trln so‘m miqdorida belgilanishi taklif etilgan.Iyul-sentabr oylarida davlat ichki qarzi qoldig‘i ikkinchi chorakka nisbatan 173,6 mln dollarga oshganligi kuzatilib, 2,6 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 4,0 foiz) tashkil etgan. Shundan DQQ bo‘yicha qarz qoldig‘i — 4,0 trln so‘m hamda davlat kafolati ostida jalb qilingan va davlat budjetidan qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i — 2,2 mlrd dollarga teng.
Davlat tashqi qarzi qoldig‘i ham ikkinchi chorakka nisbatan 939,8 mln dollarga ko‘payib, 22,7 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 34,4 foiz) tashkil etgan. Shundan hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 16,3 mlrd dollar, davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 6,4 mlrd dollarga teng. Ta’kidlash joizki, tashqi qarzning o‘sishi asosan hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘idagi o‘sish hisobiga yuz bergan, uchinchi chorak yakuniga davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i deyarli o‘zgarmagan.
Uchinchi chorak yakuni bo‘yicha davlat tashqi qarzining qariyb chorak qismi yoki 5,6 mlrd dollar davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 3,1 mlrd dollar elektr-energetika sohasiga, 2,8 mlrd dollar energetika sohasiga, 2,6 mlrd dollar transport va transport infratuzilmasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, hisobot davrida o‘tgan ikkinchi chorakka nisbatan aynan shu sohalarga xarajatlar hajmi sezilarli oshgan.
Davlat tashqi qarzi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida taqsimlanishi (1 oktabr holatiga). Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida «Gazeta.uz» tomonidan tayyorlangan.
«O‘zbekiston Respublikasining asosiy kreditorlari Xitoy eksimbanki, Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni davlat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag‘lari jalb etilgan. Kreditorlar oldidagi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan so‘ndiriladi», — deyiladi hisobotda.

3.Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni tо‘la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bо‘la olmaydi.



Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
«Chet el investitsiyalari» tug‘risidagi О‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonunining 3- moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qо‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad О‘zbekiston respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi».1 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug‘atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»2.
Bizningcha chet el investitsiyalari – chet mamlakatlarining milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy kо‘rinishidagi muddatli qо‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: qо‘shma korxonalarni tashkil qilishda о‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga tо‘la tegishli bо‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Xorijiy investitsiyalar ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi.
Yüklə 16,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə